Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə73/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   226
Teri va teri osti yog qavatining shikastlanish semiotikasi

Bola terisining palpasiyasi yuzaki bolishi kerak, bolaga ozor bermaslik uchun asosan yallig'lanish infiltratlari o'rnida uni extiyotkorlik bilan o'tkazish lozim. Shifokorning qo'li toza, issiq va quruq bo'lishi kerak. Palpatsiya vaqtida bolaning mimikasini kuzatib turish, tekshirish vaqtida uning diqqatini gap bilan chalg'itish zarur.

Terining elastikligi va qalinligini aniqlash uchun, terini ko'rsatgich va bosh barmoqlar bilan uncha katta bo'lmagan burmalar xolatida ushlanadi (teri osti yog' qatlamisiz), keyin barmoqlarni qo'yib yuboriladi. Agar teri burmalari barmoqlarni olgandan so'ng darrov tarqalsa teri elastikligi normal hisoblanadi. Agar teri burmalarining tarqalishi sekin asta yuz bersa, teri elastikligi pasaygan hisoblanadi. qaerda teri osti yog' qavati kam bo'lsa, o'sha yerda terini ushlash lozim: qo'lning ustki yuzasi; ko'krak qafasining oldingi yuzasi, qovurg'alar ustida, tirsakning egilgan joyida.

Teri osti yog' qavatini baholash uchun chuqur palpasiya talab etiladi (terini tekshirishga qaraganda): o'ng qo'l bosh va ko'rsatgich barmoqlari bilan teri va teri osti yog' qavati ushlab olinadi.

Teri osti yog' qavatining qalinligiga qarab, normal, ko'p va yog' to'planishi yetarli emas deb aytiladi. Teri osti yog' qavatining tekis yo’ki notekis tarqalganligiga e'tibor beriladi. Teri osti yog' qavati qalinligini quyidagi ketma-ketlikda aniqlanadi:


  • avval qorinda - kindik tengligida va undan tashqarida

  • to'sh suyagida - o'ng qirrasida

  • orqada - kurak ostida

  • oyog- qo'llarida - son va yelka ichki orqa yuzasida.

Teri osti yog' qavati ob'ektiv ravishda qalinligi kaliper yo’rdamida triseps, biseps, kurak osti, teri burmalari qalinligi yig'indisi hisobga olingan holda aniqlanadi.

Yumshoq to'qimalar turgori o'ng qo'l bosh va ko'rsatgich barmoqlari bilan son va yelka ichki yuzasidagi teri va hamma yumshoq to'qimalarni bosib ko’rish

orqali aniqlanadi. Bunda qarshilik yo’ki taranglik seziladi va u toqimalar turgori deb ataladi. Sog'lom bolalarda to'qimalar turgori qoniqarli bo´ladi. Agar kichik yoshdagi bolalarda to'qima turgori pasaygan bo'lsa, bosilganda lanj va kuchsizlik aniqlanadi.

Terida organizmda kechadigan ko’pgina patologik jarayonlar aks etadi. Ko’p kasalliklarda teri xarakterli tusga ega bo´ladi: gemolitik anemiyalarda sariq; gipo va aplastik anemiyalarda mumsimon; septik endokarditda sutli kofe rangida; yiringli - septik kasalliklarda va toksikozlarda yer rangi yoki kulrang; xlorozda ko'kimtir. Patologik giperemiya - bezgak, eritrositoz bilan kechadigan kasalliklarda vujudga keladi.Teri va sklera, til pastki yuzasi va yumshoq tanglay sariqligi virusli gepatitda yuzaga keladi. Terining sianozi, kokimtir rangda bo'lishi- qonda oksigemoglobin miqdori 9%dan kamaysa paydo bo´ladi. Total sianoz - tananing hamma yuzasini egallaydi, regional - og'iz oldida (og'iz atrofi, og'iz - burun atrofi uchburchagi), tananing distal qismi sianozi (burun uchi, quloq yumshoq joyi, lab, til uchi, oyog - qo'l kaft va barmoqlar) - akrosianoz deb ataladi. Bolalarda ba'zan terining kumush rangi uchraydi, bu surunkali buyrak usti bezi yetishmovchiligida kuzatiladi. Ko'rik vaqtida teri qoplamlarida venoz to'r rivojlanishiga e'tibor berish kerak. Bu venoz to'r "meduza boshi" korinishida bo'lib, darvoza venasi tizimi dimlanishida paydo bo´ladi. Ba'zida teri tomirlari tomirlar yulduzchasini hosil qiladi. Tomir yulduzchalari jigar surunkali kasalliklarida "jigar kafti", "tovoni" bilan birgalikda uchraydi. Terining morfologik elementlari terida kechadigan patologik jarayonning tashqi korinishi hisoblanadi.

Dog' - chegaralangan sohalarda terining rangi o'zgarishi bo'lib, teridan chiqib turadi, zichligi bo'yicha sog'lom teri sohasidan farq qilmaydi. Oq - pushti yoki qizil rangdagi dog'cha nuqtadan, 5 mmgacha o'lchamda bo´ladi va rozeola deyiladi. 1-2 mm o'lchamdagi ko’pgina rozeolalar mayda nuqtali toshma hosil qiladi. 5 mm dan 10 mmgacha dog'lar mayda doqli toshma, 10 dan 20 mmgacha o'lchamdagi esa yirik dog'li toshma, terining giperemiyalangan katta qismlari eritema deyiladi.

Yallig'lanishsiz dog'larga, qon talashlar natijasida hosil bo'lgan doglar kiradi: petexiya - nuqtali qon talashlar, purpura - 5mm va undan katta olchamli ko’pgina gemorragiyalar. Bu guruhga yana tomirlarni noto'g'ri rivojlanishi natijasida hosil bo'lgan teleangiektaziya, tug'ma tomirli dog'lar kiradi, shuningdek giperpigmentlangan (jigar dog'lari), nevuslar va depigmentasiyalidoqlar, terida melanin toplanishining buzilishi tufayli paydo bo'lgan - vitiligo kiradi.

Yallig'lanishsiz dog'lar terini bosganda yogolmaydi, yalli?lanishli esa aksincha bosganda yo'qoladi.



Papula - chegaralangan, teri satxidan biroz ko'tarilib turuvchi yassi yoki gumbazsimon yuzali hosila. Katta o'lchamli papula pilak deb nomlanadi.

Bo'rtiq - chegaralangan, zich, bo'shliqsiz element. Teri sathidan ko'tarilib turuvchi va diametri 5-10 mmgacha boruvchi, ozidan keyin chandiq va yara qoldiradi.

Tugun - zich, teri sathidan kotarilib turuvchi yoki uning qalin qismida joylashuvchi hosila, o'lchami 10 mm va undan yuqori bo'lishi mumkin. Yirik ko'k qizil, paypaslanganda og'riqli tugunlar - tugunli eritema deb nomlanadi. Yallig'lanishsiz tugunlar terini hosilasida uchraydi.



Qavariq - o'tkir yallig'lanishli element, terini so'rg'ichli qavatini chegaralangan shishi hisobiga yuzaga keladi. Teri sathidan ko'tarilib turadi, dumaloq shaklga ega. O'lchami 20 mm va undan yuqori, tez yo’qoladii, o'zidan keyin iz qoldirmaydi.

Pufakcha - yuzaki, teri sathidan bir oz ko'tarilib turadi. Boshlig'i seroz yo’ki qonli suyuqlik bilan to'lib turadi. O'lchami 1-5 mm. Evolyusiyada qurishi mumkin. Bunda tiniq yo’ki xira postloq hosil qiladi. Ochilganda namlanuvchi chegaralangan eroziya hosil bo´ladi. Pufakchada leykositlar to'planganda u yiringli pustulaga aylanadi.

Pufak - pufakchaga o'xshash element, lekin o'lchami jixatdan katta (3-15 mm). Seroz, qonli, yiringli suyuqlik bilan to'lgan. Kochib po'stloq hosil qilishi mumkin. O'zidan keyin turg'unsiz pigmentasiya qoldiradi.qipiq - epidermisni muguz plastinkalarining yig'ilishi natijasida yuzaga keladi, 1-5 mm, mayda bo'lishi mumkin.

Qatqaloq - pufakdagi ekssudatning qurishi natijasida yuzaga keladi. Qatqaloq seroz, yiringli, qonli bo'lishi mumkin. Bolalar yonog'idagi ekssudativ kataral diatezdagi qatqaloq "sutli qotir" deb ataladi.

Yara - terining chuqur defekti, ba'zida ostidagi a'zolargacha yetib boradi. Birlamchi elementlargacha parchalanishi natijasida, limfa va qon aylanishi buzilishi, jaroqat va trofik buzilishlarda yuzaga keladi.

Chandiq - zich biriktiruvchi to'qima, terini chuqur defektini toldiradi. Yangi chandiqlar qizil rangli bo´ladi. Vaqt o'tishi bilan rangi oqaradi.Teri osti yog' qavati o'zgarishini palpasiya bilan aniqlash kerak. Agar teri osti yog' katlami qattiq bolsa, bu sklerema deyiladi. Teri osti yog' qavati qattiqligi bilan shish birga kuzatilsa, skleredema deyiladi. Shishlar yuzda, qovoqda, oyog'-qo'llarda bo'lishi mumkin, umumiy shish bo'lsa anasarka deyiladi. Shish teriga bosilganda aniqlanadi, chuqurcha hosil bo´ladi, asta-sekin yo’qoladii.

Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin