Kredit portfelini sifat jihatdan tahlili Kredit portfelini boshkarishda asosiy o‘rinni aloxida olingan ssudalarning sifatini baxolash mezonlarini ishlab chiqish va ularni baxolash egallaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xorijiy mamlakatlarda kredit munosabatlarini rivojlanishi berilgan kreditlar sifatini baxolash mezonlarining kengayishiga olib keldi. Jaxon amaliyotida banklar tomonidan berilgan kreditlarning sifatini baxolashning 10 xildan ortik yo‘nalishlari mavjud. Kreditning sifatini baxolash kreditning maqsadi, uni to‘lash usuli, mijozning kreditga layoqatlilik darajasi, uning qaysi tarmoqqa taalluqli ekanligi va mulk shakli, mijozning bank bilan munosabatining xarakteri, bankning mijoz to‘g‘risida to‘liq axborotga ega ekanligi va uning etarliligi darajasi, ssudalarning ta’minlanganligi, xajmi va boshka mezonlar kiradi.
Rossiyada kreditlar sifatini baxolash kursatkichlari cheklangan bo‘lib, xozirgi kunda Rossiya Markaziy banki yo‘riqnomasiga binoan bu soxada ikkita mezon qo‘llaniladi. Bular ssudani qaytarishni ta’minlash darajasi va oldindan berilgan ssudalarni to‘lashning xaqiqiy xolati xisoblanadi.
Bank aktivlarining sifatini aniqlashga ularning kredit portfelini o‘rnatilgan me’yorlar asosida tavsiflab chiqish orqali erishilishi mumkin. Uzbekistonda 1996 yil iyulidan boshlab Markaziy bank tasdiqlagan ko‘rsatmaga asosan tijorat banklari aktivlarini tavsiflash va ssudalar buyicha yo‘qotishlar buyicha zaxiralar tashkil qilish amalga oshirilmokda. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga asosan aktivlarni tasniflash, muammoli yoki xarakatsiz kreditlar buyicha zaxiralarni tashkil qilish amalga oshirilmoqda. Bu me’yoriy xujjatlarga asoslanib banklar tomonidan berilgan kreditlar buyicha qarzlarning sifati, mijozning kreditga layoqatlilik kursatkichlari, uning moliyaviy xolati, kredit riskining darajasi, kelajakda kreditni qaytib berish imkoniyati, kreditning ta’minlanganlik darajasi, kreditni tulash muddatidan necha kun o‘tganligi kabilarni inobatga olgan xolda guruxlarga tasniflanadi. Kreditlarni tasniflashdan asosiy maksad qarz oluvchining to‘lay olish qobiliyatini xamda qarzning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun pul oqimining xolatini baxolashdan iborat.
Kreditlarni tasniflash qarz oluvchining faoliyatini quyidagi mezonlar orqali baxolashdan boshlanishi kerak:
♦ Mijozning to‘lovlari tarixi;
♦ Tarmoqning kelajagi va an’anaviy rivojlanish usullari;
♦ Korxonaning umumiy xolati;
♦ Kreditlanadigan loyixaning xolati va samaradorligi;
♦ Korxonaning moliyaviy xolati;
♦ Korxonada boshqaruv va raxbarlik sifati;
♦ Korxonaning rivojlanish rejasi, strategiyasi va boshqalar.
Banklarning kredit portfelini kuyidagi yo‘nalishlar buyicha tasniflash mumkin: 1) risk darajasi buyicha:
risksiz
kichik risk
o‘rta miyona risk
maksimum risk
yukori risk
2) tarmoklar buyicha:
sanoat
qishloq xo‘jaligi
savdo
transport va x.k.lar 3) kreditning maksadi buyicha:
ishlab chikarish
vositachilik - muomala soxasi 4) muddati buyicha:
qisqa
o‘rta
uzoq
5) kredit xajmi buyicha:
mikrokredit
kichik kredit - yirik kredit
6) ta’minlanganlik shakli buyicha: 7) mulkchilik shakli buyicha:
Ushbu tasniflashni xar bir yunalish buyicha mikroguruxlarga bulib yana davom ettirish mumkin.
Undan tashqari manbalarga va qarz oluvchining mintakaviy o‘rni va manzili bo‘yicha xam tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tasniflash asosan milliy valyutada amalga oshiriladi. Ba’zi xollarda kayta moliyalashtirish va o‘z mablag‘lari xisobidan beriladigan kreditlar qattiq valyutada xam amalga oshirilishi mumkin.
Xozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar davlatning qarorlariga asosan ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada yoki xorijiy valyutada berilishi mumkin.
Tasniflangan kreditlarning qaysi guruxga kirish darajasi tez sotiladigan aktivlar va yukori likvid mablag‘larning mavjudligi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 9 noyabr 1998 yilda tasdiklangan №242-sonli «Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan zaxiralar tashkil qilish va undan foydalanish qoidasi»ga asosan tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yuqorida keltirilgan mezonlar bo‘yicha «yaxshi», «standart», «substandart», «shubxali», «umidsiz» yoki ishonchsiz kreditlarga tasniflanadi.
Tijorat bankining kredit portfelini sifat darajasi bank tomonidan beriladigan kreditning ta’minlanganligiga bog‘liq. Bu ta’minlanganlikning bulishi berilgan kredit bo‘yicha riskning yuqori yoki past bulishini belgilab beradi. Agar berilgan kredit muammoli ta’minotga ega bulsa va ushbu ta’minotning qiymati qaytarilmagan qarz miqdoridan kam bulsa, bu xolda ushbu kredit «shubxali» yoki «ishonchsiz» deb tavsiflanadi. «SHubxali» yoki «ishonchsiz» deb tasniflangan muammoli kredit ta’minotga ega bo‘lmasa, lekin ba’zi bir aniq omillar asosida yaqin kelajakda qisman qoplanish extimoli bo‘lsa, u xolda bunday ssuda yuqorida aytib o‘tilgan qoplanish extimoli bo‘lgan to‘lanmagan karz mikdorida shubxali deb, karzning kolgan kismi esa «ishonchsiz» deb tavsiflanadi. Kredit portfelining sifat darajasini taxlil qilish quyidagi bosqichlar bo‘yicha taxlil qilish mumkin.
ta’minlanganlik darajasi
xaqiqiy to‘lash xolati bo‘yicha
xar bir kreditning risk darajasi buyicha
kreditlarning turi guruxi buyicha
kredit portfelining umumiy riskini aniklash
kredit portfelining sifati buyicha zaxira fondlar tashkil qilish
kredit portfelining xolati buyicha bankning kelgusi kredit siyosatini ishlab chikish.
Tijorat banklarining kredit portfelining sifati pastligi tugrisidagi ma’lumotlar bank tomonidan berilgan kreditlarning salmokli kismini undirib olishda muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Bank faoliyatiga ishonchsiz kreditlar salbiy ta’sir kursatadi. Ular bank daromadining kamayishiga, bankning moliyaviy axvolining yomonlashuviga olib kelgan.
Ba’zi banklarda kreditlanadigan ob’ektlar buyicha kreditlarning uzok muddatliligi, kreditlar buyicha kafolatlangan ta’minotning yukligi, berilga kreditlar buyicha riskning yukori bulishiga asos buladi. Undan tashkari, investitsiyalangan ob’ektlardan kuplari yangi kurilayotgan ob’ektlar bulib, ularning kurilishini olib borayotgan kuruvchi tashkilotlar bulib, mablaglar sarfiga javob beruvchi xukukiy jixatdan garant tashkilotlar sifatida faoliyat kursata olmaydilar.
Kayta texnik jixatdan ta’mirlanayotgan yoki rekonstruksiya kilinayotgan korxonalar davlat mulkidagi korxonalar bulib, ularning mulki olingan kredit buyicha garant sifatida kabul kilinmaydi. Undan tashkari, ba’zi ob’ektlar buyicha Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining pul- kredit siyosati xay’atining karori buyicha olingan kreditlar buyicha foiz stavkalarini ob’ektlar ishga tushganidan keyin tulanishi mumkin.
Bu uz navbatida moliyaviy jixatdan uncha barkaror bulmagan tijorat banklarining moliyaviy axvoliga salbiy ta’sir kursatishiga, ularning daromadining kamayishiga, likvidlilik va tulovga layokatlilik kursatkichlarining tushib ketishiga, banklarning resurs bazasiga, mijozlar bilan xisob-kitoblarning uz vaktida olib borilishiga salbiy ta’sir kursatishi mumkin.
Tijorat banklari faoliyatida xavfli bulgan kredit kuyilmalar - bu muammoli kreditlar shakliga kirgan kuylmalardir. Substandart va undan past tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar toifasiga kiradi.
Kreditning uz vaktida kaytarilmasligini va shu sababali muammoli ssudaning yuzaga kelishini kuyidagi belgilar orkali bilish mumkin:
Karz oluvchi tomomnidan belgilangan muddatda balansning takdim etilmasligi;
Kiska muddatli kreditorlik karzlarning noproporsional usishi;
Likvidlik koeffitsientining pasayishi;
Aktivlar tarkibida asosiy kapital ulushining oshishi;
Savdo xajmining masayishi;
Muddati utgan karzlarning usishi;
Operatsion faoliyatdan kurilgan zararlarning paydo bulishi.
Muammoli kreditlar odatda karz oluvchining kreditni tulashi uchun etarli pul mablaglari bulmagan xollarda yuzaga keladi. Ba’zi xollarda ular mijozning schetida mablaglari bula turib, kreditni tulashni xoxlamaganda xam yuzaga kelishi mumkin. Kredit bulimi xodimlari shu belgilar yuzaga kelishini birinchi bulib sezmokliklari va bankni kredit buyicha yukotishlardan saklovchi chegara bulishlari lozim. Ular bank va mijoz manfaatini saklab kolgan xolda bu moliyaviy kiyinchiliklardan chikish yo‘llarini ishlab chikishga yordam berishlari, boshkacha aytganda, banklar tulov kuni kreditni undirishni uylab utirmasdan, mijoz faoliyatida muammolar yuzaga kelgan vaktdan boshlab mijozga yordam berishlari, ularga ta’sir kursatishlari zarur.Buning uchun bank doimo mijozning faoliyatidan boxabar bulishi, uzi uchun zarur axborotlarni yigib, taxlil kilib borishi zarur. SHu bilan birga, muammoli kreditlarni oldindan aniklash tizimini yaratish juda kiyin va bunda inson omili salbiy rol uynaydi. Tijorat banklarida muammoli kreditlar buyicha ishlarni kredit bulimi xodimlari olib boradi. Bu jarayonning ijobiy tomoni shundaki, kredit bulimi xodimi shu kreditni berganligi uchun mijozni, uning moliyaviy axvolini yaxshi bilishi mumkin. Ikkinchi tomondan shu bank xodimi etarli nazorat olib bormaganligi sababli shunday muammoli kredit yuzaga kelgan bulishi mumkin. YAna kolaversa, bu kredit xodimi shu kredit soxasida mijozga yon berishi mumkin. SHu sababli bu borada professor SH. Z. Abdullaeva tijorat banklarida muammoli kreditlar bilan ishlovchi maxsus bulimlar tashkil kilishni taklif etganlar. Xozirgi kunda ba’zi tijorat banklarida shunga uxshash bulimlar tashkil kilingan bulsa-da, ularning faoliyati taklif kilinayotgan xolatdan boshka tomonlarini xam uz ichiga oladi.
Kredit uchun javobgar xodim, bankni ogir axvolga olib borgani sababli tankidga kolmasligi uchun kreditni yomonlashganligi xakida xabar kilmasligi mumkin. Bundan tashkari, muammoli kreditlar aniklab bulingandan keyin xam, bu kreditlar ular uylanganidan ortikcha muammoli bulib chikadi. SHu tarzda kimmatli vakt ketadi. Lekin eng achinarlisi shuki, bank raxbariyati uz kredit portfelining ushbu muammosini yashirishi bilan birga ushbu kredit bilan boglik xarajatlarning urnini yangi riskli kreditlar bilan tuldirishga xarakat kilishadi. Bunday xollarning oldini olish uchun kredit bulimi faoliyati tez-tez ichki audit tomonidan tekshirilib turishi, muammoli kreditlar, ularning sabablari aniklanib turishi lozim.
Kreditlarning muammolilik alomatlari bankka moliyaviy yoki nomoliyaviy tomondan ta’sir kilishidan kat’iy nazar, kredit bulimi xodimlari bunga xamisha tayyor bulishlari kerak. Muammoli kreditlarni oldindan aniklash va ma’lumotlar yigish ushbu mijoz uchun biror bir strategiya ishlab chikish uchun vaktni tejaydi. Bunday xolatlarda kandaydir anik chora-tadbir mavjud emas, buning xammasi kreditning kandayligiga boglik. Samarali korxona uz muammolarini uzi echib oladi. Samarasiz yoki bozorda uz mavkeini yukotayotgan mijozlar uchun bu borada birmuncha kiyinrok muammolar paydo buladi. Uz bozorida rakobatbardoshlikni yukotgan mijozlar bundan xam kiyinrok axvolga tushadi. Bunday xolatlarda bank tomonidan kilingan biror-bir strategiya yoki chora-tadbirlar karzdor mijoz uchun xam, bank uchun xam salbiy xarakterga ega bulishi mumkin.
SHuning uchun kreditning sifati yomonlashayotgan bulsa, kredit xodimi quyidagi
choralarni kullashi lozim:
Karzdorning muammolarini taxlil kilish;
Bulim xodimlari, muammoli kreditlar bilan ishlovchilar yoki raxbariyat bilan maslaxatlashishi;
Kreditni iloji boricha pastrok tasniflab, uning undirilmagan foizlarini bank daromadida aks ettirishni tuxtatish;
Bank ushbu kreditdan boshka yana kaysi joyda mazkur mijoz bilan boglik riskka uchrashi tugrisidagi ma’lumotni tuplash;
Barcha kredit xujjatlarini, kafolatlarni, ta’minotni, ipotekani kaytadan kurib chikiksh;
Ta’minot olish imkoniyatlarini urganish; CHora-tadbirlar rejasini ishlab chikish.
Bankning ichki audit xodimlari yoki kredit bulimi xodimi tomonidan muammoli kredit yuzaga kelganligi yoki mavjudligi tugrisida axborot aniklangandan keyin bu kreditni boshkarish muammoli kreditlar bilan ishlash bulimiga topshirilishi lozim. Bu bulim kredit bulimi bilan xamkorlikda ma’lumotlar yana bir bor taxlil kilib, muammoli xolatdan chikish strategiyasini ishlab chikishi lozim.
Bunda banklarda yuzaga kelgan muammoli kreditlarni berish belgilariga karab kuyidagi guruxlarga bulib, tasniflash maksadga muvofikdir. Bular:
Bankning uz karori buyicha berilgan kreditlar;
Xukumat karori buyicha berilgan kreditlar;
Vazirliklar kafolati buyicha berilgan kreditlar;
Boshka turli karor va kafolatlar buyicha berilgan kreditlar.
Agar bank barcha riskni uziga kabul kilgan xolda uzi kredit berishga karor kilib, bu kredit buyicha muammolar yuzaga kelgan bulsa, u xolda bank mijozning aksiyadorlik munosabatini kurib chikishi lozim. Agar mijoz bankning aksiyadori bulsa, kreditni kaytarish masalasini uning aksiyadorlik jamiyatidagi salmogi xisobidan amalga oshirishi maksadga muvofikdir. Mabodo kredit xukumat yoki vazirliklar kafolati buyicha berilgan bulsa, SH. Z. Abdullaeva tomonidan u kreditlarni undirishning kuyidagi echimi taklif kilingan.
Moliya Vazirligida xukumat kafolati buyicha berilgan, lekin muammoli kreditlarga aylangan kreditlar buyicha ish olib boruvchi agentlik-emitentlarni tashkil kilish lozim. Bu agentlikka obligatsiyalar chikarish xukuki berilib, muammoli kreditlar bulgan banklar shu obligatsiyalarni sotib olish yo‘li bilan muammoli kreditlar salmogini koplashi mumkin. Obligatsiyalar uzok muddatga ega bulgan xollarda banklar ular buyicha dividend olish imkoniga ega bulishlari lozim. Muammoli kreditlar bozorini tashkil kilib unda muammoli kreditlarni va ular buyicha banklar olgan obligatsiyalarni sotishni yo‘lga kuyish lozim.
Muammoli kreditlar yuzaga kelish sabablari buyicha bir-biridan fark kilsada, ularning oldini olishda kuyidagi yondashishlar kul kelishi mumkin. Bunda:
Karzni restrukturizatsiya dasturini ishlab chikish; Kushimcha xujjatlar va kafolatlar olish;
Kushimcha fondlarni tuxtatish yoki kushimcha in’eksiya kilish;
Bizga ma’lumki, tijorat banklarining ishonchliligi va barkarorligini ta’minlash va mustaxkamlash Markaziy bank tomonidan muvofiklashtirib boriladi. SHuning uchun banklar tizimining samarali va barkaror faoliyat kursatishini ta’minlash masalasi turli mamlakatlar Markaziy bankining asosiy vazifalaridan xisoblanadi. Xar bir mamlakatda bu soxada urnatiladigan nazorat Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida ularning aktivlari buyicha mumkin bulgan yukotishlarni koplash uchun zaxiralar tashkil kilish va uni doimo barkaror ushlash masalasini kuyadi. Banklar muammoli kreditlar buyicha extimoliy yukotishlarga zaxiralar ajratishlari, zaxira fondining etarliligi eng kamida bir oyda bir marta kurib chikilishi kerak. Substandart va shubxali kreditlar buyicha barcha extimoliy yukotishlar ssudaning amal kilish muddati davomida zaxira fondiga, yaxshi va standart aktivlar uchun barcha extimoliy yukotishlar esa kelgusi 12 oy davmida zaxira fondiga kiritilishi kerak. Ishonchsiz kreditlar esa xisobdan chikarilishi va zaxira fondi shu zaxoti kerakli mikdorga kiskartirilishi xamda yukotishlar kreditlarning kaytarilmaydigan deb topilgan davrdan xisobdan chikarilishi lozim.
2-jadval. Kreditlarning sifati buyicha shakllantirilishi lozim bulgan