Tijorat banklari kredit portfelini boshqarish



Yüklə 142 Kb.
səhifə6/8
tarix18.05.2023
ölçüsü142 Kb.
#115827
1   2   3   4   5   6   7   8
1523440765 70963

Standart. Standart toifaga kiritilgan aktivlar berilishida ikkilamchi to‘lov manbasi(kafillik yoki garov) puxta ta’minlangan bo‘lishi kerak. Umuman olganda, qarzdorning moliyaviy ahvoli barqaror hisoblanib, lekin ayrim noqulay vaziyatlar yoki yo‘nalishlar mavjud bo‘lsa va agarda ular bartaraf etilmasa, qarzdorning kreditni o‘z vaqtida to‘lash o‘obiliyatiga nisbatan shubha uyg‘onishi mumkin. SHu bilan birga moliyaviy ahvol yoki garovni nazorat qilish borasida birmuncha shubhalar bo‘lishi mumkin. Kredit hujjatlarida etarlicha axborot bo‘lmagan “YAxshi” kreditlar ham “Standart” kreditlar sifatida tasniflanishi mumkin. To‘lanmagan foizlari yangi kreditga aylanadigan (kapitallashtiriladigan) kredit hech bulmaganda “Standart” kredit sifatida tasniflanishi zarur. Qisqa vaqt mobaynida (30 kungacha) kechiktirilgan kreditlar

“Standart” kreditlar sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Biroq, kechiktirilgan maqomi kreditning tasniflanishini baholashda asosiy omil bo‘lmasligi lozim.

  1. Substandart. Substandart kreditlar aniq ifodalangan kamchiliklar belgilariga ega bo‘lib, bu holat dastlabki shartnomaga muvofiq qarz qaytarilishi shartlarining bajarilishiga shubha uyg‘otadi. "Substandart" sifatida tasniflangan kreditlarda qarz to‘lashning dastlabki manbai qarzga xizmat ko‘rsatish uchun etarli darajada bo‘lmaydi va bank qarzni qaytarish uchun qo‘shimcha manbalar (garovni undirish va qarzdor tomonidan ssuda qaytarilmaganda garovni sotish, asosiy fondlarni sotish singari manbalar)ni qidirishga majbur bo‘ladi. SHuningdek, substandart kreditlar ishonchli joriy moliyaviy ahvol va qarz oluvchining to‘lov o‘obiliyati bilan himoyalanmagan. Substandart kreditlar odatdagiga nisbatan o‘oniqarli joriy moliyaviy axborotning yqo‘ligi yoki garov hujjatlarining etarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik darajasi ancha yuqori bo‘lgan kreditlarni ifodalaydi. Ular bo‘yicha foizlar yoki asosiy qarz 30 kundan ortiq muddat davomida kechiktirilgan ta’minlanmagan kreditlar, hech bulmaganda, substandart sifatida tasniflanishi zarur, shuningdek, 90 kundan ortiq muddat davomida kechiktirilgan ta’minlangan kreditlar ham substandart sifatida tasniflanishi lozim.

SHuningdek, quyidagi muammo yoki xususiyatlardan kamida bittasi mavjud bo‘lsa, kredit to‘lov muddati to‘lgunicha substandart sifatida tasniflanishi mumkin:

    1. asosiy to‘lov manbalari qarz to‘lash uchun etarli emas, bank garovga qo‘yilgan mulkni sotish, qarz oluvchining boshqa asosiy mablag‘larini qayta moliyalash kabilarni hisobga olgan holda qo‘shimcha to‘lov manbalarini topishi kerak bo‘lgan holda;

    2. qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablag‘larining

mo‘ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni o‘oplash uchun etarli bo‘lmagan hollarda;
v) qarz oluvchi kapitali ko‘p darajada etarli bo‘lmagan korxona bo‘lgani
taqdirda;
g) ushbu sohaga nisbatan yo‘nalish va istiqbollar barqaror bo‘lmagan
holda;
d) kreditlar, garov qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech bo‘lmaganda asosiy qarzning to‘lanmagan summasiga teng bo‘lgan holda(ya’ni kredit qisman ta’minlangan bo‘lsa).


  1. Yüklə 142 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin