Tijorat banklari kredit portfelini boshqarish



Yüklə 142 Kb.
səhifə7/8
tarix18.05.2023
ölçüsü142 Kb.
#115827
1   2   3   4   5   6   7   8
1523440765 70963

SHubhali kreditlar. SHubhali kreditlar substandart kreditlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘lib, mavjud sharoitda kreditlarning to‘liq qaytarilishini shubha ostiga qo‘yadi va kam ishonchli qilib qo‘yadi. Ziyon ko‘rish ehtimoli yuqori bo‘lgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud bo‘lgan ushbu kreditlar sharoit oydinlashguncha "shubhali" deb tasniflanmaydi.

O‘uyidagi omillarning kamida bittasi mavjud bo‘lsa, kredit "shubhali" deb tasniflanishi mumkin:

    1. "substandart" kreditlarning hech bo‘lmaganda bironta ko‘rsatkichi,

shuningdek, ayrim boshqa noqulay tavsiflari mavjud bo‘lsa;

    1. yaqin kelajakda kreditning qisman to‘lanishi ehtimolining mavjudligi, shuningdek, ushbu paytda kreditlarning "umidsiz" deb tasniflanishi zarur emasligi.

Kreditni "SHubhali" deb tasniflashga imkon beruvchi muhim omillarga quyidagilar kiradi:

  • bank kreditlar bo‘yicha ayrim to‘lov turlarini yoki hech bo‘lmaganda qisman to‘lovlarni oladi;

  • bank garovni undirib olish bo‘yicha huquqiy xatti harakatlarni qo‘llay boshlaydi va ta’minot sotuvini o‘z vaqtida amalga oshiradi.(90 kun ichida).

  • qarzdor tomonidan keyinchalik kreditni to‘liq ta’minlaydigan qo‘shimcha ta’minotni tag‘dim etish harakatlarining amalda boshlanishi.

5. "Umidsiz". Umidsiz deb tavsiflangan kreditlarga qaytarilmaydigan kreditlar kiradi. Qiymati juda pastligi tufayli bank kreditlari sifatida ularning hisobini yuritish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi. Bunday tavsiflash kreditlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini bildirmaydi. Lekin banklar o‘z balanslarida bu qarzdorlikning hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Bank garovga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish choralarini qo‘llashi kerak.
Kamida 180 kun kechiktirilgan kreditlar "umidsiz" deb tasniflanadi.
Kreditlar bir toifadan ortiq toifalarda ham tavsiflanishi mumkin. Summasi asosiy qarzning to‘lanmagan qiymatidan kam bo‘lgan ta’minotga ega bo‘lgan muammoli ssudalar quyidagicha tavsiflanishi mumkin(ta’minot sotilishi mumkin bo‘lgan bozor mavjudligi sharti bilan):

  • qiymati ta’minotning bozor qiymatiga teng bo‘lgan asosiy qarz qismi odatda substandart sifatida tavsiflanadi;

  • asosiy qarzning o‘olgan qismi shubhali yoki umidsiz kabi tavsiflanadi.

Xulosa kilib aytganda, tijorat banklari faoliyati, ayniksa kreditlash jarayoni risk bilan boglik. SHu sababli banklar faoliyatining barkarorligini ta’minlashda kredit portfelini okilona boshkarish muxim urin tutadi.

Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin