Bank kredit portfeli «4,1» va undan yukori ballga baxolansa, bankda kredit buyicha riskni yuzaga kelish muammosi borligini kursatadi. Bu esa vaktida chora kurilmasa, risk darajasining oshib ketishi bank uchun salbiy okibatlarga olib kelishi mumkinligi tugrisida xulosa kilishiga asos buladi. Bunday banklar faoliyatini UzR Markaziy banki nazorat kilib borishi, majburiy zaxiralar buyicha talablarni oshirish kabi choralar kurishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar sifatining pastligi, ularni tulash buyicha muammolarning kupligi bank faoliyatiga salbiy ta’sir kursatadi va bank tomonidan kredit siiyosatini tuzish va uni olib borishda ma’lum kamchiliklarga yo‘l kuyilganidan dalolat beradi. Ba’zi banklar tomonidan berilgan kreditlar sifatini pastligini kuyidagi sabablar tufayli, ya’ni birinchidan, kreditlar berishda mijozning kreditga layokatlilik kursatkichlari, ularning moliyaviy axvolining yaxshi taxlil kilinmaganligi, ikkinchidan, kreditning ta’minlanganligi tugri aniklanib, rasmiylashtirilmaganligi va uchinchidan, uz vaktida, tugri kredit monitoringi utkazilmaganligi tufayli yuzaga kelgan deb xulosa kilish mumkin.
Kredit tahlili tasnifi natijalari qarz oluvchining moliyaviy ahvoli, kreditlarni to‘lash tarixi va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ta’minotni mavjudligi kabi omillarga bog‘liq.
Ushbu omillarni kredit portfeli tavakkalchiligini aniqlash va baholashda qo‘llash katta ahamiyat kasb etadi.
Kreditlar yuqoridagi omillardan foydalanilgan holda tasniflanganda quyidagilarga bo‘linadi:
YAxshi. Bunday tasnifli kreditlarni muddatida qaytarilishi shubha tug‘dirmaydi. Qarz oluvchi moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi, u etarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlar, jumladan, mazkur qarzni o‘oplash uchun etarli pul mablag‘lari oqimiga ega bo‘ladi. Qarz oluvchi amalda bajariladigan, jumladan, bozorda raqobatlasha olish, yaxshi mahsulot ishlab chiqarishga doir strategik rejani taqdim etadi va o‘z mahsulotlari uchun marketing rejasiga ega bo‘ladi. Qarzdor mavo‘eini baholash kreditga doir to‘lovlar tarixi, ta’minotni sifati,ya’ni garovni bozorda sotilishi kabi omillarni o‘z ichiga qamrab oladi. “YAxshi” deb tasniflangan kreditlarda ularni qaytarilmaslik alomatlari ko‘rilmaydi. Foizlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgan kreditlarni ham “yaxshi” tasnifga kiritib bo‘lmaydi.