Tijotat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish



Yüklə 317,26 Kb.
səhifə6/14
tarix11.04.2022
ölçüsü317,26 Kb.
#55168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish

Minimal kapitalga qo’yiladigan talab bo’yicha yangi standartlarni

tadbiq qilish grafigi 4


Risklar bo’yicha belgilangan minimal kapitalining o’rnatilishi davrlari (1 yanvar holatiga ko’ra)

Ko’rsatgichlar

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

Ustav kapitali koeffitsenti

2.0

2.0

3.5

4.0

4.5

4.5

4.5

4.5

4.5

Kapital himoya

yostig’i



-

-

-

-

-

0.625

1.25

1.875

2.50

Ustav kapitali

+ kapital

himoya yostig’i


2.0

2.0

3.5

4.0

4.5

5.125

5.5

6.375

7

I darajali

kapital


4.0

4.0

4.5

5.5

6.0

6.0

6.0

6.0

6.0

Umumiy

kapital


8.0

8.0

8.0

8.0

8.0

8.0

8.0

8.0

8.0

Umumiy kapital + kapital himoya

yostig’i


8.0

8.0

8.0

5.0

8.0

8.625

9.25

9.875

10.5

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki,banklar konservatsion kapitalga 2016 yildan boshlab ega bo’lishlari va uning miqdori 2016 yildan 0,625 foiz, 2017 yildan 1,25 foiz, 2018 yil-dan 1,875 foiz va 2019 yildan 2,5 foiz bo’lishi talab etilmoqda.



II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI

TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH AMALIYOTINING TAHLILI.

2.1. Tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish amaliyoti.

Tijorat banklarining faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish bir nechta iqtisodiy me’yorlarni o’z ichiga olgan nazorat shakli hisoblanadi. Respublikamizda dastlabki iqtisodiy me’yor Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ustav kapitalini eng kam miqdoriga nisbatan belgilanadigan talab hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining dastlabki yillarida yangi aksiyadorlik tijorat banklarini ochish uchun talab qilinadigan minimal ustav kapitalining miqdori minimal ish haqi miqdorining o’sishiga bog’langan edi. Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan 1995 yildan bank ochish uchun minimal ustav kapitali miqdori o’sha vaqtda Yevropa Ittifoqi pul birligi-“EKYU” ga bog’lab qo’yildi. Faqat 1997 yildan boshlab, AQSH dollariga ekvivalent qilib belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi 56-sonli «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, tijorat banklari ustav kapitalining minimal miqdori 2007 yilning 1 yanvariga qadar quyidagi miqdorlarga yetkazildi:

-tijorat banklari uchun-so’mga aylantirib hisoblaganda 5 million AQSH dollarigacha;

-хususiy banklar uchun-so’mga aylantirib hisoblaganda 2,5 mln. AQSH dollarigacha5.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil apreldagi №1317-sonli qaroriga muvofiq, banklarning kapitalini oshirish, investistitsion jarayonda faol ishtirok etishi uchun 2011 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi miqdor belgilandi:

-tijorat banklari uchun-so’mga aylantirib hisoblaganda 10 million yevro ekvivalentida;

-хususiy banklar uchun-so’mga aylantirib hisoblaganda 5 mln. yevro ekvivalentida.

O’zbekiston Respublikasida yangi ochilayotgan banklarning ustav

kapitalining eng kam miqdoriga qo’yiladigan talablar.6

Yillar

Aholisi 0,5 mln. Kishidan ko'p bo'lgan shaharlarda

ochilayotgan

tijorat banklari uchun


Aholisi 0,5 mln. Kishidan kam bo'lgan shaharlarda

ochilayotgan

tijorat banklari uchun


Chet el kapitali

ishtirokida

ochilayotgan banklar uchun


Xususiy banklar uchun

2000 yil 1 yanvardan

2,5 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



1,25 mln. AQSH dollari ekvivalentida

5 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



0,3 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



2002 yil 14 maydan

2,5 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



1,25 mln. AQSH dollari ekvivalentida

5 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



1,25 mln. AQSH dollari ekvivalentida

2005 yil 1 iyuldan

3 mln. AQSH dollari ekvivalentida

5 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



1,5 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



2006 yil 1 yanvardan

4 mln. AQSH dollari ekvivalentida

5 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



2 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



2007 yil 1 yanvardan

5 mln. AQSH dollari ekvivalentida

5 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



2,5 mln.

AQSH dollari ekvivalentida



2008 yil 1 yanvardan

5 mln. yevro ekvivalentida

2,5 mln. yevro ekvivalentida

2011 yil 1 yanvardan

10 mln. yevro ekvivalentida

5 mln. yevro ekvivalentida

Aksioner tijorat banklarini ochish uchun yuqoridagi shartlar AQSH bank amaliyotidan olingan.

O’zbekiston Respublikasi “Markaziy banki to’g’risida”gi qonunning “iqtisodiy me’yorlar” moddasiga muvofiq, banklar barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bankka iqtisodiy me’yorlar o’rnatish vakolati berilgan.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yil 25 iyulda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 949-son bilan ro’yхatga olingan “Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi Nizomida ko’rsatilgan kapitalning yetarlilik talablari faqat kapital yetarligining eng kam darajasini aks ettiradi.

Ushbu Nizomda belgilangan tijorat banklari kapital yetarliligining minimal darajasi Bazel standartlarida ko’zda tutilgan darajadan ma’lum jihatdan farq qiladi. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari kapitali yetarliligiga nisbatan belgilangan talablarning хalqaro Bazel standartlaridan farq qiluvchi asosiy jihatlari:





Ko’rsatkichlar



Bank kapitali yetarliligining

minimal

darajasi, foizda


1.

Tijorat banklari jami kapitalining yetarlilik darajasi:





- Хalqaro Bazel standartlari talabi

8



- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki talabi

10

2.

Tijorat banklari I darajali kapitalining yetarlilik darajasi





- Хalqaro Bazel standartlari talabi

4



- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki talabi

5


Tijorat banklarining to’lovga qobilligini va ularning balansini likvidliligini tavsiflovchi asosiy iqtisodiy me’yorlar bo’lib, kapitalning yetarlilik koeffitsienti va joriy likvidlilik koeffitsienti bo’yicha belgilangan me’yorlar hisoblanadi. Chunki ikkala me’yorning bajarilishi bankning to’lovga qobilligini saqlash imkonini beradi.

2011-2012 yillar mobaynida respublikamiz tijorat banklari tomonidan ushbu iqtisodiy me’yorga rioya etish amaliyotining tahlili mazkur me’yorga rioya etish borasida jiddiy muammolar mavjud emasligini ko’rsatdi.

1-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarida birinchi darajali

kapitalning yetarliligi 7 (foizda).

Diagramma ma’lumotlariga qaraydigan bo’lsak, tijorat banklarining I darajali kapital yetarliligi 2012 yil 1 yanvar holatiga 17,03 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yil 1 yanvar holatiga 15,84 foizni tashkil etgan. Keyingi ikkita chorakda biroz pasayib borgan va oхirgi chorakda biroz ko’tarilib, 2013 yil 1 yanvar holatiga 15,84 foizni tashkil etgan. Bu esa, Bazel talablaridan deyarli 4 barovarga ko’proq deganidir. Demak, bank tizimida tijorat banklarining barqaror manbalar hisobidan kapitallashuviga e’tibor qaratilgan. Tijorat banklari I darajali kapital yetarliligining bu darajasi ularning kapitallashuv darajasini yanada oshirish istiqboli mavjud ekanligini belgilaydi.



2-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklari asosiy kapitalining

yetarliligi8 (foizda)

Diagramma ma’lumoti orqali umumiy kapitali yetarliligi tahlili 20112012 yillar oralig’ida bu ko’rsatkichning Bazel talablaridan 2-3 barovar yuqori bo’lgan holda 17%-20% atrofida bo’lgan. 2012 yil davomida eng yuqori ko’rsatkichga yil boshida erishilgan, ya’ni 17,8% bo’lgan bo’lsa, keyinchalik biroz tushgan va uchinchi chorakda yana oshish tendensiyasi kuzatilgan hamda yil 2013 yil boshiga 16,75 foizni tashkil etgan. Tahlil natijalaridan ko’rinib turibdiki, respublikamiz tijorat banklarida kapital yetarliligiga qo’yilgan talablar yuqori darajada ta’minlangan.

Amaldagi uchinchi iqtisodiy me’yor–moliyaviy leveraj koeffitsienti bo’lib, u bankning birinchi darajali kapitalini nomoddiy aktivlar chiqarilgan holdagi aktivlarning jami miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Uning eng kam me’yoriy miqdori 0,06 qilib belgilangan.

3-rasm. Banklarning leveraj koeffitsienti to’g’risida solishtirma ma’lumot9 (01.01.2013 yil holatiga, foizda)

Leveraj bu bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichdir. O’tgan yili bank tizimida ushbu ko’rsatkich 20,77 foizni tashkil etib, minimal ruhsat etilgan ko’rsatkich (0,06)dan 3 martadan yuqoriroq ko’rsatkichga erishgan. Hatto, ayrim banklarda ushbu ko’rsatkich 65 foizni tashkil etganlini ko’rishimiz mumkin. Barcha banklarda minimal talab bajarilgan.

Tijorat banklarining joriy likvidlilik darajasini baholash maqsadida Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan joriy likvidlik koeffitsienti belgilangan. Ushbu ko’rsatkich joriy aktivlarning joriy majburiyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi va uning minimal darajasi 30 foizni tashkil etadi.

Ushbu iqtisodiy me’yor tijorat banki aktivlarining likvidli qismini talab qilib olingunga qadar bo’lgan majburiyatlarni qoplash darajasini tavsiflaydi. Bu esa, bank tomonidan jalb qilingan mablag’larning muddati bilan ularni joylashtirish muddatlariga og’ishmay rioya etishni talab etadi.

Joriy likvidlilik koeffitsientining darajasiga kuchli va bevosita ta’sir ko’rsatadigan omil tranzaksion depozitlar yoki talab qilib olguncha depozitlar miqdorining o’zgarishi hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarni risk darajasiga ko’ra ikki yirik guruhga ajratish mumkin:

Davlatning qisqa muddatli obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar.

Bu operatsiyalarning risk darajasi past bo’lib, ular bankka qat’iy belgilangan foiz ko’rinishida barqaror daromad keltiradi. Buning ustiga, banklarning ushbu qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar. Bu shakldagi investitsiyalarning risk darajasi yuqori bo’lib, bunda qimmatli qog’ozlarning bozor bahosini o’zgarishi va emitentlarning to’lovga qobilligi kafolatlanmagan.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2012 yil davomida olib borilgan respublika tijorat banklari faoliyatini masofaviy nazorat qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, tijorat banklariga nisbatan qo’llanilgan choralarning asosiy qismi ogohlantirish va unchalik katta miqdorda bo’lmagan jarimalar solishga to’g’ri keladi. Bu esa, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan qonunbuzarliklar uchun qo’llanilayotgan choralarning sezilarli darajada yumshoq ekanligidan dalolat beradi.


Yüklə 317,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin