Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining ishining maqsadi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimini o’rganish hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning uslubiy-nazariy asoslarini o’rganish;
mamlakatimiz Markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning amaldagi holatini tahlil qilish;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish borasidagi asosiy muammolarni aniqlash va asoslab berish;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish.
Kurs ishining obyekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Respublikamizning tijorat banklari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti bo’lib, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimini faoliyati hisoblanadi.
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Kurs ishida keltirilgan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan taklif va tavsiyalar kiritilgan. Bu ma’lumotlardan respublika bank tizimini boshqarishni takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqishda , shuningdek mamlakatimizda bank tizimiga oid o’quv darsliklarini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi kirish qismi, ikki bob, хulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslab berilgan hamda ishning maqsadi, vazifalari o’z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: |