MarkaziyOsiyoiqtisodiyforumi о‘tkazildi.
Rossiya va Qozog‘istonda О‘zbekiston konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari bо‘yicha attashe lavozimi joriy qilindi. Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-Don, Yekaterinburg, Vladivostok
va Qozog‘istonning Aktau shaharlarida О‘zbekistonning konsullik muassasalari о‘z
faoliyatini boshladi.
Mirziyoyevning islohotlari butun xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 2019- yilda “The Economist” haftalik jurnali dunyoning ikki yuzga yaqin davlati orasidan O‘zbekistonni dunyoda eng ko‘p yaxshi tarafga o‘zgargan mamlakat sifatida “Yilning mamlakati”, deb topdi. Darhaqiqat bunaqasi mustaqil O‘zbekiston tarixida kuzatilmagan.
O‘z o‘rnida ta’kidlash joiz, yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan mintaqaviy tashqi siyosati - Shavkat Mirziyoyev prezidentligining xalqaro miqyosda e’tirof etilgan, diqqat-e’tiborga sazovor eng muhim jihatlaridan biri bo‘ldi.
Bu kabi o‘zgarishlar aksariyat mintaqaviy tahlilchilar e’tirofida misli ko‘rilmagan, deya baho topish bilan birga, O‘zbekiston yangi prezidentining qat’iy siyosiy istak va irodasiga ham yo‘yilgan.
Aholisi mintaqada eng yirigi (qariyb 35 million) bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish, asoslarini turfalashtirish va chetdan ko‘proq sarmoya jalb etish SH.Mirziyoyev strategiyasining bosh yo‘li bо‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonda biznes muhitini yaxshilash masalasiga prezident darajasida
e’tibor qaratilmoqda.
О‘zbekistonning turli qit’alardagi kо‘plab davlatlar va davlat uyushmalari bilan
munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga kо‘tarildi.
Bojxona boshqaruvi sohasida bojxona tо‘lovlari stavkalari ikki barobarga kamaytirildi, 3 ming 550 ta mahsulot nomlariga va 1 ming 122 turdagi mahsulotlarga aksiz solig‘iga import bojlarining nol stavkalari qо‘llana boshlandi.
2016-2020-yillarda barcha manbalar hisobidan asosiy kapitalga jami 89 mlrd. dollarlik investitsiya kiritildi, ulardan 19,5 mlrd. dollari tо‘g‘ridan tо‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlardir.
Shuningdek, 2016-2020-yillarda respublikaning umumiy eksporti 72,5 mlrd. dollarni tashkil etdi, shundan 2020-yilda 15,1 mlrd. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi, bu esa 2016-yilga nisbatan 25 foizga kо‘pdir.
2021-yil 15-mart holatiga kо‘ra, fuqarolari uchun О‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 90 tani tashkil qiladi. Oxirgi uch yil ichida ushbu rо‘yxatdagi davlatlar soni 10 barobardan oshiq kо‘paytirildi. Bu esa ushbu davrda turistlar oqimi deyarli 4 baravar oshishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Shavkat Mirziyoyev 2020-yilni O‘zbekistonda “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilib, kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodga o‘tish asosiy maqsad qilib belgilandi. Biznes yuritish muhiti bo‘yicha dunyoning eng oldingi ellik davlati safiga kirish rejalashtirilgan.
Kambag‘allikni tugatishga qaratilgan maxsus dasturning ishlab chiqilishi, shuningdek hali-hanuz mustaqil O‘zbekistonning eng og‘riqli nuqtalaridan biri bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus idora –Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil etilishi eng muhim voqeliklardan biri sifatida e’tirof etilishi lozim. Chunki, aynan korrupsiya O‘zbekiston iqtisodini taraqqiy toptirish, mamlakatga yirik miqdordagi chet el saromoyalarini jalb qilish va ularni harakatga
solish yo‘lidagi eng asosiy to‘siqlardan biri ekanligini har bir fuqaro anglab yetmoqda.
Xulosa o‘rnida eslatib o‘tish joizki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunday keskin o‘zgarishlar Toshkent bilan uning mintaqaviy va xalqaro hamkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ishonchli poydevor yaratdi. O‘zbekiston hukumati o‘z innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosatini tasdiqladi, bu nafaqat O‘zbekiston uchun, balki barqaror va ravnaq topgan Markaziy Osiyo uchun manfaatdor xorijiy sheriklar uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston hukumati tasdiqlagan innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosat nafaqat O‘zbekiston uchun, balki rivojlanayotgan va barqaror Markaziy Osiyoga qiziqish bildirgan xorijiy hamkorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega.