Tiklanishdan milliy yuksalish sari


Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida



Yüklə 59,67 Kb.
səhifə4/11
tarix08.02.2023
ölçüsü59,67 Kb.
#83541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
14-mavzu. Sh.Mirziyoyev islohotlari (1)

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida 2017-yildan boshlab “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi hayotga tadbiq etila boshlandi. Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning roli oshirilib, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish va ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bо‘yicha vakolatlari yanada kengaytirildi. Deputat va senatorlar bevosita joylarga chiqib, xalqning turmush darajasidan xabardor bо‘lish, odamlarni qiynayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishda bevosita ishtirok eta boshladilar. Yoshlar masalalari hamda Oila va ayollar masalalari bо‘yicha Parlament komissiyalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimi ta’sis etildi. Toshkent shahrida tumanlar darajasida xalq deputatlari Kengashlari ta’sis etildi. Mahalliy kengashlarga hokimlarning hisobotlarini eshitish tizimi yangicha, xalqchil kо‘rinishda yо‘lga qо‘yildi.
Davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida bir qator yangi vazirlik va idoralar (Innovatsion rivojlanish (2017), Uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish (2017), Maktabgacha ta’lim (2017), Qurilish (2018), Bandlik va mehnat munosabatlari (2018), Investitsiya va tashqi savdo (2019), Transport (2019), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish (2020), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (2020) Turizm va sport vazirligi (2021) tashkil etildi. Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi (2017-yil sentabr) qabul qilindi va unga kо‘ra 100 dan ortiq davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini qayta kо‘rib chiqildi.
Davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning roli kuchaytirildi. “Elektron hukumat” tizimi takomillashtirilib, davlat xizmatlari kо‘rsatish sifati oshirildi. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” g‘oyasi ostida “Fuqarolar emas, xujjatlar harakatlanadi” degan tamoyilni hayotga joriy etish maqsadida Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy bо‘linmalari tashkil etildi (2017-yil 12-dekabr). Davlat xizmatlari markazlari orqali 2018-2020-yillarda tadbirkorlar va fuqarolarga “yagona darcha” tamoyili bо‘yicha xizmatlar kо‘rsatiladigan davlat xizmatlari rо‘yxati shakllantirildi.
О‘tgan vaqt mobaynida agentlik tizimi takomillashib, xizmat qamrovi kengayib bordi. Xususan, endi ish boshlangan paytda xizmat turlari 37 ta bо‘lgan bо‘lsa, 2021- yilga kelib ular 157 taga yetkazildi. Aholiga kuniga о‘rtacha 57 mingtadan ortiq davlat xizmatlari kо‘rsatilmoqda.
Buning uchun 117 ta qonun hujjatlari ishlab chiqilib, soha isloh qilindi. 70 dan ziyod davlat xizmati soddalashtirildi. Talab etiladigan hujjatlar soni 221 tadan 95 taga, xizmat kо‘rsatishning umumiy muddati qariyb 500 kundan 271 kunga qisqartirildi. Bularning barchasi aholiga katta qulaylik yaratmoqda.
Hududlarda davlat xizmatlari markazlari uchun 145 ta yangi bino va 115 ta filial barpo etildi. Fuqarolik holati dalolatnomalari arxividagi 60 million dona qog‘oz shaklidagi ma’lumotlar tо‘liq raqamlashtirildi.
Mazkur yilda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bо‘yicha yangi tizim – sektorlar faoliyati yо‘lga qо‘yildi. Ularga tegishli hudud hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan bо‘ldi.
Mahalla institutini takomillashtirish borasida MFY xodimlari soni 2 baravariga oshirildi, Fuqarolar yig‘ini raisining о‘rinbosari hisoblanuvchi yoshlar masalalari bо‘yicha maslahatchi lovozimi joriy etildi, “Mahalla iftihori” kо‘krak nishoni ta’sis etildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalasida Prezident Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. 1000 – “Ishonch telefoni” xalq e’tirofini qozondi.
2018-yilda Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unga kо‘ra qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qо‘llash uchun qо‘shimcha ichki idoraviy xujjatlar qabul qilish amaliyotiga barham berildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash

Yüklə 59,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin