Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 204-guruh talabasi Bekturdiyeva Barchinoyning Oʻzbek adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ish uchun tayyorlagan taqdimoti
Mavzu: Umar Xayyom "Navro'znoma" Asari tahlili
Reja:
1.Buyuk mutaffakkir Umar Hayyom hayoti va ijodiga nazar
2.Umar Hayyomning "Navro'znoma ''asari
3."Navro'znoma" Risolasidagi urf-odatlar va afsonalar
G‘iyosiddin Abulfath imom Umar al-Xaymiy ibn Ibrohim an-Naysoburiy 1048 yili Xurosonning Nishopur (Naysobur) shahrida chodirdo‘z oilasida (Xayyom, Xaymiy taxallusi shundan) tavallud topib, 1122 yili vafot etgani ma’lum. Umar Xayyom matematika, astronomiya va falsafada o‘z davrining buyuk mutafakkiri edi. U matematika tarixida birinchi bo‘lib, p-darajali ildiz chiqarishning umumiy usulini taklif etgan. Uning algebra va geometriya borasidagi kashfiyotlari, ilmiy farazlari 400-800 yil keyin Dekart, Nyuton, Vensel kabi Ovro‘pa olimlari tomonidan tasdiqlangan.

Xayyomning astronomiya sohasidagi izlanishlariga Ulug‘bek yuksak baho bergan. U tuzgan taqvim hozir biz foydalanayotgan Grigoryan taqvimidan aniqroq ekani ko‘pchilikka ayon. Allomaning bizgacha yetib kelgan falsafiy risolalari va jahonga mashhur bo‘lib ketgan ruboiylari ham muayyan ma’noda o‘ziga xos kashfiyotlardir. Ularning hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagani shundan. Xayyom asarlari, qaysi sohaga taalluqli bo‘lishidan qat’i nazar, falsafa bilan uzviy bog‘liq. Boshqacha aytganda, uning ilmiy, tarixiy va badiiy merosi abadiy yam–yashil daraxtga o‘xshasa, falsafa bu daraxtning o‘q tomiridir.