Xayyomning zamondoshi Imom G‘azzoliy o‘zining bir emas, ikki asarini qadimgi yunon an’analarining davomchilari bo‘lmish «faylasuf»lar qarashlari tanqidiga bag‘ishlaydi. «Maqosid ul-falosifa» («Faylasuflarning maqsadlari»), «Tahofut ul-falosifa» («Faylasuflarning qarama-qarshiliklari») asarlarida Forobiy va Ibn Sinoni adashganlikda, hatto kufrda ayblaydi. Xayyom o‘zining bir ruboiysida bunday deydi:

Meni faylasuf deb yov qilur xato,
Men unday emasman, biladi Xudo.
Shu qayg‘u uyiga kelgach, o‘zimni –
Kim bilsam o‘shandan kamroqman hatto.
XI asrining nodir namunasi hisoblangan “Navro'znoma” (1054-1131)asarida Navro'zning kelib chiqish tarixi, sharq xalqlarining bu bayram bilan bog'liq an'ana va marosimlari keng yoritilgan, ko'plab hikoyat va rivoyatlar keltirilgan.

Umar Xayyomning «Navro'znoma» risolasi uning tarixni, etnografiyani, xalq urf-odatlarini juda mukammal bilganligidan dalolat bеradi. Biz bu risolada Navro'z bayrami bilan bog'liq bo'lgan juda ko'p odatlar, hodisalar, afsonalarga duch kеlamiz. Hozirgi zamonda o'tayotgan Navro'z bayrami bilan Umar Xayyom tasvir qilayotgan davrdagi Navro'z bayrami orasida katta farqlar mavjudligidan hayron bo'lamiz. Durust, hozirgi zamonda qilichbozlik, tirandozlik, chavandozlik kabi odatlar dеyarli yo'q, ammo risola bu odatlar haqida ma'lum darajada o'ylab ko'rishga da'vat etadi.