Umar Xayyom o'zining shoh asari «Navro'znoma»da sumalak haqida mana bunday izoh beradi: «Sumalak bahorning ulug' va tansiq taomidir. Menga rivoyat aylamishlarkim, Hisravning otasi Xormuzd arpa o'sib yotgan ekinzor oldidan o'tib ketayotgan ekan. Arpaga qo'yilgan suv ekinzordan toshib, yoʻlga oqar ekan.

Farvardan oyi ekan. Xormuzd, «Arpa omonlik doni, uning ko'kati yaxshi ko'kat» deb ichmoq uchun suvdan bir koʻza to'ldirib olishga farmon qildi. Arpa orqali o'tgan yoki undan chiqqan suv charchoqni tarqatib, me'da kasalliklarini davolaydn. Bu suvni kim ichsa, u yangi yil arpa pishig'igacha kasalliklardan muhofaza qilingan boʻladi. Eronliklar, turonliklar ham arpa ekishning uddasidan chiqadilar. Arpa sumalak pishirilgan ilk ko'katdir.

Umar Xayyom ham “Navro’znoma” asarida Navro’z nishonlanishi haqidagi rivoyatlarni podshoh Jamshid davriga taqaydi va shoh Qayumars Hamal oyining birinchi kuni yil boshi hisoblansin, -deb farmon berganini ham eslatib o’tadi.

Jumladan, shoh Jamshid haqida Umar Xayyom shunday deydi: “Jamshid shu kuni (farvardin oyining boshi) Navro’z atalsin, deb farmon berdi va odamlarga har yili farvardinning kirishini bayram qilishni, uni yangi yil deb hisoblashni buyurdi ”.