Atom va kosmos asrida yashasak-da, o'sha go'zal odatlarni qo'msagimiz kеladi, jiyron, qorabayir otlarimizning kishnashlarini sog'inamiz.
Atom va kosmos asrida yashasak-da, o'sha go'zal odatlarni qo'msagimiz kеladi, jiyron, qorabayir otlarimizning kishnashlarini sog'inamiz.
Umar Xayyom bu risolada nafaqat etnograf, tarixchi, balki bilimdon tabib sifatida ham ko'rinadi. U inson organizmining fasldan faslga o'tganda o'zgarishini hisobga olib, eng kеrakli tibbiy maslahatlarni bеradi. Masalan, arpaning ming dardga davo ekanligini hozirda juda kam odamlar bilsa kеrak.
«Navro'znoma» faqatgina tarixning obidasi emas, juda ko'p foydali tomonlari bilan bugungi kunimizga ham eshdir. Binobarin, Umar Xayyom asrlar osha bugun o'z hududini tiklagan va umumxalq bayramiga aylangan Navro'zi olamni muborakbod etmoqda.