Foydalanilgan adabiyotlar
1.Abdulla Qahhor. Asarlar. 5-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti,1989.
2. Ikrom Otamurod . Sopol siniqlari. – Toshkent: Ganjina. 2022.
3. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – Toshkent: Fan, 2004.
4.Seytlin A.T. Trud pisatelya. -M.:Nauka.1968.
5.
https://arboblar.uz/uz/people/ikrom-otamurod
ADABIY MANBALARNING XALQ PEDAGOGIKASIDA TUTGAN
O‘RNI
Muxabbat SALAYEVA
pedagogika fanlari doktori,
Urganch davlat universiteti “Maktabgacha
ta’lim metodikasi” kafedrasi professori
(O‘zbekiston)
ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada xalq pedagogikasidagi yondashuvlar o’zbek
pedagogikasi taraqqiyotining asosiy manbai sifatida xizmat qilishi haqida fikr
yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Xalq pedagogikasi, turkiy xalqlar, dostonlar, ertaklar, asotirlar,
mavsumiy marosim qo’shiqlari, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar,
hikmatlar, aforizmlar, topishmoqlar, tez aytishlar, bolalar o’yinlari, to’y va aza
qo’shiqlari, erkalashlar, ovutmachoqlar, qiziqmachoklar, yalinchoqlar, hukmlagichlar,
chorlamalar, cheklashmoqchalar, termalar, tabiat hodisalari aytimlari.
АННОТАЦИЯ. В этой статье рассматривается, как подходы в народной
педагогике служат основным источником развития узбекской педагогики.
441
Ключевые слова:
народная педагогика, тюркские народы, былины, сказки,
асатыры, сезонные обрядовые песни, пословицы, легенды, пословицы,
поговорки, афоризмы, загадки, скороговорки, детские игры, свадебные и
траурные песни, ласки, потехи, причитания, причитания, призывы, термы,
рассказы о природных явлениях.
ANNOTATION. This article examines how approaches in folk pedagogy serve
as the main source of development of Uzbek pedagogy.
Keywords:
folk pedagogy, turkic peoples, epics, fairy tales, asatyrs, seasonal
ritual songs, proverbs, legends, proverbs, sayings, aphorisms, riddles, tongue twisters,
children's games, wedding and mourning songs, caresses, fun, lamentations,
lamentations, appeals, terms, stories about natural phenomena.
Mamlakatimiz
mustaqillikka
erishgunga
qadar
pedagogika
tarixini
davrlarshtirish
masalasiga
ijtimoiy-iqtisodiy
formasiyalar
nuqtai
nazaridan
yondashildi. Lekin, ilmiy tahlillar bunday yondashuvning noto’g’ri ekanligini
asoslash imkonini berdi. Vaholanki, qadimiy Turon, Movarounnaxr, Turkiston va
hozirda O’zbekiston deb ataluvchi hududda yashab kelgan tojik, qozoq, qirg’iz,
qoraqalpoq kabi turkiy xalqlar, xususan, o’zbek xalqi tomonidan yaratilgan xalq
pedagogik merosini mafkuraviy aqidalarga tayanmagan holda faqat jahon ilmi va
pedagogika tarixi fani talablari asosida o’rganish, tasnif etish hamda talabalarga
etkazish dolzarb masalalardan biridir.
Ma’lumki, muayyan bir xalq va unga mansub bo’lgan pedagogikaning mazmuni,
xarakteri mazkur xalq yashab turgan sharoitning o’ziga xos xususiyatlari bilan
belgilanadi. O’zaro bir xil sharoitda yashagan turkiy xalqlarning madaniyati va aql-
idroki, mazkur xalqqa xos bo’lgan pedagogik qarashlarning vujudga kelishiga asos
bo’ladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda O’rta Osiyo hududida yashagan turkiy xalqlar
pedagogikasida umumiy jihatlar mavjud. Jumladan, taniqli pedagog A.E.Izmaylov bu
haqda quyidagicha yozgan edi: “Qisman bo’lsa-da, turkman, qozoq, qirg’iz,
qoraqalpoq, turkiy xalqlari hamda tojik xalqi og’zaki ijodi namunalari bilan tanishib
chiqishimiz ana shu xalqlar pedagogikasida muayyan o’xshashlik va umumiyliklar
borligini tasdiqladi”.
Darhaqiqat, o’zbek xalqining mashhur adibi Hamid Olimjonning ta’biri bilan
aytganda: «Biz bir qorindan talashib chiqqan xalqlarning vakillarimiz. Bizning
beshigimiz bir erda bo’lgan. Qozoq onasining aytgan allasiga o’zbek bolasi ham
uxlagan. O’zbek tojiklar bilan bir hovlida yashab kelgan. Navoiyni turkmanlar ham
xuddi o’zbekday yaxshi ko’radilar. Qirg’izning to’yi o’zbeksiz o’tmagan. Bizning
xalqimiz bir-biridan qiz olib, qiz berib quda bo’lib kelganlar. Bizning yigitlarimiz bir
maydonda uloq chopganlar. Bizning urug’larimiz bir-biriga chatishib ketgan. Bizning
xalqimizni bir-biridan ajratib bo’lmaydi».
Shunday ekan, o’zbek xalq pedagogikasi bilan O’rta Osiyo hududida yashagan
qozoq, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq kabi turkiy xalqlar hamda tojik xalq
pedagogikasida umumiylikning mavjudligi ko’plab olimlar tomonidan ilmiy jihatdan
asoslangan.
442
Turkiy xalqlar pedagogikasi keng qamrovli hodisadir. Ajdodlarimizning oilaviy-
maishiy hayoti, ta’lim usullari, ibratli tajribalari dostonlar, ertaklar, asotirlar,
mavsumiy marosim qo’shiqlari, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar,
hikmatlar, aforizmlar, topishmoqlar, tez aytishlar, bolalar o’yinlari, allalar, to’y va aza
qo’shiqlari, erkalashlar, ovutmachoqlar, qiziqmachoklar, yalinchoqlar, hukmlagichlar,
chorlamalar, cheklashmoqchalar, guldur-guplar, o’yin-kulgular bilan bog’liq lapar,
aytishuv, o’lan, termalar, ramazon, boychechak, yomg’ir, quyosh, yulduz, suv
aytimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masharalamalar, «Navro’z», «Mehrjon»,
bahor, kuz, kish, yoz aytim qo’shiqlarida yorqin aks etgan.
Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asaridagi ayrim she’riy
hikmatlar hamda boshqa manbalar orqali etib kelgan asotirlar, qo’shiqlar, maqollar va
topishmoqlar, shuningdek, «Manas» «Dada Ko’rkut», «Alpomish» singari
eposlaridagi ta’lim-tarbiyaga doir fikrlar ajdodlarimiz pedagogik qarashlarining
ifodalari hisoblanadi.
Bundan tashqari, «To’nyukuk», «Bilga-xaqon», «Kul tegin» yodnomalari va
«Irk bitig» singari yozma yodgorliklarda ham turkiy xalqlarning juda qadim
zamonlardagi pedagogik qarashlari o’ziga xos tarzda aks etgan. Bu pedagogik
qarashlar mazkur xalqlarda umumiy sifat va xususiyatlarning shakllanishida ham
muhim o’rin tutgan. Shuning uchun ham turkiy xalqlarning, shu jumladan, o’zbek
xalqining uzoq davrlar davomida shakllangan og’zaki ijodida ifodlangan pedagogik
qarashlari IX-XII asrlarda yashagan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ko’plab mashhur qomusiy
olimlarning etishib chiqishlariga asos bo’lgan.
Uzoq davrlar davomida shakllangan pedagogik g’oyalar ajdodlarimizning ta’lim-
tarbiya sohasidagi qarashlariga asos bo’lgan. Chunonchi, Abu Rayxon Beruniy
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yaratishda xalq og’zaki ijodidagi
pedagogik g’oyalarga tayangan. Abu Ali ibn Sino esa, o’zining «Donishnoma»
asarida ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib: «Bolaning talabini
qondirmoq uchun unga ikki narsa qo’llamoq kerak: Biri – bolani sekin-sekin
tebratish, ikkinchisi-uni uxlatish uchun odat bo’lib qolgan musiqa-allalashdir. SHu
ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi
bilan musiqaga bo’lgan iste’dodi hosil qilinadi», deb yozadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’zbek xalq ijodida maktab, ilm-ma’rifat
hamda yoshlarning o’qishga dav’at etilishi alohida o’rin egallaydi va u o’zbek xalqi
pedagogikasining etakchi g’oyalari shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. Bizgacha
etib kelgan maqollar, matallar, qo’shiqlar, afsonalar, rivoyatlar, ertak va dostonlarda
bolalarga xat-savod, ilm o’rgatishga oid qarashlar ifodalangan. Xususan, ijtimoiy
hayotda savodxonlik va dunyoviy bilimlarni o’rganishga bo’lgan ehtiyoj,
qiziqishlarning tobora o’sib borishi, xalq donishmandlari tomonidan ilmni ardoqlash
va yoshlarni ilmli bo’lishga dav’at etish, undashga qaratilgan pand-nasihatlar
yaratishga sabab bo’lganligini asosli dalillar yordamida ta’kidlangan.
«Ayoz», «Mohistor», «Orzusi ushaldi», «Qorasoch pari», «Kimyogar» kabi ertak
va dostonlarda xalqning yoshlarni o’qitish-ilmli qilish borasidagi qarashlari, orzu-
443
umidlari qadim zamonlardan beri umumiylikka ega bo’lib kelganligidan dalolat
beradi.
O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalari tahlili shuni ko’rsatadiki, qadim zamonda
odamlar o’z farzandalrini o’qitib, xat-savodli va ilmli bo’lishlarini orzu qilganlar.
Maktablarda barcha bolalar birday bilim olganlar. Masalan, «Rustamzod va Sherzod»
ertagida ko’rsatilishicha, ota har ikkala farzandining bilim olishiga birday g’amxo’rlik
qilib, kuch sarflagan.
Xalq og’zaki ijodi manbalari shuni ko’rsatadiki, qadim davrlarda hukmron
tabaqalarning bolalari uchun saroy huzurida uch turdagi maxsus maktablar mavjud
bo’lgan:
a) saroy ahli, yirik amaldorlar va badavlat kishilarning xonadonlaridagi yopiq
maktablar;
b) hukmron tabaqalarning bolalari o’qiydigan alohida yopik maktablar;
v) savdogarlarning bolalari o’qiydigan alohida maktablar.
Masalan, podshohlarning bolalari yopiq maktablarda maxsus o’qituvchilardan
ta’lim olganlar.
O’zbek xalq og’zaki ijodida podshoh, saroy ahli va hukmron tabaqalarning
bolalari uchun vujudga kelgan maxsus yuqori tipdagi yopiq maktablar va oddiy
fuqarolarning bolalari o’qiydigan maktablar haqida ko’pgina materiallar uchrasa-da, u
maktablardagi ta’lim-tarbiya ishining mazmuni, ta’limni tashkil qilish shakllari va
o’qitish metodlariga oid ma’lumotlar uchramaydi.
Shunga qaramay, turkiy xalqlar og’zaki ijodida tasvirlangan maktablarni faqat
bolalarga xat-savod o’rgatadigan maktablarning ham ba’zilari o’z shogirdlarini
zamonaviy rasm bo’lgan dunyoviy (ilmiy) bilimlar bilan qurollantirgan va shunday
dunyoviy bilimlar berishga qodir bo’lgan etuk o’qituvchi (mulla) va mudarrislar, xalq
donishmandlari (oqsoqol va otinoyilar) ham bo’lganligi shubhasizdir.
YUqoridagilar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, O’zbek pedagogikasi
taraqqiyoti tarixida xalq donishmandlari maktab va madrasa ta’limiga katta baho
berganlar. YOshlarning aql-idroki, fahm-farosati, odob-axloqi, kamoloti, insoniy
fazilatlarining shakllanishi va tadbirkorligi ilmli bo’lishlariga bog’liq deb tasavvur
qilingan va o’sha davrlarda muammo sifatida e’tirof etilgan tabiat sirlari sehrlari,
tilsimotlar orqali tasvirlangan mo’’jizalarning ham ilm orqali ro’yobga chiqishiga
ishonch bog’laganlar. Shuningdek, ilm orqali dunyoda eng qimmatbaho hisoblangan
narsalarni ham yaratish mumkinligiga ishonganlar.
Garchi o’zbek xalq og’zaki ijodiyotida maktab va madrasa ta’limining mazmuni
va o’qitish metodlariga doir alohida materiallar uchramasa ham maqollar, ertaklar va
dostonlarga asoslangan holda maktablar bolalarni xat-savodini chiqarish va empirik
bilimlar berish, madrasalar esa o’z talabalarini dunyoviy (ilmiy) bilimlar bilan
qurollantirishga qodir bo’lganligini anglash mumkin.
O’zbek xalq og’zaki ijodi materiallarini muhim qimmatga ega bo’lgan alohida
xarakterli tomonlaridan yana biri shundaki, o’z davrida o’qib, xat-savodli bo’lib
etishgan yoshlarni o’sha davri nuqtai nazaridan har tomonlama kamolotga erishgan
shaxs deyish mumkin. Garchi o’zbek xalq og’zaki ijodida maktab va madrasalar
ta’limini aqliy tarbiyaning asosi bo’lishligi darajasidagi ahamiyati ochib berilmagan
444
bo’lsa-da, maktab ta’limi orqali aqlli, idrokli, fahm-farosatli, tadbirkor kishilar bo’lib
etishganliklari aks ettirilgan.
O’qimishli bo’lib etishgan kishilar dunyoviy masalalar yuzasidan bo’ladigan
munozaralarda engib chiqadilar, muammo jumboqlarni echadilar, turli tilsimotlarning
sirini tez anglaydilar va ular bilan muomala qilish yo’llarini aniq idrok etadilar.
G’ayritabiiy kuchlar – devlar, adjarholar va sexrgarlarning xurujiga qarshi kurash
yo’lini biladilar.
Shu bilan bir qatorda, maktab va madrasa ta’limini ko’rgan asar qahramonlari
zamonasining har tomonlama eng etuk kishilari sifatida jismoniy jihatdan sog’lom,
baqquvat, chidamli, qo’rqmas, botir, estetik did va zavqi baland axloqiy pok –
xalqparvar, adolatli, kamtar, saxovatli kishilar sifatida gavdalanadilar. Biroq o’sha
davrda umumiylikka ega bo’lgan maktab va madrasalarda bolalarni qay yo’sinda
o’qitish, qay darajada ilm berish domlalarning shaxsiy ishi va mudarrislik mahoratiga
bog’liq bo’lganligini ko’ramiz. Maktab va madrasa ta’limining mazmuni, hatto xat-
savod o’rgatish, ta’limning tashkiliy shakli hamda o’qitish usullarida ham mutlaqo
umumiylik bo’lmagan. Har bir maktab muallimi, madrasa mudarrisi o’z dunyoqarashi
doirasida o’quvchi va talabalarga bilim bergan. Shuningdek, o’z davrida yuksak
tayyorgarlik va pedagogik mahoratga ega bo’lgan, ma’lumotli, o’z kasbini sevgan,
bolalar takdiri va kelajagini o’ylaydigan, xalq xurmatiga sazovor bo’lgan ustoz-
muallimlarning xizmatlariga yuksak baho berilgan. Bundan shu narsa ayon bo’ladiki,
xalq donishmandlari yuksak mahorat egasi bo’lgan ustoz-muallimlarga katta umid
bog’laganlar.
O’zbek xalq og’zaki ijodi tahlili bolalarning savodxon va ilmli bo’lib etishishlari
faqat maktab muallimlari va madrasa mudarrislarigagina bog’liq bo’lmay, balki
o’quvchi hamda talabalarning o’z mehnatlari samarasi ekanligi ham xalq og’zaki ijodi
namunalarida ham o’z ifodasini topgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, o’zbek xalq pedagogik merosida maktab va
madrasadagi ta’lim-tarbiya mazmuni va o’qitish metodlariga doir fikr-mulohazalar
uchramasa ham, aynan o’quvchi-talabalarning intizomiga nisbatan domla-mudarrislar
tomonidan qo’llaniladigan jazo metodlari juda ko’p ertak va dostonlarda o’z aksini
topgan. Vaholanki, o’sha davrda ota-onalar ham bunday «Jazo metodi»ga hayrixohlik
bilan qaraganlar. Ular jismoniy jazosiz ta’lim berish mumkin emas, degan fikrga
qat’iy ishonganlar. Shuninng uchun ham ota-onalar o’z farzandlarini maktabga
topshirar ekanlar, o’qituvchiga «Bolaning eti sizniki, suyagi bizniki» degan fakrni
ta’kidlab aytganlar.
Ota-onalar va oiladagi keksalarni
Dostları ilə paylaş: |