Key words:
Holiday, Rite, Tradition, Folklore, Tradition, Value, Spirituality,
Behavior, Speech, Song, Genre, Ethnos, Spectacle.
Bayramlar eng qadimgi davrdan boshlab inson hayotining muhim tarkibiy
qismiga aylangan. Ularsiz insoniyat hayotini tasavvur qilib boʼlmaydi. Bayramlar
xalq hayotining eng yaxshi va goʼzal tomonlarini aks ettiruvchi kuzgudir.”Bayram
xalqning shodlik va xursandchilik kuni”
,[1-47]
degan edi, sharqning buyuk olimi
Maxmud Qoshgʼariy. Darhaqiqat, inson hayotini bayramlarsiz tasavvur qilish juda
ham qiyin. Hayotimizdagi yutuqlar‚ xursandchiliklar, tantana va shodiyonalar,
muhim sanalar oilada, mahallada, umummilliy davlat miqyosida bayram sifatida
nishonlanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, milliy bayramlarimizning
soni yana ham koʼpaydi. Mustaqillik sharofati bilan milliy bayramlarimizga katta
eʼtibor berilib, xalqimizning unut boʼlib ketgan milliy qadriyatlari, bayramlari ham
qayta tiklandi. Yurtimizda oʼtkazilayotgan milliy bayramlar, qator folklor
festivallar buning dalilidir.
Har bir xalqning milliy oʼziga hosligini koʼrsatadigan anʼana va marosimlari,
urf-odat va bayramlari bor. Аsrlar boʼyi yaratilib, zukko xalqning teran ijodiy
iqtidori tufayli saqlanib, sayqallanib kelgan ana shunday anʼanalar millatning
oʼzligini, mentalitetini, milliy qiyofasini belgilaydi.
Olamni bilish va tushunish ”olam-odam” munosabatlari falsafiy
dunyoqarashda oʼziga xos ravishda xal etiladi. Falsafa “inson va olam”
munosabatlarini aqliy, nazariy va mantiqiy asoslarda, dalillar, tamoyillar, oʼy-
mushohadali qarashlar asosida oʼrganadi. Shunday ekan yurtimizdagi turkiy
xalqlar urf-odatlari, marosimlari, folklorini tushuna olib, ilmiy talqin qilishga
yordam beradi. Falsafa fani olam va inson mohiyatini barcha rang barangligini,
oʼzaro aloqalari va munosabatlari bilan toʼlaroq tushunishga yordam beradi. Har
bir inson- eng muhim komponentlari inson xayotining muhim substantsiyasini
tashkil etuvchi madaniyat doirasidagi muxitda tarbiyalanadi. Madaniyat yoki
83
madaniy muxit mavjud tabiiy muhitga moslashish usulidir. Madaniy ziddiyatlarni
oldini olishga koʼmaklashuvchi madaniyatlararo hamkorlikning toʼrtta usulini
ajratib koʼrsatadi. Birinchi usul shartli ravishda “gettolashuv”deb nomlanadi: inson
yashash joyini oʼzgartirganda biron -bir sabab (til bilmaslik, diniy eʼtiqoddagi
oʼziga xosliklar va shu kabilar) tufayli boshqa madaniyatlar bilan har qanday
toʼqnashuvdan qochishga harakat qiladi. Buning uchun esa, urugʼdoshlari bilan
birga yashab oʼzlarining madaniy muhitlarini yaratishga va mazkur muhitni tashqi
madaniy taʼsirlardan himoyalashga intiladilar. Ikkinchi usul “assiliyatsiya”dir. Bu
jarayonda individ butunlay oʼz madaniyatidan voz kechadi va oʼzga madaniyatga
hos xulk atvor meʼyorlarini oʼzlashtirishga xarakat kiladi. Biroq, kundalik turmush
uchun lozim darajadagi madaniyatni oʼzlashtirgan taqdirda ham, u aʼzosi
boʼlmoqchi boʼlayotgan madaniyat tomonidan qarshilik koʼrsatish oʼta yuqori
boʼladi‚ yaʼni uni oʼziniki sifatida qabul qilishmaydi. Uchinchi usul madaniy
almashuv va hamkorlik asosidagi oraliq usul boʼlib, ikkala tomondan ham bir -
birlariga nisbatan ijobiy munosabatlarni talab etadi. Toʼrtinchi usul-qisman
assiliyatsiyalashuv boʼlib, bunda individ turmush tarzining biron bir sohasida oʼz
madaniyatidan voz kechib, oʼzga madaniyatni qabul qiladi
.[2-15]
Turli madaniyat vakillari oʼrtasidagi muloqot samaradorligini oshirishning
muhim sharti oʼzga madaniyatlarga xos qadriyatlar xissiyotlar va tasavvurlarni
tushunishdir. Mavjud madaniy oʼxshashlik va farqlarni tushunish, tan olish
yoʼlidagi birinchi qadam - madaniy bagʼrikenglikni shakllantirishdir. Madaniyatni
bilish, uning vakillarini tushunish, ularga nisbatan milliy yoki maxalliy anʼanalar,
meʼyorlar, urf-odatlarga xos boʼlgan qoidalar majmui va etiketini qoʼllash
imkonini beradi.Oʼzgalarga nisbatan hurmat eʼtiborda boʼlish-har qanday
mamlakatda muvaffaqiyatli muloqot qilishning muhim tarkibiy qismidir. Hurmat
koʼrsatishda yosh qanaqa ahamiyatga ega, hurmatni anglatuvchi hatti- harakatlar
nimalardan iborat, qanday savollar shaxsiy hisoblanadi va nima mazkur
madaniyatda "shaxsiy hayotga aralashish" deb qaraladi, soʼzlashish usuliga kanday
ahamiyat beriladi, kabi bir kator savollar millatlararo munosabatlar muhitida
toʼgʼri yondashuvni belgilab olish imkonini beradi.
Noaniqlikka nisbatan sabr bilan yondashish- yangi tushunarsiz xodisaga
toʼgʼri munosabatda boʼlish bizga tushunarsiz boʼlgan xulq-atvor natijasida yuzaga
kelgan boʼlib, yangi muhitga moslashish va oʼzgacha qadriyatlarga ega insonlar
bilan muvaffaqiyatli mulokot qila olish jarayonining muxim qismidir.Birovni
muhokama qilishdan tiyilish va obektiv munosabatda boʼlish, oʼz kuzatishlarini
oʼzida qoʼllash, fikr bildirishda kamroq qatiyat koʼrsatish va muloqotda
komponentlikni saqlash (bir madaniyatda toʼgʼri deb topilgan narsa-xodisalar,
oʼzga madaniyatda notoʼgʼri hisoblanishi mumkin)- bularning barchasi oʼzaro
ishonch muhitini yuzaga keltirib, samarali muloqotga koʼmaklashadi.
[2-17]
84
Oʼzaro ishonch haqida gap ketganda, Respublikamizda istiqomat qiluvchi
koʼplab millatlarning yuzdan ortiq madaniy markazlari borligi, bu markazlar
xukumatimizning qoʼllab quvvatlashi natijasida vujudga kelib rivojlanib
borayotganligini aytib utish joiz. Markazlar oʼziga xos milliy anʼnalar, urf-odatlar,
va milliy marosimlarini tiklagan holda oʼzaro ahil munosabatda boʼlib, bir-birini
boyitib, umumiy uyimiz- Oʼzbekistonda ulkan oila bulib yashab kelmoqda.
Ularning shodliklari, gʼam-tashvishlari ham, ishlari va bayramlari ham bir.
Markazlarning asosiy maqsad va vazifalari oʼz xalqining tarixini oʼrganish, ona
tilini va yozuvini, adabiyotini xalq ogʼzaki ijodi, teatr va rassomlik sanʼtini, milliy
urf-odatlar va hunarmandchilikni, milliy sport turlarini saqlash va rivojlantirishdan
iborat. Markazlarda seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, festivallar va
uchrashuvlar tashkil qilingan, badiiy havaskorlik rivojlantirilgan. Oʼzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan
Respublika baynalmilal madaniyat markazi tuzilganligi madaniy markazlar
faoliyati rivojida muhim ahamiyatga ega boʼldi. Markazning asosiy vazifasi
millatlararo munosabatni takomillashtirish, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan
turli millat va elat vakillarining milliy, maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, ularning
har biriga xos boʼlgan urf-odat va anʼanalarni saqlab qolish va rivojlantirishda
amaliy va uslubiy jihatdan yordam berish, umuman, millatlararo totuvlik va
hamjihatlilikni mustahkamlashdan iboratdir. Markazlar umumxalq bayramlarida,
oʼzbek xalqi va boshqa xalqlar hayotining muhim sanalariga bagʼishlangan
tadbirlarda faol qatnashmoqda. Respublikamizda 140 ga yaqin milliy-madaniy
markazlar boʼlib, quyida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan, aynan turkiy
xalqlarga mansub milliy-madaniy markazlar bilan qisman tanishtirmoqchimiz.
[3-19]
Qozoq milliy- madaniy markazi 1992 yil mart oyida tashkil qilinib, uning
tarkibiga Qoraqalpogʼistondagi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent
viloyatlaridagi, shuningdek Toshkent va Chirchiq shahridagi qozoq makazlari
kiradi.
Qirgʼiz milliy-madaniy markazi 1995 yil may oyida tashkil topdi.Bu markaz
hozir Oʼzbekistondagi qirgʼizlar yashaydigan hududlar-Jizzax, Sirdaryo, Аndijon,
Fargʼona, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi markazlarni birlashtiradi.
Turkman madaniy markazi 2001 yil fevral oyida roʼyxatga olindi,
Qoraqalpogʼistonda “Аydыn yol” gazetasi nashr qilingan, “Orzu” ansambli ishlab
turibdi. Toshkent shahrida, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ham markazlar
muvaffaqiyat bilan faoliyat olib bormoqdalar.
Toshkent shahar tatar ijtimoiy madaniy-maʼrifiy markazi 1989 yilda
tuzilgan. Markaz qoshida “Laysan”,”Yashʼlek”,”Yaktashlar”,”Dustlik”kabi folklor
ansambllar va oqsaqollar kengashi ish olib boradi. Jizzax, Guliston, Аngren,
85
Yangiyoʼldagi hamda Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi
tatar-boshqird markazlari ham shunday xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Toshkent shahar”АVDET”qrim-tatar milliy madaniy markazi 1997 yilda
tuzilgan.1944 yil qrim tatarlar tarixida iztirobli sahifa boʼlib, asossiz ayblangan
xalq ona yurtidan koʼchiriladi va ularning bir qismi Oʼzbekistonga
joʼnatiladi.Urush davrida hayot ancha ogʼir kechganiga qaramay, bagʼri keng
oʼzbek xalqi ularga yordam beradi.Ular oʼz vataniga qaytishni doimo orzu qilib
1967 yilga kelibgina Qrimga asta-sekin qayta boshlashdi.80-yillarda bu jarayon
ommaviy tus oldi. Oʼzbekistonda qolgan qrim-tatarlar esa bir-birlari bilan koʼproq
muloqot qilish va madaniyatini saqlab qolish uchun markaz tuzdilar.Markaz
qoshida “Yalta”, “Vetan”, “Xaytarma” folklor ansambli faoliyat yuritadi.
Respublika “АXISXА”turk milliy-madaniy markazi 1991 yil dastlab
Buxoroda, soʼng Toshkentda paydo boʼldi.1997 yil mart oyida Respublika turk
milliy-madaniy markazi tashkil qilindi. ”Sevinch”, ”Аna-Doʼlu”, ”Аxisxa”,
”Аzgur” badiiy havaskorlik ansamllari faoliyat yuritadi. Samarqand, Navoiydagi
markaz boʼlimlari muvaffaqiyat bilan ish olib bormoqda.
Ozarbayjon milliy-madaniy markazlari uyushmasi 2003 yilda roʼyxatga
olingan boʼlib eng muhim vazifalaridan biri ozarbayjon tilini oʼrganish va
oʼrgatishdan iborat.Toshkent shahrida 1989 yil yanvarda tuzilgan “Gardashlik”
markazi va Samarqanddagi markaz mamlakatimizdagi Ozarbayjon madaniy
markazlarining dastlabkilaridan boʼlib, hozirgi kunda Buxoro va boshqa
viloyatlarda ham makazlar bor. Ozarbayjon madaniy markazi 2004 yilda oʼzining
muhtasham binosiga ega buldi. Bu binoda kutubxona,bolalar uchun tasviriy sanʼat
studiyasi, kompyuter sinfi, sport-trenajyor zali, raqs sinflari bor.
Uygʼur milliy-madaniy markazi 1989 yilda Toshkentda tuzildi. Markaz
faoliyatining boshlanishi Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi,
mamlakatimizda mashhur uygʼur ansamblining tashkilotchisi X.R.Xudoyberdiev
nomi bilan bogʼliq. U markaz ishini uygʼur xalqining madaniyatini, xalq ijodini,
milliy taomlari, qadriyatlarini oʼrgatish va targʼib qilish bilan olib bordi. Bugungi
kunda markaz tarkibiga Toshkent shahridagi tumanlar markazlari,Toshkent
viloyati Toshkent tumanidagi Y.Oxunboboev nomli, Yuqori Chirchiq tumanidagi
Kim Pen Xva nomli shirkat xoʼjaligida, shuningdek Аndijon va Sirdaryo
viloyatlarida tuzilgan uygʼur milliy markazlari kiradi
.[3-20]
Yana oʼzaro ishonch haqida gapiradigan boʼlsak, ayniqsa Oʼzbekiston milliy
bayramlarida turkiy xalqlar folklor dasturlarini koʼllash katta ahamiyatga
ega.Respublikamizda istiqomat qiluvchi koʼplab millatlarning bizning milliy
bayramlarimizda
teatrlashtirilgan
bayramona
marosim
xatti-harakatida
avlodlarimiz tomonidan bizgacha yetib kelgan boylik xalk anʼanalari va folklor
obrazli emotsional shakl boʼlib xizmat qiladi.
86
Bizga maʼlumki, hayot tarzi faqatgina jamiyat ishlab chiqarish yoʼllarinigina
emas, balki u yoki bu jamiyat iqtisodiy farmatsiyasining spetsifik tomonlarini, xar
bir xalqning madaniy etnik boyligini, odamlarning ijtimoiy hayotini, oʼzlarini
tutish shakllari, urf-odatlari maʼnaviyati jamiyat munosabatlarida asosiy
oʼrinlardan birini egallaydi.
Turkiy xalklarning folklor dasturlarida, asrlar davomida insonni shaxs
sifatidagi kamoloti, uning orzulari va rivoji asosiy gʼoya boʼlib kelgan. Shuning
uchun xam xalklarning anʼana marosim va folklori hozirgi kunda xam dolzarbdir.
Hozirgi kunda, zamonaviy milliy bayramlarda qoʼllanilayotgan bayramona
marosim xatti-harakati passiv tomoshaviylikdan, insonlarning mehnat, maʼishiy
hayoti bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy-madaniy xavaskorligi teatrlashtirilgan shaklga
koʼchib oʼtmoqda. Oʼzbekiston xalklarining bir maqsad sari intilishlari mustaqil
davlat qurish va hayot bilan bogʼliqliklari xalq anʼanalari va folklorida ilgari
surilgan gʼoyalarni xurmat qilishlari, doʼstlikni mustaxkamlash, kattalarni xurmat
qilish, qahramonlarni ulugʼlab, yodda saqlash dasturlarning asosiy negizini tashkil
etadi.
Millatlarning anʼana va folklori xayotdagi maʼlum bir voqelarni
birlashtirilishi funksional xarakterga ega boʼlib oʼziga xos aniqlikni vujudga
keltiradi. Shuning uchun folklor har doim ‚ bayramona marosim xarakatida, aniq
shakllar yordamida oʼzini namoyon qilib, hayotda keskin burilish yasagan
davrlarni koʼrsatishga, badiiy bezak sifatida yordam beradi. Xalk anʼanalari va
folklorni badiiy ommaviy harakat deb qarashda, undagi hayotiy kuchni,
yashovchanlik yigʼindisini anʼanaviy hamda modernizatsiya qilinganligiga eʼtibor
berish lozim. Voqealar xalq anʼanasi va folklor harakatidagi atmosferani berib,
undagi munosabatlarning maʼlum stereotipi vujudga keladi. Xalq urf-odatlariga
bunday oʼziga xoslikni xarakterlab, V.Veresaev shunday yozadi: “Badiiy jixatdan
mukammalikka ega boʼlgan urf-odatlarning butun kuchi, axamiyati, siqilgan
sezgilarga taʼsir qilib, insonni kuchli emotsiya qildirishdan xalos etadi
”.[4-195]
Har yili Oʼzbekistonda oʼtkazilayotgan milliy bayramlarimizda jumladan
mustaqillik, navroʼz bayramlari, konstitutsiya va xalq sayillarida xar qaysi millat
oʼz folklor dasturlari bilan bir-biriga singib boradi. Millatlararo totuvlik,
hamjixatlik mavzusi "Turkiston umumiy uyimiz" mavzusiga ulanib bu qutlugʼ
mintaqada asrlar davomida ahil yashab kelayotgan oʼzbek, qozoq, turkman, qirgʼiz,
azarbayjon, tatar va uygʼurlarning bugungi kuni va kelajagi ham bir degan gʼoyani
ifodalashga harakat qiladilar. Bunda har bir millatga xos kuy va qoʼshiqlar, qizlar
va yigitlarning oʼziga xos raqslari, doiralarning sadolari ostida barcha guruhlarning
asosiy cahna oldida qoʼl ushlashib, aylanalar hosil qilib oʼynashi muhim ahamiyat
kasb etadi
.[5-35]
87
Bugungi kunda yer yuzi aholisining soni bir necha yuzdan tortib, bir necha
yuz million kishini tashkil etadigan 1 600 dan ortiq millat va elat istiqomat
qilmoqda. Dunyoning haqiqiy boyligi, qadriyatlarni oʼzaro ayirboshlash, bir-birini
boyitish imkoniyati ana shu xilma-xillikdadir. Аmmo hozirgi zamonning hal
qilinishi mushkul boʼlgan muammolaridan biri ham unga borib taqaladi, ̶ deb
yozadi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev “Qonun ustuvorligi va
inson manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”
asarida. Dunyoda yashayotgan etnoslarning koʼpchiligi oʼz milliy davlatchiligiga
ega emas. Dunyo siyosiy xaritasida atigi ikki yuzga yaqin davlat borligi ham
buning dalilidir. Millat va elatlar miqdorining davlat tuzilmalari sonidan bir necha
barobar koʼpligi aksariyat mamlakatlarning koʼp millatliligidan dalolat beradi.
Аholisining soni 34 mln.dan ziyod boʼlgan mustaqil Oʼzbekiston
Respublikasi ham jahondagi koʼp millatli mamlakatlar sirasiga kiradi. Dunyodagi
eng qadimiy sivilizatsiyalardan biri mana shu mintaqada paydo boʼlgan. Jahon
madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan, qadimiy Turon, Movarounnahr,
Turkiston hududida ulugʼvor memoriy obidalarga boy tarixga ega boʼlgan Buxoro,
Samarqand, Xiva kabi durdona shaharlar aynan mana shu zaminda bunyod etilgan.
Olis asrlar osha ortga qarab, hozirgi Oʼzbekistonning etnik tarkibi
shakllanishi tarixiga nazar tashlasak, uning koʼp millatliligiga hayron qolmasa ham
boʼladi. 1897 yilda oʼtkazilgan aholini roʼyxatga olish maʼlumotlariga koʼra,
hozirgi Oʼzbekiston hududida 70 ga yaqin, 1989 yilgi aholi roʼyxati
maʼlumotlariga koʼra esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilgan.
Bugungi kunda respublika aholisining qariyb 80% oʼzbeklar, 20%dan ortiqrogʼini
qoraqalpoqlar, uygʼurlar, ruslar, qozoqlar, tatarlar, qirgʼizlar, koreyslar, turkmanlar
va boshqa millat hamda elat vakillari tashkil qiladi. Аgar urf-odatlari, anʼanalari,
tili oʼxshash boʼlgan turkiy xalqlar, yaʼni qirgʼiz, qozoq, koraqalpoq, tatar,
turkmanlar azal-azaldan oʼzbeklar bilan yonma-yon yashab kelgan boʼlsalar,
boshqa millat vakillari turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oqibatida bu diyorda oʼtroq
boʼlib qolishgan.
[3-10]
Tarixiy manbalarga asoslanib tayyorlangan bu maʼlumotlarda eramizdan
oldingi IV asrdan to XIX asr oxirigacha boʼlgan davr ichida qaysi turkiy millat
vakillari yurtimizga kelib, oʼtroq holda yashay boshlaganliklari qayd qilingan.VI
asrning ikkinchi yarmi – Buyuk Ipak Yoʼli Samarqanddan, Kavkaz va
Vizantiyagacha Buxoro, Xorazm, va Kaspiy dengizining shimoliy qirgʼogʼi
boʼylab oʼtuvchi Buyuk Ipak Yoʼli yoʼnalishi olingan. VIII – XII – Ozarbayjon
savdogarlari Buxoro, Samarqand, Shosh orqali Oʼrta Osiyo bilan savdo aloqalarini
oʼrnatgan. 922 yil – Аrab diplomati Аhmad ibn Fadlan Orol va Kaspiy dengizi
oʼrtasida istiqomat qiluvchi turklar, ugʼuzlar va chechenlardan tashqari yana
boshqirtlar ham yashashini qayd etgan. XIV asr – Movarounnahr aholisi va
88
Rossiyalik tatarlar oʼrtasida mustahkam savdo-sotiq aloqalari oʼrnatilgan. XIX
asrning 70-80 yillari – Аndijonda ilk bora qirg’iz koʼchmanchilarining paydo
boʼlishi, XIX asrning 90-yillari – yer tanqisligi natijasida oʼz yurtlarini tashlab
chiqqan XIX asr oxiri – Toshkent, Samarqand va Fargʼona vodiysi shaharlarida
mingdan ortiq turklar yashashi aniqlangan.
[6]
“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan Respublika Baynalminal madaniy
markazi hamkorligida milliy markazlar raislari va vakillari oʼrtasida 2016 yilning
14 – 18 noyabr kunlari sotsiologik soʼrov oʼtkazilgan. Unda oʼz faoliyati bilan 150
mingdan koʼproq kishini va yirik milliy guruhlarni qamrab olgan 24 ta milliy-
madaniy markazlar ishtirok etgan. Sotsiologik soʼrov yakunlari boʼyicha tub
millatga mansub boʼlmagan vakillarining 60% dan koʼprogʼi Oʼzbekistonda
tugʼilganligini koʼrsatdi. Undan tashqari, 7.8 % respondentlar oʼzlarini tub
yashovchilar hisoblaydi. Sababi ular Oʼzbekistonda tugʼilgan kishilarning qariyb
uchinchi avlodidir. Soʼrov yakunlarining tahlili Oʼzbekistonda tugʼilganlarning
ota-onalari asosan qaysi sabablarga koʼra Respublikamizga koʼchib kelganligini
koʼrsatdi. Javoblar quyidagicha boʼldi:
18.1 % oʼqish yoki ishga yuborilganlar;
11.8 % urush oqibatida kelib qolganlar;
10.3 % iqtisodiy sabablarga koʼra;
9.0 % qatagʼon qilingan xalqlar vakillari;
5.3 % oilasi bilan birlashishga kelganlar;
Koʼrinib turibdiki, soʼralganlarning qariyb yarmini (45.5 %) tashkil etuvchi
koʼchmanchilarning bu kategoriyasi uchun Oʼzbekiston koʼp yillar davomida sobiq
sovetlar hududida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning ifodasi, boshpana, ish va
quvgʼin dahshatlaridan holi makon boʼlib qolgan.
[7-4]
Oʼzbek millatiga mansub boʼlmagan soʼralganlardan 75.5 % MDH da 38.8
% esa xorijda oʼz qarindoshlariga ega. Ular bilan tegishli ravishda 88.6 % va 87.7
% aloqa qilishadi yoki chegaralar boʼlinishi bilan qarindosh urugʼlar oʼrtasidagi
aloqa uzilmagan. Soʼrov yakunlari Oʼzbekistonda yashovchi xalqlar boshqalardan
ajralib yashashni istamasliklari va integratsiya jarayonlarini rivojlantirish zarur deb
hisoblashlarini koʼrsatadi. Bu haqida tub millatga mansub boʼlmagan respondentlar
61.2 % elatlar aro nikohlarga ijobiy, 29.0 % nikohga kiruvchilarning millatlarga
befarq qarashidan dalolat beradi. Faqat 9.6 % respondentlargina bir millatga
mansub odamlar oʼrtasidagi nikohni maʼqullaydilar.Oʼzbek millatiga mansub
respondentlarning 55.3 % elatlararo nikohga ijobiy, 38.3 % befarq, 6.4 % salbiy
munosabatda boʼlishgan. Natijalardan koʼrinib turibdiki, nikoh, oila, bolalar
tushunchalari milliy tushunchalardan yuqoriroq boʼlib, ular respublikamizdagi
elatlararo munosabatlarning mutanosib tarzda rivojlanayotganligini tasdiqlaydi
.[7-10]
89
Hozir mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elat vakillari Mustaqil
Oʼzbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari orqali yaratib berilgan teng huquq va
imkoniyatlardan foydalanib, tinch va osoyishta hayot kechirish bilan birgalikda,
ertangi kunga qatiy ishonch bilan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, ilm-fan va
madaniyatning xilma-xil sohalarida Vatanimiz ravnaqi yoʼlida sidqidildan xizmat
qilmoqdalar. Shuni xam aytishimiz joizki, mustaqillikni mustahkamlash,
mamlakatning jahondagi shuhrati va nufuzini oshirish, islohotlarni muvaffaqiyatli
oʼtkazish ishida davlat va xalq orasidagi buyuk xizmatlari uchun, shuningdek, koʼp
yillik qahramona mehnati, bebaho madaniy-maʼnaviy merosni saqlash va
rivojlantirishga qoʼshgan hissasi uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
davrida, ularning farmonlari bilan Oʼzbekistonning munosib turli millatli fuqarolari
hamyuksak hukumat mukofotlari bilan taqdirlanganlar.
[3-11]
Yangi Oʼzbekistonda millatlararo bagʼrikenglikni qoʼllagan holda
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev boshchiligidagi respublika rahbariyati Oʼzbekistonda
istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning rivojlanishi uchun teng sharoit
yaratishni mamlakat milliy siyosatining asosiy ustuvor yoʼnalishi sifatida
belgilagan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, respublikamizda istiqomat qiluvchi har
bir millatning tarixiy va madaniy qadriyati rivoj topib, kelgusi avlodlarga
yetkazilishida turli millat vakillarining badiiy madaniyatini, xalq anʼanalari va
folklorini teatrlashtirilgan xarakatga qoʼshish katta ahamiyatga ega. Bu esa oʼz
navbatida
xalqlararo
totuvlik,
millatlararo
xamjixatlikni
mustaxkamlab,
Oʼzbekiston deb atalmish yagona uyimizda bahamjixat hayot kechirishimizga
asosiy omil boʼla oladi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev aytganlaridek:”Dunyoda turli etnik toʼqnashuvlar, zamonaviy tahdidlar
kuchaygan bir vaqtda ogohlik va birdamlik tinchlik kafolatidir.”
Dostları ilə paylaş: |