Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   431
Anjuman Boku (6)

Скатерть бела 
Весь свет одела. (Снег). 
Oppoqqina dasturxon

Yer yuzini qoplagan. (Qor) [ 4,19] 
Всем, кто придёт, и всем, кто уйдёт, руку подаёт. (Дверная ручка).
Mazmuni: “Barcha kelsa ham, barcha ketsa ham, unga qo’l cho’zadi. (Eshik 
tutqichi)”. 
Ushbu topishmoqda faqat eshikning bir qismi – uning tutqichi haqida fikr 
yuritilayotgan bo’lsa, quyidagi shunga o’xshash shaklli topishmoqda umuman 
eshikning o’zi haqida gap bormoqda.
Kelsangiz ham, ketsangiz ham har zamonda 
Qo’l berishni, yo’l berishni qilmas kanda.
[5,317]
Rus va o’zbek folьklorida mavjud bo’lgan Aks-sado / Exo haqidagi 
topishmoqda ham o’xshashlik, yaqinlik mavjudligi ko’zga tashlanadi: 
Кто говорит на всех языках? 
(Эхо).
Nima hamma tilda ham gapiradi? (Aks-
sado). 
Ko’rinyaptiki, bu topishmoqlarning har ikkalasi, avalo, so’roq gap shaklida 
yaratilgani bilan o’xshasa, ikkinchidan, yashiringan narsaning “hamma tilda 
gapiradi” / “говорит во 
всех языках” deb ta’kidlanishi o’xshaydi. Faqat rus tilida 
yashiringan narsa “кто” / “kim” deyilsa, o’zbek tilida “nima” deb so’ralmoqda. 
Uy-xo’jalik predmetlaridan biri bo’lgan “tarozi” haqida rus va o’zbek 
folьklorida alohida topishmoqlar yaratilgan. Ko’pincha ularning turli variantlari 
uchraydi. Bunday variantlashish esa ularning obrazlantirilishidagi farqliklar tufayli 
yuz bergani oydinlashadi. Masalan, rus tilida tarozi haqida shunday topishmoqlar 
uchraydi:
Кто не рожден, не учён, а правдой живёт. (Весы).
Yoki: 
Две сестры качались, правды добивались.
Правды добились – остановились. (Весы).
Birinchi topishmoqda tarozi garchi tug’ilmagan, o’qimagan, ya’ni maxsus 
o’qib ta’lim olmagan bo’lsa-da haqiqatparvarlik bilan yashashi ramziy-timsoliy 
ma’noda ifodalanayotgan bo’lsa, navbatdagi topishmoqda tarozining ikki pallasi 
ikki singilga, ular tebranib-tebranib, haqiqatga – tenglikka erishgach, harakatdan 
to’xtashi bayon etilgan. 
Xullas, tarozining qo’sh pallasini ikki singilga yoki opa
-singilga, ikki og’a-
iniga o’xshatish o’zbek topishmoqlariga ham xos: 
Ikki singil,
Og’ir-engil. (Tarozi).
Yoki: 
Ikki og’a-inini bir ustunga bog’ladim. (Tarozi).[6,142] 


93 
Hisob-kitobga asoslangan chalg’ituvchi xarakterdagi topishmoqlar rus va 
o’zbek folьklorida o’z o’rniga ega. Ulardan birida shunday deyiladi:
“Росло четыре березы, а каждой березе по четыре больших ветки, на 
каждой большой ветке по четыре маленьких ветки, на каждой маленькой 
ветке по четыре яблока. Сколько всего яблок? (Ни одного. На березах яблоки 
не растут!)” 
Shu topishmoqning o’zbekcha muqobili quyidagicha: “Anhor bo’yida uch 
tup qarag’ay o’sadi. Ularning har birida uchtadan yo’g’on shoxasi bor, har bir 
yo’g’on shoxida beshtadan novda bor. Har bir novdada etti donadan olma bo’lsa, 
hammmasi bo’lib nechta dona olma bor? (Bitta ham olma yo’q, qarag’ayda olma 
bo’lmaydi”.[7,336] 
Ammo rus va o’zbek topishmoqlari orasida nafaqat o’xshashlik, balki farqli 
jihatlar ham anchagina. Masalan, q
uyidagi kabi topishmoq o’
zbeklar orasida 
umuman uchramaydi:
У кого есть столько глаз, сколько дней в году? (У родившегося 2 
января). 
Mazmuni: “Kimda bir yilda qancha kun bo’lsa, shuncha ko’zi bor? (2 
yanvarda tug’ilganlarda). 
Xulosa qilib aytganda, biror-bir narsa haqida yashirin, bilvosita ma’lumot 
beruvchi topishmoqlar hamisha xalq tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingan. 
Ular ob’ektni nomlamasdan shunchaki uni tasvirlaydi yoki o’xshash 
xususiyatlarini tavsiflaydi. Natijada o’xshash xususiyatli topishmoqlar paydo 
bo’ladi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin