II. Navro’z marosimidagi vaqtinchalik shoh saylash va qurbonlik
keltirish.
Ayni Navro’z arafasida tabiat va jamiyat tartibida ma’lum muddat
betartiblik yuzaga kelib, qutblarning almashinib qayta o’z o’rniga kelishi haqidagi
tasavvurlar ushbu uzvlar asosini tashkil etadi. Bu holat tabiatda Ayyom Aziz kirib,
to Navro’zgacha o’tuvchi ob-havo o’zgarishi va turlanishlarida namoyon bo’lsa,
jamiyatdagi evrilishlar marosim chog’ida kattaning kichik, kichikning katta,
podshohning qul – qulning podsho, bekning xizmatkor – xizmatkorning bek
o’rnida ko’rilishi va h.z. Vaqtinchalik tartibsizlikdan so’ng yana barcha
holatlarning o’z o’rniga qaytishi barobarida ifodalanadi.
Ushbu o’rinda S.P.Tolstov Siyovush obraziga topinish tarixi va genezisi
bilan bog’lab talqin etgan, xitoylik Vey-sze tomonidan yozib qoldirilgan
Samarqandda o’tuvchi yangi yil haqidagi ma’lumot o’ta muhim: “Oltinchi oyning
birinchi kuni ularda yangi yil hisoblanadi. Ushbu kun kelganda podshodan tortib
barcha fuqarolar soch-soqollarini kuzab, yangi kiyim-bosh kiyadi. Suvoriylar
shaharning sharqiy tomonida joylashgan o’rmon chekkasiga borib etti kun
davomida yoydan o’q uzishadi. Ettinchi kun esa nishon uchun oltin qoboqni
osadilar va kimki unga o’qini dastlab tegizsa, shu yoyandoz bir kunlik shoh bo’lish
huquqini qo’lga kiritadi. Ular Ko’k tangriga butun borliqlari bilan sig’inadilar.
Yana aytadilarki, Ko’k tangrining zurriyodi ettinchi oyda halok bo’lib, suyaklari
dalaga sochilib ketadi, ularni terib, hurmat ko’rsatish shart. Shu sabab etti kun
31
davomida 300 dan 500 gacha erkagu ayol qora kiyib, sochlarini yoyib, yig’lab,
yoqavayron ko’kraklariga musht urib, yuzlarini timdalab, daladan yo’qolgan
suyaklarni izlashadi. Ettinchi kun marosim tugaydi”
3, 204
. Keltirilgan
ko’chirmada uchta muhim fakt diqqatga sazovor:
1. Marosimda vaqtinchalik shoh saylanishi. Bu esa o’z navbatida, shohning
bir kunga oddiy fuqaroga aylanishini bildiradi.
2. Samarqand ahlining ko’k tangriga topinishi.
3. Ko’k tangri o’g’lining olti oyni to’ldirib, ettinchi oyga o’tganda halok
bo’lib, suyaklarining yo’qolib qolishi va uni odamlarning etti kun daladan
izlashlari.
S.P.Tolstov bevosita Siyovush obrazining tub ildizlari haqida: “Biz qadimiy
Qangyu podsholigidagi reigid va boshqa marosimlarda o’lib tiriluvchi nabotot
tangrisi sifatida ilohiy sulola bobokaloni Siyovush topinchining o’ta muhim o’rin
egalashini kuzatamiz”
3, 205
. Bizningcha, o’lib tiriluvchi nabotot (tabiat)
haqdagi tasavvurlar tizimida Siyovush topinchi navbatdagi bir halqa xolos, aslida
ushbu tizim Siyovush topinchiga ham asos bo’lgan qadimiy ildizlari va taraqqiyot
qatlamlarga ega.
Xususan, “Go’ro’g’li” dostonlari genezisi va tadrijiy bosqichlarini tadqiq
etgan Sh.Turdimov dostondagi bir qancha motiv va obrazlar talqinining asoslari va
o’zbek xalqining mavsumiy marosimlari uzvlari va undagi tasavvurlar uyg’unligini
kuzatib quyidagi muhim xulosalarni bayon etgan. Avvalo Go’ro’g’lining real otasi
bo’lmish Nurtoy (Tosh shoir versiyasi) va Ravshan (Qo’rg’on versiyasida)
vaqtinchalik “qul” bo’lishi motivi Navro’z marosimlaridagi bir kunlik shoh
tasavvuriga bog’liq shakllangan, deb qarash o’rinli ekanligini ta’kidlaydi.
Go’ro’g’lining nafas otasi, homiy eranlar darg’asining Ko’k tangri tasavvurlari,
yanada aniqroq aytilsa, quyosh ma’budi bilan aloqadorligini isbotlaydi. Dostonda
Go’ro’g’li onasining olti oylik gumonasi bilan halok bo’lib erga – qabrga
qo’yilishi motivining ko’hna Navro’z marosimidagi Ko’k tangrisi zurriyodining
olti oy o’tib halok bo’lishi va uning dalaga sochilgan suyaklarini xalqning ettinchi
oy motam tutib izlashiga uyg’unligi ko’rsatadi. Ayni uyg’un jihatlarni shunchaki
tasodif deb qarash o’ta ishonchli faktlarni nazarga olmaslik ekanligini aytadi.
Aslida esa “Go’ro’g’li” dostonining tub asoslari har jihatdan xalqimizning qadimiy
o’lib tiriluvchi borliq (tabiat) bilan bog’liq e’tiqodiy qarashlari, tushunchalari
zamirida shakllanganligini va o’xshashlikligini tadqiqotchi isbotlab beradi
11
.
Yuqorida keltirilgan qiyoslar va xulosalar Navro’z bayramining yoshini
belgilashda ham muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Chunki bugungi kunda
olimlarimiz tomonidan uch ming-besh ming yillik tarixga ega, degan sanani ancha
uzoqqa cho’zish imkonini beradi. Shu o’rinda folьklorshunos F.Jabborovning
“Yangi quyosh bayrami”
12
nomli maqolasida Amerika tub aholisi hisoblanmish
32
Mayya va boshqa qabilalardagi xalqlar mavsumiy marosimlari, xususan yangi yil
atamalari, o’tish muddatining turkiy xalqlar bilan uyg’un kelishi va Amerika tub
aholisining Bereng bo’g’ozi orqali Sibir tarafdan o’tganligi va bu ko’chish davri
kamida o’ttiz – ellik ming yillik davr, deb belgilanayotgani ba’zida ayni sanani yuz
ming yil, deb ko’rsatayotganini yodga olsak, Navro’z bayrami yoshini yanada
uzoqdan kelayotganiga ishonch hosil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |