Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   431
Anjuman Boku (6)

tuyg‘ularning suratini chiza biladi, degan edi. Bu orada Rauf birmuncha 
to‘plamlarini she’rxonlarga taqdim etdi. Ayniqsa, uning ulug‘ Nozim Hikmatning 
mashhur “Inson manzaralari” asarini o‘zbekchalashtirgani diqqatga sazovor bir 


418 
holdir”.A.Oripov) 
yillar davomida uning mulohazalari haq ekanligini adabiy 
tanqid ham tan olgani va shoir ijodi haqidagi bahslarga munosabat bildirib, 
adabiyotshunos B.Nazarov shunday yozadi: “Rauf ijodi haqida fikr yurituvchi 
ayrim tanqidchilar uning she’rlarida ba’zan lahzalik tushkun kayfiyatlar 
kuylanishini, ba’zan zamondosh qiyofasining noto‘g‘ri talqin etilishini 
so‘zlaydilar. Aslida shundaymi? Mutlaq yo‘q deyish menimcha, noto‘g‘ri bo‘lur 
edi. Chunki Raufning hazin ruhli she’rlari yo‘q emas va oz ham emas. Lekin eng 
asosiysi, ularning mohiyatini to‘g‘ri aniqlay olishda, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara 
bilishda.CHunki Raufning aksar she’rlaridagi hazin kayfiyatlar hazinlikni madh 
etish uchun emas, aksincha, undan qutulish uchun, nurli holat, tuyg‘u, 
kechinmalarni izlash, ularga intilish maqsadida va ularni botinan tarannum etish 
niyatida qalamga olinadi” [1, 154]. 
Rauf Parfi ijodi haqidagi bahslar keyingi yillarda - Mustaqillik yillarida ham 
ham davom etdi. Chunki hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirish, haq so‘zni 
kuylash o‘zbek she’riyati taraqqiyotining barcha davrlari uchun bosh tamoyil 
bo‘lib kelgan. Lekin maqsadga erishish yo‘llari, usullari juda turli-tuman va ko‘p. 
Masalan, majoziy obrazlilik haqiqatni aytishning, voqelikni, hayotni realistik idrok 
etishning shakllaridan biri bo‘lib, R.Parfi ijodining asosiy yo‘nalishini tashkil 
etadi. Bu haqda adabiyotshunos olim N.Rahimjonov shunday yozadi: “O‘tgan 
asrning 80-yillari o‘zbek tanqidchiligida badiiy tafakkurning ushbu ko‘rinishi 
mohiyatini tushunmaslikdanmi yoki tushunishni istamaganlikdanmi, “She’ringizni 
tushuntirib bersangiz”, “Shoir nima demoqchi, she’r nima deyapti” qabilidagi 
maqolalar yuzaga keldi. Ularda Rauf Parfi she’rlaridagi majoziy obrazlarni, 
ramzlarni G‘arbga taqlidchilikda, o‘ta murakkablik va mavhumlikda ayblash rasm 
bo‘ldi. Timsolli obrazlar sarbastdagi izlanishlarida yorqinroq tajassum topgani 
boisidanmi, ularni G‘arb she’riyatiga taqlidda ayblashdi. Vaholanki, she’rning bu 
shakli avvalgi ming yillikda muysafid Sharqning qadimiy bitiklaridayoq mavjud 
ekan. Ushbu hodisa, ayrim tanqidchilar aytgandek, G‘arb va Lotin Amerikasi 
adabiyotiga taqlidan emas, aksincha, estetik ta’sir samarasi o‘laroq yuzaga keldi. 
Shu boisdan ham shoir: o‘zimizning qadimiy yozuvlarimizda o‘zimizni qaytadan 
topdik, -deydi” [4, 98]. 
N.Rahimjonovning “Badiiy did va estetik saviya” bahs-maqolasi matbuotdagi 
bahslarga, aniqrog‘i, havaskor qalamkash M.Yo‘ldoshevning “Shoir nima 
demoqchi, she’r nima deyapti?” maqolasiga javoban yozilgan. “Kuni kecha 
“She’ringizni tushuntirib bersangiz” degan savol paydo bo‘lgan edi. “Shoir nima 
demoqchi, she’r nima deyapti” deya savolga tutilayapti” deb yozar ekan, munaqqid 
M.Yo‘ldoshevning fikri aniq maqsadga yo‘naltirilmaganligi, she’rning ma’nosini 
uqmagan o‘quvchi uni yozgan shoirni ham anglashi qiyinligini ta’kidlaydi. Haqli 
ravishda munaqqid bugun Rauf Parfi she’rlariga shu tariqa savollarni qo‘yayotgan 


419 
o‘quvchi Alisher Navoiy asarlarini qo‘liga olsa nima der ekan degan muammoli 
masalalarni o‘rtaga tashlaydi va bunday savollar bo‘lishining tub sabablarini 
izlashga kirishadi. “Hamma ayb she’riyat haqidagi tasavvur va tushunchalarning, 
estetik mezonlarning jo‘nlashib ketganida. Badiiyat mezonlarining nihoyatda 
siyqalashtirib yuborilganida... 
Sho‘ro mafkurasining she’riyatni xalqqa yaqinlashtirish, ommaviylashtirish 
uchun olib borgan siyosati salbiy oqibatlarga olib keldi. Uning saviyasi tushirib 
yuborildi”[4, 109]. Klassik adabiyot, Alisher Navoiy asarlarini tahlil qilib, olim 
eng muhimi, kitobxonning didini mumtoz she’riyatimiz saviyasiga ko‘tarish 
kerakligini uqtiradi. Munaqqid she’rxon kitobxonning shoir she’riyatiga qo‘ygan 
da’volarining asossiz ekanligini chuqur tahlillar orqali yoritadi. Ayniqsa, “Ona 
tilim” she’ri misolida shoirning so‘z tanlashi va “ularga zargarona sayqal berishi 
chinakam buyuk bir mehnat, betimsol san’at namunasi” ekanligini ochib beradi. 
U olis quyoshdir, kuyinib yozar, 
Olis esdalikdir, bo‘lmaydi ado. 
U qachon tug‘ilgan, bilmas payg‘ambar, 
U qachon so‘nadi, bilmaydi xudo. 
“Ona tilining nuroniy tarixi haqida bundan ham dardchil, bundan ham obrazli 
so‘zlash mumkinmi? 
Shoir “Ona tilim” she’rining fikriy qurilishini tubdan o‘zgartirib, uni uchta 
sonetga aylantirgan. Aytish zarurki, har bir sonet badiiy tafakkur ko‘lamining 
miqyoslari, hisssiy iste’dodi va ma’no mustaqilligiga ko‘ra tamomila yangi, 
original she’rlar”[5, 108]. 
Javob tarzida yozilgan bahs-maqola, eng avvalo, o‘zbek she’riyatida o‘ziga 
xos voqea sanalgan shoir ijodini turli, asossiz xurujlardan himoya qilishi, 
ikkinchidan, ijodkor she’rlarining o‘ziga xos talqinlarga boyligi bilan muhim 
ahamiyatga egadir.
Ko‘rinadiki, Rauf Parfi O‘zturk ijodi, she’riyati haqidagi bahslar shoirning 
o‘zigva xos uslubini yanada yorqinroq ko‘rsatishga xizmat qiladi. “Haqiqat 
bahslarda tug‘iladi” deganlaridek, shoir ijodi chuqur mazmun-mohiyatga egaligi, 
originalligi bahslarda yanada batafsil ochib berilganligi ko‘rinadi.O‘zbek 
she’riyatining yirik vakillaridan biri Rauf Parfi ijodini o‘rganish, turli qirralarini 
yoritish bugungi kunda ham davom etmoqda. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin