Keywords:
Composition, detail, character, discribtion of details, style,
detective novel, image, form.
Badiiy adabiyot – hayot ko‘zgusi. Uning tarkibiy qismida mavjud bo‘lgan va
yaratilayotgan asarlarning barchasi ma’lum bir vazifaga xizmat qiladi. Yozuvchi
o‘zi yaratayotgan asarni badiiy jihatdan yetuk bo‘lshi uchun kompоzitsion
vositalardan foydalanadi. “Adabiy asarni bir butun qilib ijod etishda, qismlarni,
voqealarni, o‘zaro bog‘lashda, qahramonlar harakat qiladigan sharoitni qayta hosil
qilishda yozuvchi turli-tuman yordamchi komp‘zitsion vositalardan foydalanadi.
Bunday kompozitsion vositalar jumlasiga lirik chekinish, kiritma voqea, badiiy
qoliplash, epigraf, portret, peyzaj, detal va boshqalar kiradi. Bu kompozitsion
vositalarning har biri albatta, badiiy asarda uchrashi shart emas. Agar portret,
peyzaj (manzara), lirik chekinish va detal (tafsil) adabiy asarlarda birmuncha ko‘p
uchrasa, boshqalari ko‘zga kamroq tashlanadi. Kompоzitsion vositalar asar
g‘oyasini ochishda muayyan rol o‘ynashiga ko‘ra o‘ziga xos mazmundorlikka ega
bo‘ladi”[1.91].
Yozuvchi ba’zan asarni bir kichik detal asosiga quradi. O‘sha detal asardagi
barcha voqealarni bog‘lab turuvchi, muallif maqsadini ta’kidlovchi vosita
vazifasini bajaradi. Detal (fr.tafsilot, mayda-chuyda) – badiiy detal; badiiy asarda
muayyan mazmun ifodalovchi, g‘oyaviy-badiiy yuk tashuvchi tafsilot. Detal badiiy
voqelikni yaratish vositasi-ashyosi bo‘lib, u tasvirlanayotgan narsa-hodisani
konkretlashtiradi, uni hissiy idrok qilish mumkin bo‘lgan tarzda gavlantiradi[2.88].
Buyuk yozuvchi Abdulla Qahhor “Qiziq detal, chiroyli parcha shu vaqtda asarning
qimmatini oshiradiki, shu qiziqarliligi, shu chiroyliligi bilan g‘oyanig tashviq
qilinishiga xizmat qilsa”, deydi. Detallar nihoyatda xilma-xil bo‘ladi. Detal
464
personaj yoki muallif nutqida, peyzaj, portret va boshqalar tasviri davomida
keltirilishi mumkin[1.102].
Shu o‘rinda O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekovning asarlarida
mvjud bo‘lgan badiiy detallar tahliliga nazar tashlasak. Yozuvchining “Soat”
hikoyasida ham otasidan qolgan qol soatini doim avaylab taqib yuradigan yigit
haqida hikoya qilinadi. Mazkur hikoyada soat detali orqali yozuvchi kitobxonga
oilaviy an’analarni, qadryatlarni hurmat qilishni, ularning yo‘q bo‘lib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik kerakligini uqtiradi.
Asarlardagi maishiy, tabiat bilan bog‘liq detallar real hayotning haqqoniy
chizgilarda ishonarli aks ettirishi bilan ahamiyatlidir. Ijodkor asardagi qahramonni
tasvirlash uchun unga oid zamon va makondagi detallarni to‘g‘ri tanlashi lozim.
Shundagina qahramonning fe’l-atvori aniq va ishonarli tasvirlanadi. “Har bir
adabiy asar kishilarning yashash sharoiti, xarakterlar, qahramonlarning ruhiyati va
ularning to‘xtovsiz o‘zgarib turishiga, rivojiga aloqador sanoqsiz badiiy tafsillar
yig‘indisidan iboratdir”[3.22].
Badiiy detal faqatgina o‘quvchiga kerakli ma’lumotni yetkazibgina
qolmaydi, balki qahramonning psixologik holati, tashqi qiyofasi haqida ham yetarli
tassavvur beradi. A.Qahhor tili bilan aytganda “Badiiy asarda detal pardoz emas,
husn bo‘lishi kerak. Aks holda tegirmonchining mahsisiga o‘xshab qoladi”[4.81].
“Fotima va Zuhra” romanida ham badiiy detallar asar mazmuni, voqealar
rivoji hamda obrazlar xarakterini ochishga xizmat qilgan. Ayniqsa, detektiv
ruhdagi asarlar uchun har bir detal qimmatli ahamiyatga ega. Shuning uchun ham
adib mazkur asarida qo‘llagan detallarning barchasi jinoyatlarni fosh etishga yo‘l
ochgan. Bundan tashqari, qahramonlarning xarakteri, psixologiyasi, ichki
dunyosiga ham ishora qilgan. Misol uchun, roman boshida qalamga olingan
“ko‘knori” detalini olaylik. “Shifokor” kolxozi yerlaridan topilgan ko‘knorilar
aslida shu kolxoz raisiga tegishli bo‘lib, yillar davomida asosiy daromad manbayi.
Shuningdek, rais Teshaboy Sultonovning toshdek yuragi, mol-dunyo va
mayishatga bo‘lgan xirsining bir belgisi ekanligiga ham ishora. Yozuvchi ko‘knori
detali oqali raisning butun bir jamiyatga xavf urug‘ini sochayotgani va yoshlarning
jismi, ongi va kelajagini zaharlayotganiga e’tibor qaratadi. O‘quvchi uchun esa bu
salbiy obraz psixologiyasi yorqinroq ochilib boradi.
Asradagi yana bir badiiy detal bu brilliant soatdir. “Bu oddiy soat emas,
brilliant soat. Juda qimmat. Manavini qarang. Usta Shahodat opaning qo‘lidan
ushlab, soat raqamlarini ko‘rsatdi. – Nuqtalarni ko‘ryapsizmi? Shu nuqtalarning
hammasi brilliant! O‘n ikkita brilliant. Har bir raqamning ustidagi nuqta brilliant.
Bunaqa soat magazinda bo‘lmaydi. Qanday tushuntirsam ekan? Soat to‘g‘ri
magazinniki. Ammo keyin menga o‘xshagan, mendan ham zo‘r usta raqamlarning
465
ustini teshib, hammasiga brilliant tosh qo‘yib chiqqan. Bu soat hozir kamida o‘n
ming so‘m turadi. Yuz so‘m emas”[5.217].
Bu maxsus soat kolxoz rais Sultonov tomonidan tuman madaniyat uyi
rahbari Shohida Luqmonovaga sovg‘a qilingan edi. Bu ikki qahramon o‘rtasida
ishqiy munosabatlar mavjud bo‘lib, oraga sovuqchilik tushganda Teshaboy aka
Odamboy yordamida Shohidadan qutiladi. Odamboy uni o‘ldirib, g‘orga tashlaydi.
Yaqinlari esa uni bedarak ketganidan kuyunib, iztirob chekadilar. Ma’lum vaqt
o‘tgach a’za ochadilar. Shohidaning onasi qizining buyumlari orasidan soatni topib
olib, uni qiymatini aniqlagach qalbida shubha uyg‘onadi va soatni qo‘shnisi,
militsiya mayori Qodirjon Aliyevga olib borib beradi. Sultonov xuddi shu soat
nusxasidan maktab bitiruvchisi Fotimaga ham hadiya etadi. Fotimaning fojeali
o‘limidan so‘ng bu soat ham militsiya qo‘liga tushadi. Va har ikki soatning egasi
bir inson ekanligi aniqlanadi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: nima uchun yozuvchi
aynan soatni tanlagan? Bu boshqa bir buyum, masalan, uzuk, baldoq, bilakuzuk va
hokazo bo‘lishi ham mumkin edi-ku? Ayni shu yerda adibning yana bir detal
yaratish mahorati ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, soat bu vaqtga ishora. Qancha vaqt
o‘tmasin haqiqat yuzaga chiqadi va adolat qaror topadi. Bu omonat dunyoda hech
kim, hech narsa abadiy emasligini kitobxonga isbotlab beradi. Qimmatbaho
brilliantlar esa vaqtning, inson umrining bebaholigi, uni hoyu-havas, nopok yo‘l
bilan topilgan o‘tkinchi mol-dunyo hamda chirkin odatlar bilan zavol ketgazmaslik
zarurligining belgisi sifatda qo‘llanilgan.
Xat detali. Fotima bezorilar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Sha’ni toptaldi.
U bu xo‘rliklarga dosh berolmay joniga qasd qilishga qaror qiladi va singlisi
Zuhraga vidolashuv xatini qoldiradi. Mazkur xatda uni o‘g‘irlab ketgan
yigitlarning tashqi ko‘rinishlari tasviri hamda o‘sha mudhish kunda Fotima olib
kelingan hovlida nogahon akasining ovozini ham eshitganini yozadi. Uni yolg‘iz
tashlab ketayotganidan, shunga majbur ekanidan o‘kinib, singlisidan kechirim
so‘raydi. Fotimaning xati orqali ko‘plab savollarga javob topiladi. Bizga ma’lumki,
jinoyat sodir etilganda shu ishga aloqador, gumondor shaxslarning mavjud
guvohlar ko‘rsatmasi, tasviri asosida fotorobotlari, ya’ni taxminiy ko‘rinishlari
yaratiladi. Fotimaning xatda yozgan yigitlarning tasviri haqidagi muhim
ma’lumotlari ham mazkur detektiv asarning jinoyatchi shaxslarining fotorobotlari
vazifasini o‘tab beradi. O‘lmas Umarbekov Fotimaning xatini asardagi voqealar
rivojiga ta’sir etuvchi eng muhim kompozitsion vosita sifatida to‘g‘ri va o‘rinli
tanlagan.
Asar bosh qahramoni Teshaboy Sultonov o‘zi uchun xavf soladigan
insonlarni yo‘q qilishga qaror qilganda sodiq odami Odamboyga murojaat qilar
edi. U esa Tepabog‘dagi dala hovliga olib boradigan yashirin so‘qmoqlar yonidagi
sharsharali tog‘ ichidan bir g‘orni topgan bo‘lib, imi-jimida hukmi o‘qilgan
466
insonlarni shu yerga “dafn” qilardi. Asar so‘ngida bu g‘or siri ham ochiladi. G‘or
detali orqal yozuvchi yillar davomida Sultonov va uning hamtovoqlarining qora
sirlarini berkitib kelishganiga ishora qiladi. G‘or juda go‘zal maskanda joylashgan,
lekin eng dahshatli fojealarga guvoh bo‘libgina qolmay, uni o‘z bag‘rida yashirib
yotibdi. Romanni o‘qiy boshlaganimizda Teshaboy Sultonov ham qo‘li ochiq,
saxiy, nochorlarga yordam beradigan, doimo xalq g‘amida yuradigan yaxshi inson
sifatida taassurot uyg‘otadi. Biroq u ham mana shu qop-qorong‘u g‘or kabi “soxta
go‘zallik” bilan pardozlangan. Asarni o‘qish mobaynida raisning eng yaxshi
insoniy fazilatlari ortida aslida yovuzlik bor ekanligiga amin bo‘lamiz. Bu yerda
O‘.Umarbekov obraz va detalning bir-biriga mutanosib holda tasvir etadi.
Qahramonning tasvirlash va o‘quvchiga yetkazib berishdagi g‘oyaviy-estetik
maqsadini to‘liq amalga oshiradi.
O‘.Umarbekovning mahorati shundaki, u oddiy bo‘lib ko‘ringan detallardan
katta haqiqatni ifodalash, asar g‘oyasini ochish uchun vosita sifatida foydalana
olgan. Adib foydalangan kompozitsion vosita – badiiy detal asarning har jihatdan
mukammal bo‘lishiga, g‘oyaviy mustahkam, ijodkorning ko‘zlagan maqsad va
vazifalarini to‘liqroq, yaqqolroq namoyon etishiga xizmat qilgan.
Dostları ilə paylaş: |