Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   431
Anjuman Boku (6)

Kim, avvali g‘am, so‘nggi 
fanodir
”) aks ettirishni maqsad qilib olgani yorqin aks etadi. Layli ishqini kuylash 
bir bahona, sabab, aslida shoir Layli misolida Haq vasfini kuylashni, Majnun tili 
bilan shoir o‘z dilidagilar - tasavvufda solik ruhiy kamolotining eng kamolotga 
yetgan maqomi faqru fano yo‘lini tasvirlab berishni niyat qilishini ta’kidlaydi: 
Tutsam talabi haqiqata rohi majoz, 


469 
Afsona bahonasila arz etsam roz. 
Layli sababila vasfin etsam og‘oz,
Majnun dili ila etsam izhori niyoz.[6,5]
Fuzuliy yaratgan Majnun Navoiy “Xamsa”sining ikki qahramoni Farhod va 
Majnun kabi tug‘ma iste’dodi ko‘ringan majzub solikdir. Majnun tug‘ma Haq 
jazbasi tekkan, Haq jamolini kuchli shavq bilan sog‘ingan solik timsoli. Layli esa - 
mazhar. Shoir endigina tug‘ilgan chaqaloqni “
Bir tifli muzakkaru muzakko. 
Xurshid kibi tifllikda komil”
deb ta’riflagan. Majnun dunyoga kelishi bilanoq “
Ey 
ishq, g‘aribi olam o‘ldim, Ovorai vodiyi g‘am o‘ldum
” deb dod soladi. Demak, 
ilohiy ishq unga jibilliy, g‘am vodiysi, ohu nolasi solik ruhining ilohiyotga 
erishayotganidan nishona. Fuzuliy bu holni “
ahli holga ma’lum
” bo‘lgan “
nusxai 
ishqning timsoli
” deya ta’kidlaydi. Ishq uni “
Kun - kundan edib kamol hosil, Ul 
mohi nav o‘ldi badri komil
”. Gʻam, dard, balo solikni Ruhi mutlaqqa 
yaqinlashtiradi. 
Sarmastda ixtiyot o‘lmaz, 
Madxushda e’tibor o‘lmaz. 
Jon o‘ldi g‘aming yo‘linda barbod, 
Tashvishi fanodin o‘ldim ozod
. [6,21]
Majnunning otasi Ka’bani tavof etsa, zora dardiga shifo topsa deb umid 
qiladi. Lekin Majnun “
Qil qobili saodati faqru fano mani
” deb iltijo qiladi. Ilojsiz 
qolgan ota o‘g‘lini qaytarib olib keladi va u yana sahroga chiqib ketadi. Oshiq va 
oshiqlikning bu xususiyatini tasavvuf nazariyotchilari “tafrid” (yolg‘izlanish) deb 
ataganlar. Oshiq shunday bir hol martabasini egallaydiki, o‘ziga o‘xshaganlar, 
yaqinlaridan bezor bo‘ladi, inson zotini yoqtirmaydi. U yakkalikni, yolg‘izlikni 
qo‘msaydi va sahroga chiqib ketadi. “Va jumladan hech kimga bo‘ysunmaydi, o‘z 
ruhini yolg‘iz tutishni xohlaydi va xalqdan uzlatga chekinadi”. [4, 132]
Yolg‘izlanish dilning Haqqa yuzlanishi uchun imkon yaratadi, Yor yodini fikrdan 
quvadigan ag‘yorlardan xalos etadi.
Majnun o‘n yoshga to‘lganida “
ta’limi uluma yetti navbat
”. Bu o‘rinda 
tariqat boqichini bosib o‘tib ma’rifat bosqichiga yetgan solik tasvirlanadi. Fuzuliy 
Alisher Navoiy kabi Majnunning ilm egallash holatini batafsil yoritmaydi, balki 
Layli portretini berib, “
Qays oni ko‘rib halok o‘ldi, Ming shavq ila dardnok o‘ldi
” 
deydi. Shoir Laylining go‘zal portretini chizish bilan Husni mutlaqning ta’rifini 
keltirganki, Layliga boqib Majnun (“
Bir ko‘zguya gar ochib ko‘zini, Ko‘zguda 
ko‘rardi o‘z-o‘zini
”) o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rganday bo‘ldi. Bu bilan shoir 
so‘fiyona ma’no: fanoga yetgan solik ruhida Iloh sifatlarining mujassam 
etganligini ta’kidlaydi.
Xuddi shu holatni Fuzuliy dostondagi “Bu sifti Majnundir va ibtidoi mehnati 
fuzundir” bobini yaratishda fano nazariyasining asoschisi Boyazid Bistomiy 


470 
hayotini aks ettirgan “
Hikoyat qiladilarki, “bir kishi shayx Boyazid uyi oldiga 
keldiyu uni chaqirdi. Ichkaridan shayxning ovozi eshitildi: “Kimni 
axtarayapsan?” Dedi: “Boyazidni”. Dedi: “Uyda Xudodan tashqari hech kim 
yo‘q”
[1,128] hikoyatga hamohang misralarni yaratganki, bu holat solikning 
fanoga yetish jarayonining badiiy talqinini beradi:
Ul iki sumanbaru sahi qad, 
Bir-birina o‘ldilar muqayyad. 
Ul ikki xarobi bodai zavq, 
Bir jomdan ichdilar mayi shavq. 
Girdobi baloya o‘ldilar g‘arq, 
Qolmadi arolarinda bir farq. 
Avzoi muxolif o‘ldi yakson, 
Go‘yo ikki tanda edi bir jon, 
Har kim so‘rar o‘lsa Qaysa bir roz, 
Laylidan anga yetardi ovoz. 
Kim Layliya qilsa bir xitobi
Qays edi anga veran javobi. [6,25] 
Yoki Ibn Salom vafot etib Layli uyiga qaytadi va Majnunga yor bo‘lish 
uchun uni izlab sahroga boradi. Lekin Majnunning hushi o‘zida emas, endi unga 
Layli kerak emas edi. Chunki Layli uning uchun xayoliy timsolga aylanib bo‘lgan 
edi.
Fano maqomi solikning Haq bilan birlik hosil qilishini ham talab etadi. 
Tasavvuf ta’limotida olam yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, hayvonlar, qushlar, 
kapalaklar va boshqa jami narsalar xudoning zuhurotidan iborat. Ularning birlik 
rishtasini ijrok etish va ular bilan o‘z xilqati vahdatini ta’minlash solikning 
yuksalishiga omil bo‘ladi. Shuning uchun ham Fuzuliy dostonining “Bu shukufai 
gulzori tavhiddur va navbavai bo‘stoni tamjiddur” deb nomlangan bobida ana shu 
o‘zak masala o‘ziga xos talqinlarda zikr etiladi: 
Ey mabdai fayzi ofarinish,
Sandin ravshan chirog‘i binish! 
Ey pardai mosivo niqobing, 
Sandin o‘zga saning niqobing! 
Ey sirri vujudingamri ma’lum, 
Mavjud hamin san, o‘zga ma’dum! [6,6] 
Haqning vohidiyati Majnunga o‘zini kashf etishga asos bo‘ladi. Borliq, 
barcha go‘zalliklar va eng yuksak aql-tamiz faqat Allohda va Undangina yog‘ilishi, 
uning asllarning asli, o‘zaklarning o‘zagi ekanligi; faqat u hamisha borligi, yakka-
yagona ekanligi so‘fiyni hayratga soladi. Bu hayrat shunchalik kuchliki, endi uning 
aqlida, ko‘nglida va ko‘zida faqat Haq jilvalanadi va o‘sha jilvadan hayratlanish 


471 
barqaror qoladi. Shu hayrat manbai uchun u hamma narsadan: boylik, davlat, 
kishilar o‘ziligidan voz kechib “fano filloh”ga erishadi.
Fuzuliyning mahorati 
shundaki, ulug‘ san’atkor ishq-muhabbat, tavhid tushunchalarini nihoyatda yuksak 
baholab, uni makon va zamondan ajratib olgan holda emas, balki shu hayot 
bag‘rida tug‘ilib, o‘sib yashayotgan inson atrofidagi tabiat, voqea va hodisalarga 
bog‘lab, ular o‘rtasidagi qonuniy va mantiqiy aloqalarni tushungan holda 
tasvirlaydi. 
Tasavvufda fano bilan birgalikda baqo tushunchasi ham mavjudki, Fuzuliy 
mana shu fano va baqoning badiiy talqinini bera olgan. Baqo, ya’ni abadiy birlikni 
faqat birlik, o‘lim vositasida tasvirlash mumkin bo‘ladi. Boshqa hech qanday 
holatda ularning birligini isbotlash mumkin emas. Laylining o‘limi, Majnunning 
Layli qabriga borib o‘sha yerda vafot etishida tasavvufdagi vahdat ul-vujud 
tushunchasi o‘z aksini topgan. Dostondagi Layli va Majnunning vafotidan keyin 
Zaydning ko‘rgan tushi, ya’ni ikki sevishganning jannnatda birga yurishi tasviri 
baqoga yetgan solik, yoki kasratdan vahdatga yetgan solikning badiiy talqini. 
Fuzuliy Layli vafot etgan paytda Majnun tilidan aytilgan bir g‘azalni 
keltiradiki, shoirning fano, baqo, vahadt ul-vujud xususidagi fikrlari yaqqol ko‘zga 
tashlanadi:
Bu olamkim, ko‘ngul, qaydin chekarsan mehnatu g‘amdir, 
Fano sarmanzilin sayr aylakim, bir xushcha olamdir. 

Ongub tanholig‘i qabr ichra nafrat qilma o‘lmakdan, 
Tariyqi uns tutkim, har hovuch tuproq bir odamdur. 
 
Dagil mahkam jahon mulkinda har bunyodkim qilsang, 
Baqo mulkinda tut manzilkim, ul bunyod mahkamdur. 
 
Ajal oloyishi xavfu xatardan qurtorar nafsi, 
Bu javhar kimiyoyi nafsa bir iksiri a’zamdur. 
 
Kamoli ishqi inson mavt ilandur rohi hikmatda, 
Bale, mujro qilan hukmin misolin naqshi xotamdur. 
 
Bahor ayyomi kirsang lolazora xok ajzosin, 
Muhaqqar ko‘rmakim, har zarra bir jom ila bir jamdur. 
 
Asiri nafsdur ahli jahon bilmaz fano qadrin, 
Fuzuliy, tark tajridi sanga onjaq musallamdur. 
[6,171] 


472 
Gʻazalning birinchi baytida bu olam mehnat va g‘amdan iborat ekanligi, 
fano xush manzil, agar abadiylik istasang baqo mulkini mahkam tutish lozimligi, 
ajal, ishq kimyo, unda hikmat ko‘pligi, albatta, solikni fano va baqoga yetkazuvchi 
vositalar ekanligi ta’kidlanadi. Gʻazal maqta’sida shoir o‘ziga murojaat qilib, 
nafsga asir jahon ahli fano qadrini bilmaydi, sen uchun vahdat ul-vujud yagona 
maqsad bo‘lib qolsin, deb ta’kidlaydi. Bu g‘azal butun doston g‘oyasini yoritib 
berishga xizmat qilgan. 
Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostoni dunyoviylik bilan birga tasavvufiy 
doston bo‘lib, unda shoir mohirlik bilan fano va baqoni maqsad qilgan solikni 
Majnun, Ruhi Mutlaqni Layli timsolida yarata oldi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin