Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ədəbiyyat: 
1. 
https://en.wikipedia.org/wiki/Zeb-un-Nissa
 
2. 
http://islamosfera.ru/skrytaya-poetessa-tragicheskaya-sudba-princessy-mogolov/
 


477 
3.
https://www.ziyouz.uz/ru/poeziya/uzbekskaya-klassicheskaya-literatura/229--
1639-1702
 
MATNAZAR ABDULHAKIM IJODIDA ADABIY SUHBATLAR 
Hulkar G‘AIPOVA,
Urganch davlat universiteti
katta o‘qituvchisi, PhD. 
 
Annotatsiya. 
Maqolada M.Abdulhakim bilan M.Abdullaeva va taniqli 
jurnalist Ro‘zimboy Hasanning SHarqning mashhur shoir va allomalari ijodiga 
bag‘ishlangan uchta suhbati savol-javob tarzidagi muloqoti o‘rin olgan bo‘lib,
ularda asosiy o‘rinni publitsistning Pahlavon Mahmud va Ogahiy haqidagi 
qarashlari yoritilgan. 
Tayanch so‘z va tushunchalar: 
publitsistika, adabiy-publitsistik 
suhbatlari, suhbatdosh, Matnazar Abdulhakim, Ogahiy, Pahlavon Mahmud, 
Xorazm, she’riyat, dialog, jurnalist. 
 
Аннотация
. Статя содержит три диалога вопросов и ответов 
М.Абдулхакима, М.Абдуллаевой и известного журналиста Розимбоя Хасана 
о произведениях известных поэтов и уchёных Востока, в которых 
освещаются взгляды публициста на Пахлавана Махмуда и Агахи. 
 
Клюchевые слова и понятия: 
публитсистика, литературно-
публитсистиchеские беседы, собеседник, Матназар Абдулхаким, Агахи, 
Пахлаван Махмуд, Хорезм, поезия, диалог, журналист. 
Annotation.
Three conversations including the work of popular poets and 
scientists of East between M.Abdulhakim, M.Abdullayeva and famous journalist 
Rozimboy Hasan are written in this article, mainly, writer's views about Pahlavon 
Makhmud and Ogahiy are highlighted . 
Key words and concepts: 
journalism, literary-journalistic conversations, 
interlocutor, Matnazar Abdulhakim, Ogahi, Pahlavon Mahmud, Khorezm, poetry, 
dialogue, journalist. 
XX asr oxiri va XXI asr boshidagi o‘zbek adabiyoti takomiliga munosib 
hissa qo‘shgan shoirlardan biri Matnazar Abdulhakimdir (1948-2010). U serqirra 
ijod sohibi bo‘lib, adabiy jamoatchilikka talantli shoir, mohir tarjimon va iste’dodli 
publitsist - tadqiqotchi sifatida tanildi. SHoir ijodiy merosi mavzu, janr va uslub 
jihatdan rang-barang, tasvir va ifoda jihatdan jozibali, o‘ziga xos ijod namunasidir. 
Bu noyob badiiy-ilmiy meros silsilasida original va tarjima she’riyatidan tashqari 
publitsistika namunalarida ham muhim o‘rin tutadi. 
Matnazar Abdulhakim publitsistikasida adabiy suhbat janrining ham 
mukammal namunalari mavjud. Ma’lumki, suhbat publitsistika va 
adabiyotshunoslikka daxldor bo‘lib, birinchisida tezkor axborot bayoniga 
asoslanuvchi tahliliy uslub etakchi bo‘lsa, ikkinchisida adabiy ijod, badiiyat 


478 
xususiyatlari, umuman so‘z san’ati muammolariga munosabat ifodasi ustunlik 
qiladi. Muhimi shundaki, shoir publitsistikasidagi suhbatlar obrazli tafakkur, 
poetik mushohada bilan yo‘g‘rilgan, badiiy-estetik va falsafiy qarashlar qorishiq 
holda namoyon bo‘lishi bois ular adabiy suhbat janri tamoyillarini aks ettiradi. 
Shu bilan birga “suhbatni o‘qiganda, u yangidan voqe bo‘layotgandek, jarayon 
ko‘z oldimizda qayta jonlanayotgandek taassurot qoldiradi”. [6, 312]
Adabiy suhbat, odatdagidek, ikki yoki undan ortiq shaxsning muloqoti, 
erkin fikr olishuviga asoslanib, muayyan maqsadga qaratiladi. Adabiyotshunos 
Sh.Ahmedova suhbat adabiy tanqidning alohida bir janri ekanini ta’kidlar ekan 
“muloqotda suhbatdoshlarning adabiyot haqidagi qarashlari, fikrlashlari, badiiy va 
ilmiy tafakkur tarzi, adabiy jarayonga, badiiy asarga munosabati, estetik aqidalari 
yorqin namoyon bo‘ldi”[5, 388], - deb yozadi. Bu xususiyatlar M.Abdulhakim 
adabiy suhbatlarini ham xarakterlaydi: Uning suhbat damlarini kasbga nisbatan 
ikki guruhga ajratish mumkin: 
1)
Shoiralar Go‘zal Begim, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi 
Munojaat Abdullaeva, Nasiba Yusupova;
2)
Ijodkor jurnalistlar Ro‘zimboy Hasan, Norqobil Jalil, Erpo‘lat Baxt va 
boshqalarning adabiy suhbatlari.
Turli vaqt va hajmdagi ushbu suhbatlar matnlari M.Abdulhakimning 
“Mangulik jamoli”, “Tafakkur Chorrahalarida” kitoblaridan, shuningdek, 
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Turkiston”, “Ma’rifat”, “Mohiyat”, “Hayot” 
kabi Respublika gazetalaridan joy olgan, televedeniya dasturlarida saqlanib 
qolgan. Suhbatlar M. Abdulhakimning shoir, publitsist, tarjimon sifatidagi 
faoliyat qirralari va qarashlarini aks ettiradi. Ularda ko‘tarilgan masalalar asosan 
quyidagilardir:
1)
Muallifning poetik ijod tabiati, so‘z, she’r va shoirlik maqomlari 
xususidagi qarashlari;
2)
Umar Hayyom, Pahlavon Mahmud, Ogahiy va boshqa mumtoz shoirlar 
ijodi hamda ularning qadimgi yunon faylasuflari bilan mushtarak jihatlari; 
3)
Badiiy tarjima, xususan, forsiy tildan tarjimalariga doir fikrlari.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Matnazar Abdulhakim ijodini yorituvchi 
adabiy suhbatlar asosini erkin tarzda tanlangan 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin