479
masalaga doir shaxsiy fikri, mustaqil nuqtai nazari ham bayon etilgan;
3) Suhbatdoshlarni erkin tarzda tanlangan
savollar asosidagi muloqoti
beg‘araz bahs va e’tirozli mulohazalarga ham muayyan o‘rin berilgan.
Xorazm adabiy muhitiga daxldor savolda she’riyatning mahalliy va global
xususiyati haqidagi shoir qarashlarini bilish maqsadi qo‘yilgan. Javob
odatdagidek; aniq, publitsistik va obrazli ifodalanadi: “She’riyat yaxshi ma’noda
hamisha mahalliydir,
bir uyada kamol topib, ming-minglab ko‘ngil oshyonlariga
parvoz qilayotgan qushlar galasini eslatadi. Xorazm hududidan etishib chiqqan va
chiqayotgan shoirlar ham bundan mustasno emas. She’riyat o‘zining ma’naviy
ahamiyati nuqtai nazaridan har bir ma’vo ham, kosmopolitizmdan ham yuksak
sinoat, tomirlari tuproqqa teranlashib, novdalari
osmonga yuksalayotgan
daraxtdir”.
Suhbatdosh ushbu fikrlarga qo‘shilgan holda shoirning umuman asl
she’riyat nimalarda ekani to‘g‘risidagi mulohazalariga ham qiziqadi. Bu
xususdagi javobda yuqoridagi qarashlar yanada to‘ldiriladi va chuqurlashtiriladi:
“She’riyatdagi asllik bu- til va tafakkurning betakror mutanosibligidir.
Xorazm zamini she’riyatining ham, boshqa o‘lkalarning she’riyati kabi, mevalari
qanchadan-qancha hududlarga etib borgandir. Biroq, ildizlari,
daraxti
Xorazmning o‘zida va o‘zidan”.
Muhimi shundaki, M.Abdulhakim suhbatdoshining fikrlariga befarq emas:
Ular to‘g‘ri yoxud baxsli bo‘lishidan qat’iy nazar har biriga muayyan munosabat
bildiradi. Eng ma’qul hisoblagan qarashlarini qadrlagan holda munozarali,
noto‘g‘ri mulohazalarini to‘ldirishga yoki rad etishga harakat qiladi.
Jumladan,
“she’r –bu yurakda paydo bo‘ladigan nomai muhtaramdir. Shoir o‘z ruhiy
olamiga qancha ko‘p yaqinlashsa, u ruhiyatning poktomon farzandiga o‘z
ko‘nglidan shunchalar ko‘p joy beradi. Ruhiy kechinmalar
dunyosi hali kashf
etilmagan olamlardan biridir”,- degan sub’ektiv fikrni u “asarlarda, ular xoh
badiiy, xih ilmiy bo‘lsin, inson ruhining hatto bitta qirrasi ham o‘zining bir-biriga
hech qachon o‘xshab ketmaydigan jilolarini topadi”,-tarzida davom ettirib,
quvvatlaydi.
Tabiiyki, suhbatdoshi qarashlarida ba’zi ziddiyatli jihatlar ham uchraydi.
Bunday holatda M.Abdulhakimning bilimdonligi namoyon bo‘lib,
u sherigi
tushunchasidagi noqisliklarga aniqlik kiritishga intiladi. Masalan, g‘oya va
g‘oyaparastlik haqidagi savoliga javobida ta’kidlaydiki, “g‘oyaparastlik” va
“g‘oyaviylik” boshqa-boshqa tushunchalardir. She’riyatda hamisha g‘oya
bo‘lgan. Bu g‘oyani nomi go‘zal so‘z vositasida tarbiya topadigan insoniy
Dostları ilə paylaş: