Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   431
Anjuman Boku (6)

Клюchевые слова:
литературная среда, творchеская традиция, 
драматургия, образ, символ, трагедия, прозаиchеский перевод, обновление 
традиции. 
Annotation: 
This article tells about the translation skills of Abdulhamid 
Suleiman oglu Chulpan, a great representative of the Jadid literature. Chulpan 
deeply studied the masterpieces of world literature, inspired by them, created his 
works. The article deals with one of the works translated by Chulpan, "Hamlet" by 
the English writer Shakespeare.
 
Key words:
literary environment, creative tradition, dramaturgy, image, 
symbol, tragedy, prose translation, renewal of tradition. 
XX asr boshida Turkistonda madaniy sohaning hamma jabhalarida 
yangilanish avj oldi. Bu yerda teatr san'atining oyoqqa bosishi birinchi galda jadid 
ziyolilarning sa'y-harakatlari bilan amalga oshirila boshladi. Jumladan, Cho‘lpon 
tomonidan jahon mumtoz dramaturgiyasidan qilingan tarjimalar o‘zbek teatri 
rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Ikkinchi tomondan, bu tarjimalar shoir 
badiiy mahoratining oshishida ham katta maktab bo‘lib xizmat qildi. Buni 
U.Shekpir qalamiga mansub “Hamlet” tragediyasi tarjimasi yaqqol namoyon etadi. 
Uchinchi tomondan Cho‘lpon tarjimalar qilishga majbur bo‘lgan ham deyishimiz 
mumkin. Sababi uning ijodi o‘z davrida qattiq tanqidga uchradi. Shoir tanqidlardan 
charchadi. Bu fikrimizni cho‘lponshunos olim, professor D.Quronovning quyidagi 
fikrlari ham tasdiqlaydi: “Cho‘lponning ijodiy faoliyati, ma'lumki, ijod erkinligi 
bo‘g‘ilgan davrlarga to‘g‘ri keladi. Bu esa adib oldiga qator ijodiy muammolarni 
hal qilish, g‘oyaviy-badiiy niyat ijrosi uchun o‘zgacharoq yo‘llarni izlash zaruratini 
qo‘ydi” [5.3]. Olim ta'kidlaganlaridek, “o‘zgacharoq yo‘l” bu tarjima edi. Shoir 
tarjimalari ham salmoqlidir. Quyida biz “Hamlet” tragediyasi tarjimasi haqida so‘z 
yuritamiz. 
Tarjimon bu asarni, taxmin qilish mumkinki, M.Uyg‘ur tavsiyasi bilan 
tarjima qilgan. “Birinchi san'at nishondori o‘rtoq Uyg‘urga” nomli she'rida bunga 
ishoralar bor: “Turkiston tabibi” o‘ynalar ekan, Sahnamiz “Hamlet”ga yetadi!” – 
derding. Yoki: “Elni sevintirib qanday porladi, Eng buyuk asari V.Shekspirning”. 
Ma'lumki, U.Shekspir tomonidan “Hamlet” tragediyasi boshqa ko‘plab 
tragediyalari qatori she'riy yo‘lda yozilgan. Cho‘lpongacha rus tiliga qilingan 


484 
tarjimalar (ular 20 ga yaqin)ning ba'zilari she'riy va ba'zilari nasriy yo‘lda amalga 
oshirilgan. Masalan, Nikolay Ketcher, A.M.Danilevskiy, Pavel Kanshin 
kabilarning tarjimalari nasriy bo‘lsa, Pyotr Gnedich, Dmitriy Averkiev, Nikolay 
Rossov, Mixail Lozinskiy, Anna Radlova va Boris Pasternak kabilar she'riy yoki 
nazm-nasr yo‘lidagi tarjimalarni amalga oshirganlar. Kuzatuvimizdan ma'lum 
bo‘lishicha, Cho‘lpon ularning hammasi bilan tanishib chiqqan. U “shekspirshunos 
yevgeniy Lanning maslahati bilan asarning P.Kanshin tomonidan qilingan nasriy 
tarjimasini asos qilib oladi. Ayni paytda shu tarjimani ye.Lan yordamida inglizcha 
asliyat bilan qiyoslab o‘rganadi”. Asarning nasriy tarjima qilinishida o‘zbek 
tomoshabinlarining o‘sha davrdagi didi va saviyasi ham hisobga olingan bo‘lsa 
kerak. 
Cho‘lpon tarjimasi nasriy bo‘lsa-da, xuddi she'r kabi o‘qiladi. Jumlalarda 
tasvir vositalari shu qadar ko‘pki, ular she'riy misralardan farq qilmaydi. Asarning 
istalgan joyidan bunga misol keltirish mumkin. Tarjimaning uchinchi parda 
to‘rtinchi ko‘rinishidan bir parcha, Hamlet va uning onasi Qirolicha mubohasasini 
kuzatamiz: 
Qirolicha: Oh, bas qil, Hamlet! Sen meni o‘z ko‘nglimning chuqur joylariga 
ko‘z tashlashga majbur qilding va men unda shunday qora dog‘larni 
ko‘rayotirmanki, dunyoda hyech narsa bilan ularni yuvib bo‘lmaydi! 
Hamlet: Shu dog‘larni ko‘rib turib ham jirkan og‘ilda yashab, iflos 
yotoqning sassiq bo‘ylarini hidlab va bir arava go‘ng ustida muhabbat 
nash'alarini surishda davom etmak. Hamda... 
Qirolicha: Bas, endi bir og‘iz ham gapirma! So‘zlaring yuragimga xuddi 
xanjarday botmoqda. Bas endi, sevimli Hamlet! 
Hamlet: (davom ettirib) Hamda burungi eringning bir harom tukiga 
arzimaydigan qotil va yirtqich bir maxluqning qo‘ynida! Qirolning emas, odam 
bolasining nuqul aybini ko‘rsatadigan bir masxaraboz qo‘ynida! Podshohliqni va 
hukumatni kasb qilib olgan, tokchadagi qimmatbaho toshni o‘g‘irlab cho‘ntagiga 
berkitgan kissavur qo‘ynida... 
Qirolicha: Bas! 
Hamlet: (davom etib) Qiyqimlardan va latta-puttalardan yasolg‘an qirol 
qo‘ynida!.. 
Xuddi shu parcha B.Pasternak tomonidan rus tiliga tubandagicha tarjima 
qilingan: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin