487
she'rlari Shekspir jo‘shqinligi bilan to‘ladir. Cho‘lpon oq ko‘ngilligi Shekspir
samimiyligidan o‘tadir” [2.15].
Adabiyotshunos
olim
Ozod
Sharafiddinov
shoirning
millat
va
umuminsoniyat oldidagi buyuk xizmatlarini quyidagicha tariflagan edi: “Cho‘lpon
haqiqiy baynalmilalchi edi. Ayni choqda baynalmilalchilik unga buyuk
millatparast bo‘lishga xalaqit bergan emas. Aksincha, Cho‘lpon tabiatidagi bu ikki
jihat bir-birini taqozo etgan, bir-biriga tayangan, bir-birini to‘ldirgan. Cho‘lpon o‘z
xalqini juda sevar edi, chunki uning bugunini ham, o‘tmishini ham juda yaxshi
bilardi. Cho‘lpon dunyodagi bironta xalqni kamsitmagan holda o‘zbek xalqini boy
tarix yaratgan, dunyoga buyuk san'atkorlar, shoirlar, olimlar, mutafakkirlar
yetkazib bergan xalq deb bilardi” [3.82].
Xulosa qilib aytish mumkinki, jahon adabiyoti tajribalarini milliy
andazalarga moslay bilgani Cho‘lpon she'riyatidagi poetik mazmun
yangilanishining yana bir muhim badiiy-estetik omilidir. “Cho‘lpon XX asrda
Turkistonda shakllangan va taraqqiy etgan jadidchilik harakati namoyandalari biri
sifatida milliy adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirdi”.[4.65] Shoirning “Hamlet”
tarjimasi orqali Shekspir poetik mahoratidan saboq oldi.
Falsafiy mushohada,
mavjud narsa-hodisalardan poetik obraz yaratish va she'r shaklini ma'lum
qonuniyatlardan chiqmagan holda yangilash kabi xususiyatlarni Robindronath
Thakurdan o‘rgandi. Cho‘lpon rus adabiyoti klassiklaridan A.S.Pushkin,
N.V.Gogol, I.S.Turgenev, Ivan Franko, A.P.Chexov, L.Andreev, A.M.Gorkiy,
A.Blok, A.Serafimovich va I.A.Krilov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali
bu adabiyotning ta'sirchan usullarini egallab oldi. Shoir ijodida u tarjima qilmagan
ko‘pgina ijodkorlar asarlarining ham ta'siri kuzatiladi. Nomiq Kamoldan Ali
Sayfiygacha bo‘lgan usmonli turk ijodkorlari asarlarini mutolaa qildi. Yangi
she'riy shakllar borasida Rizo Tavfiqqa murojaat qildi. Yahyo Kamol tajribasidan
saboqlar oldi. Eronlik shoir Abulqosim Lohutiydan, Lu Szin Van va Vey In Yu
kabi xitoy shoirlaridan tarjimalar qildi, tajriba o‘rgandi. Cho‘lpon she'riyatidagi
yangilanish va yuksalishning asosiy sabablaridan biri aynan shu ekani aniq. Shoir
dunyoqarashining kengligi jahonda kechayotgan voqyealarni chuqur tahlil etganida
va ulardan ozodlik motivlarini ko‘plab topa olganida ko‘rinadi. Shoir tarjima
qilgan “Hamlet” asaridan hayratga tushadi va ijodining o‘sishida sabab bo‘lgan
asarlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U Shekspir asarlaridan ilhomlandi va
yangicha tafakkur hosil qildi.
Dostları ilə paylaş: