Adabiyotlar:
1.
Yoqubov O. So‘z. Birinchi kitob. – Toshkent: “SHARQ” nashriyoti-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati.
2.
Ҳамид Ғулом. Машраб. Роман // “Шарқ юлдузи” журн., 1981 йил 1-сон.
3.
Shuhrat. Tanlangan asarlar. – Toshkent: “SHARQ” nashriyoti matbaa
aksiyadorlik kompaniyasining Bosh tahririyati, 2018.
4.
Begmatov X. Devona Mashrab. Roman. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti –
matbaa aksiadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2005.
5.
Ҳамид Ғулом. Машраб. Роман // “Шарқ юлдузи” журн., 1981 йил 2-сон.
6.
Ҳамид Ғулом. Машраб. Роман // “Шарқ юлдузи” журн., 1981 йил 3-сон.
7.
Мирвалиев С. Абдулла Қодирий. – Тошкент: Фан, 2004.
XX ASR TURKIY XALQLAR ADABIYOTIDA GʻOZI YUNUS
SHE’RIYATINING TUTGAN O‘RNI
Muslimbek ALIJONOV
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
katta ilmiy hodimi
(O‘zbekiston)
Annotasiya.
Ushbu maqolada jadidchilik harakatining vakillaridan biri Gʻozi
Yunusning XX asr turkiy xalqlar adabiyotida tutgan o‘rni tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Gʻozi Yunus, Turkiston, Turon, jadidchilik, Abdurauf Fitrat,
Abduloloh Shoshiy.
Аннотация
. В данной статье анализируется роль Гази Юнуса, одного из
представителей джадидистского движения, в литературе тюркских народов
ХХ века.
Ключевые слова:
Гази Юнус, Туркестан, Туран, жадидизм, Абдурауф
Фитрат, Абдулла Шоши.
Annotation
. This article analyzes the role of Gazi Yunus, one of the
representatives of the Jadid movement, in the literature of the Turkic peoples of the
20th century.
Key words:
Gazi Yunus, Turkestan, Turan, Jadidism, Abdurauf Fitrat,
Abdullah Shoshi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida jadidchilik harakatining vakillari bo‘lmish
deyarli barcha taraqqiyparvarlar Turkiston xalqlarining ong va tafakkurini
494
yangilash va yuksaltirish uchun adabiyotdan mohirona tarzda foydalangan,
adabiyotga millatning ma’naviy ehtiyojini qondiruvchi eng muhim vosita sifatida
e’tibor qaratgan. Gʻozi Yunus ham (1887-1942) o‘z she’riyati orqali Turkistonning
azaliy va dolzarb muammolarini matbuot sahifalariga olib chiqdi.
Jadid taraqqiyparvari Gʻozi Yunusning (1887-1942) she’riyati o‘zining
xalqchilligi, o‘tkir til va mazmun-mohiyatga ega bo‘lganligi bilan XX asr
she’riyatidan tubdan farqlanib turadi. Gʻozi Yunus o‘zining davriy matbuot
sahifalarida chop etilgan she’rlari orqali jamiyatdagi ijtimoiy siyosiy muammolarni
tanqid qilib, insonlarni ushbu muammolar bilan kurashga da’vat qildi. Adib
o‘zining “Eski maktablar haqinda”, “Qalamg‘a xitob”, “Poraxo‘r tilidan”,
“Bo‘lsam edi”, “Poyezdda ko‘r”, “Bir munofiq tilidan”, “Topar cho‘pchaklar”,
“Yosh savdogar tilidan”, “Ustolparastlik maslagi” va boshqa shu kabi ko‘plab
she’rlari orqali jamiyatdagi ijtimoiy siyosiy muammolarni bazan achchiq til
vositasida tanqid qildi, bazan esa hajv ostiga oldi. Shu manoda shoir, adib,
publisist va mohir dramaturg Gʻozi Yunus she’riyatini tahlil qilish, XX asr boshida
Turkistondagi ijtimoiy siyosiy holatni ochib berish borasida dolzarb ahamiyat kasb
etadi.
Gʻozi Yunusning she’riyatidagi mavzular xilma hil shaklga ega bo‘lib,
unda XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy siyosiy muammolarning deyarli
barcha jihatlari qamrab olingan. Adib eng avvalo taraqqiyparvar shaxs sifatida
xalqni ilmu ma’rifatga chaqirib, jadidlar tomonidan ochilayotgan yangi usul
maktablarida millat bolalarini o‘qitishga da’vat etdi. Jumladan u o‘zining “Eski
maktablar haqinda” nomli she’rida ushbu zaruratni eng birinchi darajada hal
etilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri deb bildi. Jumladan Gʻozi Yunus ushbu
she’rida:
“Ko‘z oching Turon eli, biz ilmsiz pomolmiz
Ish agar bu yo‘lda ketsa ne bo‘lur ahvolimiz
Yangi maktablar ochildi bizga lozimdur o‘qish
Ilm olsaq yaxshi bo‘lg‘ay bizning ham af’olimiz” deb yozdi [4, 2.
Gap shundagi XX asr boshlariga kelib Turkiston va Buxoroda ko‘plab jadid
maktablari ochila boshladi. Biroq bazi bir mahalliy mutaassib dindor qatlam
vakillarining noto‘g‘ri tashviqotlari sabab xalq o‘z bolalarini yangi maktablarga
berishga shoshilmadi, aniqrog‘i qo‘rqdi. Birgina Buxoroda jadidchilik harakatining
nihoyatda qiyinchilik bilan rivojlanganligiga misolni Abdurauf Fitratning
“Johilona taassubg‘a misol” maqolasida ko‘rishimiz mumkin. Fitrat o‘zining ushbu
maqolasida XX asr boshidagi Buxoroning usuli jadidga bo‘lgan munosabati ochiq
oydin tarzda yozadi va o‘taketgan mutaassiblik va ko‘r ko‘rona qarshilikdan
chuqur taassubga tushadi. Fitrat ushbu maqolasida: “Buxoro shaxrining
o‘ramlariyna ushbu mazmunda bir e’lon yopishdirilg‘on edi: “Yangi chiqg‘on
495
jadidlar, bolalarimizning e’tiqodlarini buzarlar, munlar huzurlarida hech kim
bolasini o‘qutmasun, o‘qusa shul kishini o‘ldirajakmiz. Boshqa mamlakatlarda
bunday manosi, imlosi buzuq, ahmoqliq alomati bo‘lg‘on e’lonlar, yozuvlarning
ahamiyati bo‘lmasada, Buxoro kabik o‘runda afkor umumiyaьning mundan
mutaassir bo‘luvi mumkin. Shul sababli bunday johilona taassubg‘a qarshu iltifot
etmiy qoluv bizning uchun mumkin emas” deb qayd etdi [2, 3].
Turkistonda ham Buxoroda bo‘lgani kabi jadid-qadim munozaralari, xususan
jadidlar va qadimchilar o‘rtasida yangi usul maktablari borasida bir-birlariga
nisbatan dushmanona muhit hukmron edi. “Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914-
yil 23-may kungi sonida chop etilgan “Jadid va qadim nedur?” maqolasi
so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Maqola muallifi Abdulloh ash-Shoshiy jadid va
qadim kalimalarida hech qanday gunoh yo‘qligini ta’kidlab, balki haqiqiy gunoh
“rasmiy qabihchamiz ila odati shar’iyyadadir” [1, 3]. Shu boisdan ham o‘zaro
ihtiloflarni tugatib, ikki tomon ham bir-birini eng avvalo tushunib olishlari lozim
va lobuddir. Shuningdek muallif musulmonlarning ikkinchi manbasi bo‘lmish
hadisdan “Binobarin Hazrati Imom Rabboniyni mujaddidi soniy derlar. Yaьni
sanoyi hijriyaьning ikkinchi minggida dinni jadid qilg‘uvchi, rivojlantirguvchi va
nusrat yuborguvchi deyiladir va ham hadisda kelibdurki, “Alloh taolo hazrati
yuborur va paydo qilur ushbu ummat marhamatining nafi uchun va dini islomning
rivoji va taraqqiysi uchun har yuz yil boshida mujaddid yuboradur” misolini
keltirib, ilohiy mohiyat va dinning o‘zi jadidchilikni yaьni islohotchilikni talab
qilishini yozadi.
Gʻozi Yunus bu borada o‘zining qat’iy pozisiyasiga ega bo‘lib, u eski
maktablarni yopish kerakligini ta’kidladi va yangi maktablar bolalarni millati
insoniy etsa, eski maktablar esa hayvon sifatida tarbiyalashlarini yozib qattiq
tanqid qildi.
Gʻozi Yunus she’riy tarzda ko‘tarib chiqqan yana bir XX asr boshlaridagi
Turkistonning muammosi bu poraxo‘rlik bo‘lib, adib ushbu illatni xalqni
haroblikka olib borguvchi eng yomon jinoyat ekanligini “Yor yor” kuyiga solgan
holda yozdi va matbuotda e’lon qildi. “Mix” tahallusi ostida yozilgan ushbu she’r
poraxo‘r tilidan aytilgan bo‘lib, biz unda vijdonsiz, pul uchun xar qanday qadriyat
va vijdonini sotishga tayyor bo‘lgan manfur shaxs qiyofasini ko‘ramiz. Poraxo‘r
o‘zining tilida poraga ta’rif berar ekan, pora olish sariyog‘dek yoqimli ish
ekanligini, qolaversa bu ish jinoyat hisoblanmasdan aksincha insonlarga nisbatan
ko‘rsatiladigan “ko‘mak”ligini aytadi:
Sarig‘ yog‘dek yoqimlidek pora olmoq yor yor.
Qo‘l uzatib sekin olib yong‘a solmoq yor yor.
Pora olish qanday yaxshi bel og‘rimay yor yor.
Menga desa berguvchilar qoqilib o‘lsin yor yor.
496
Musulmonliq bir biriga “ko‘mak” berish yor yor.
Pora olish hech aybmas “ko‘mak” erur yor yor [3, 2].
Shuningdek Gʻozi Yunus ushbu she’ri orqali Turkistondagi barcha
soxalarda kabi xususan temiryo‘l tizimlarida ham poraxo‘rlik avj olganiga ishora
qiladi:
Pora bersak temiryo‘lda yurish oson yor yor.
Tursunboyg‘a vagon ichra joy bo‘g‘uvsi yor yor.
Arzi doding ta’sir etgay uzatganda yor yor.
Har bir ishing ishga oshqay chirog‘ yoqsang yor yor.
Yog‘lamasang g‘ildiraklar aylanmag‘ay yor yor.
Ovoz qilmas ming chirangiz tar taraklar yor yor.
Gʻozi Yunus “Poyezdda ko‘r” she’rida esa mahalliy xalqni temiryo‘l
transportida ochiqdan ochiq kamsitish hollari mavjudligini tanqid qildi. Muallif
mahalliy xalq poyezdda zulm, istibdoddan aziyat chekayotganligini ta’kidlab:
Yerli xalqning ko‘rmagan ozorini pezdda ko‘r!
Zulm, istibdod, vahshat qonini poyezdda ko‘r!
Badburushliq, qahri shiddat narhi arzon hammadan,
Badqovoqliqning qiziq bozorini poyezdda ko‘r!
Birlashish o‘rniga dushmanliq bilan qo‘polliq,
Elchilik, ginachilik asrorini poyezdda ko‘r!
Senga pandim shul erur chiqma poyezdg‘a sallalik,
Bu uzun to‘n, salla ohu zorini poyezdda ko‘r!” deb yozdi [6, 13].
Haqiqatdan ham Turkistondagi XX asr boshlaridagi ijtimoiy siyosiy ahvol
milliy ayirmachilik ustiga qurilgan va bundan mahalliy xalq qattiq aziyat chekkan.
Dalillarga yuzlansak. 1919 yildagi sharoit taqozosi bo‘yicha Toshkentdagi Oziq
ovqat komitetini isloh qilish, komitetning ishlarini nazorat qilib huquq buzilishiga
yo‘l qoldirmaslik, bir so‘z bilan aytganda ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish Eski shahar
ijroiya qo‘mitasining vazifasi bo‘lgan. Biroq Eski shahar ijroiya qo‘mitasining
o‘zi ham bu davrda isloh qilinishga muhtoj bo‘lganligi sababli ijroiya qo‘mitasi
ham mahalliy xalqning shikoyat va arizalarini qondirishga doir aytarli bir ishni
amalga oshira olmagan. Shuningdek yangi shahar (yaьni ruslar yashaydigan qism)
mahalliy xalqga qaraganda Oziq ovqat samarali foydalangan. Eski shahar aholisi
esa bu masalaga jiddiy yondoshmagani va qolaversa hukumatning e’tiborsizligi
sabab qiyinchilik ichida kun kechirgan. Gʻozi Yunusning bu borada keltirgan
raqamlari quyidagicha: “…ikki yuz ming jong‘a molik ikki shaharga olti oyda
yaьni 1918 yil 1 iyuldan to 31 dekabrg‘acha taqsim qilingan ozuq va mollarning
miqdorini bu yerda ko‘rsataman. Shuning birla eski shahar ovqat komitetidan
xalqning foydalanuvi qandayligi o‘z o‘zidan ochiq ko‘rinsa kerak. Misol uchun,
152,83 put birinch, 4465 put tariq, 9825 put mosh, 994 put kefak, 19007 put
497
kunjara, 14044 put zig‘irmoy, 9113 put sabzavot, 2505 put tuz, 28,430 put quruq
mevalar, 2446 put sho‘lha, 3135 put beda, 1132 put kerosin, 2379 put sobun, 742
dona mol qo‘y, gugurt 98342 quti, rezinka kalush 1270 juft, gazlama (chit) 701,
395 gaz, mashina ip 23, 492 dona” [5, 2].
Bu to‘g‘ridagi ma’lumot eski shahar Oziq ovqat komiteti tarafidan nashr
qilinadigan “Ozuq ishlari” gazetasida e’lon qilingan bo‘lsada, ushbu ro‘yhatdagi
mollardan bazilari umuman xalqqa berilmagan. Berilmagan mollar quyidagilardir:
birinch, mosh, tariq, sabzavot, beda, kerasin, sovun, qo‘y qo‘zi, rezinka kalish,
gazlama (chit), mashina ip. Mana bu mollar bus butun berilmagan va qolgan
berilganlari ham noto‘g‘ri yaьni kam berilgan. Garchi muallif bu tog‘rida “Ozuq
ishlari” gazetasidan izoh talab qilgan bo‘lsa, hech qanday javob ololmagan. Va
maqolaning umumiy ruhiyatidan kelib chiqib aytish mumkinki, Ozuq ovqat
komiteti tomonidan berilgan mollarning bunday adolatsiz taqsimoti faqatgina Eski
shahar xalqi uchun tadbiq qilinib, asosan ruslar yashaydigan yangi shahar aholisi
uchun bunday qing‘irliklar qilinmagan.
Yuqoridagi muammolarning asosiy sababchilari sifatida Gʻozi Yunus
lavozimini qattiq sevguvchi va xalqning ijtimoiy iqtisodiy ahvoli bilan mutlaqo
qiziqmaydigan amaldorlarni aybladi. Uning “Ustolparastlar maslagi” she’ri shu
mavzuga bag‘ishlagan.
Gʻozi Yunusning ushbu she’ri ham o‘tirgan “ustuli” (lavozimi M.Alijonov)
uchun har qanday jirkanchlikni qilishga tayyor bo‘lgan amaldor tilidan aytilgan
bo‘lib, uning uchun yagona maqsad nima qilib bo‘lsa ham lavozimini saqlab
qolish, fikru zikri poraxo‘rlik qilib butun himmatini shu yo‘lda sarflashdan
iboratdir. Gʻozi Yunus tasvirlagan amaldor shu darajada ayyorki, u xalqning oldiga
chiqqanda tilida “xalqim, xalqim”, “jonim fido” kabi so‘zlarni aytib barchaganing
ko‘zini shamg‘alat qiladi, yolg‘iz qolgan esa uning asl basharasi ochilib unga
ishongan odamlarning ustidan kuladi:
Maslagim ustul talashliq maqsadim dunyog‘ina
Fikru zikrim poraxo‘rliq himatim balog‘ina
Yaxshilig‘ o‘rniga tutdim dum bo‘lishliq yo‘lini
Bo‘lmasa boshimda har kun necha ming g‘avg‘og‘ina.
Lof urarman “jon fido” deb el ko‘zida el uchun
Yuzta eldan menga chirvon shoh erur a’log‘ina.
Savlatim yaxshi kelishkan ayshu ishrat joyida
El agar yonsa, qirilsa menga ne parvog‘ina [7, 18].
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Gʻozi Yunus davriy matbuot sahifalaridagi
she’rlari orqali XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
muammolarini dadil holda jamoatchilik diqqat markaziga olib chiqdi. U qaysi
mavzuga qo‘l urishidan qat’iy nazar, doimo milliy manfaatlar chegarasida turib
498
fikr yuritdi va mustamlakachi hukumatdan yerli xalqning huquqlarini ta’minlab
qo‘yishni talab qildi. Adib, o‘z she’rlari orqali doimo Turkistondagi ijtimoiy-
siyosiy illatlarni tanqid qilib, ularni bartaraf etishga doir mulohazalarini e’lon qilib
bordi.
Dostları ilə paylaş: |