Keywords and expression:
historical truth, artistic tissue, historical novel,
historical personality, skill, progress.
XX asr o‘zbek romanlaridagi tarixiy shaxslar talqinida hayotiylik,
haqqoniylik asosiy mezon hisoblanadi. Shuningdek, ularda tarixiy haqiqat badiiy
haqiqatga qay darajada aylanganligi, avvalo, yozuvchilarning mahoratiga,
dunyoqarashi va manbalarga yondoshish uslubiga bog‘liqdir. O‘zbekiston xalq
yozuvchisi Odil Yoqubov qayd etganidek: “Tarixiy romanda ilmiy haqiqat bilan
badiiy haqiqatning munosabati g‘oyat nozik va munozarali masala. Adabiyot
tarixida shunday asarlar borki, ular ilmiy jihatdan asoslangan tarixiy faktlarga to‘la
mos keladigan xujjatlarga tayanib yozilgan... Ayni zamonda shunday tarixiy
asarlar ham borki, ularda umuman hayotiy haqiqatga tayanilgani holda yozuvchi
xayoloti – fantaziyasi orqali tarixiy faktni qayta idrok etish muhim o‘rin tutadi,
tarixiy hodisalar, shaxslar muallif badiiy niyati asosida o‘zgacha talqin etiladi.
Adabiyot tarixida bunday misollar ko‘p. Navoiy dostonidagi Iskandar tarixiy shaxs
Aleksandr Makedonskiydan keskin farq qiladi. Mariya Styuartni Shiller o‘zgacha,
Volter Skott boshqacha, Stefan Sveyg yana o‘zgacha talqin etadi... Shaxsan men
tarixiy asarda yozuvchi xayoloti – fantaziyasiga to‘la erk berish, “tarixchi olim ishi
tugagan joyda yozuvchi ishi boshlanadi”, degan qarash tarafdoriman”[1,57-58].
H.G‘ulom, Shuhrat, X.Begmatov romanlarida yozuvchilarning tarixiy shaxslarga
yondoshuvlarida ham ushbu so‘zlarning nechog‘lik to‘g‘ri ekanini ko‘ramiz.
489
Hamid G‘ulomning “Mashrab” romanidagi Bozor oxund obrazi quyidagi
talqinini topgan: “Bozor oxundning yoshi qirqqa yaqinlashib qolgan bo‘lsa ham, u
uylanmagan, butun umrini ilmu ma’rifatga bag‘ishlagan, hatto bundan keyin ham
xotin olmay xokisorgina tanho yashamoq niyatini diliga tugib qo‘ygan ekan. Uning
bunday fidoyiligini o‘z og‘zidan eshitgan qavmlari tarkidunyo qilgan eshonning
ahvoliga achinib, ko‘p afsus-nadomatlar chekdilar va u ko‘chib kirgan yangi
hovliga ayniqsa shahar aslzodalari tez-tez tashrif buyurib, har gal suhbat asnosida
oilaviy hayotning lazzatiyu fazilatlari haqida luqma tashlab, naql aytib, “Kalila va
Dimna”, “Ming bir kecha” va hokazo risolalardan ibratli misollar keltirib turdilar.
Garchand Bozor oxund o‘zi ochgan madrasada tahsil ko‘rayotgan ba’zi xushsurat
mullabachchalar vasli – suhbatini xotin bilan yashashdan afzal bilsa ham, to‘y
harajatlarini o‘z zimmalariga olishni va’da qilgan boyu bayonlar qistoviga zo‘r-
bazo‘r Isoxo‘jaboyning Mastura ismli yolg‘iz singlisini o‘z nikohiga olishga
rozilik berdi” [2,128]. Uning tashqi qiyofasi “bo‘yi ikki yarim gaz, barvasta
yelkalari keng, qo‘l-oyoqlari uzun, devsifat, ayni kuch-quvvatga to‘lgan, mabodo
burni chertilsa bir chelak qon oqadigan barzangi bir odam” tarzda tasvirlanadi.
Lekin uning farzandsiz ekanligi, xotini Masturaning basavlat er qosh-qovog‘iga
qarab, itoatda, go‘ristonday jim-mit xonadonda cho‘ri ahvolda diqqinafas bo‘lib
kun kechirishi yozuvchining bu shaxsga bo‘lgan taalqinidagi salbiy bayonni
yanada kuchaytirgan. Ayniqsa, uning shayxulislom noma yo‘llab so‘rab olgan
talabasi Muhiddin Latifiydan hufiya sifatida foydalanib, Mashrabning har bir
qadamidan ogoh bo‘lib, uning asarlaridagi fikrlarni “kufr”ga yo‘yishi ham ushbu
obraz talqinidagi salbiy jihatlarni quyuqlashtirgan. Isoxo‘jaboyning kuyovi
bo‘lmish Bozor oxund Koshg‘ardan Ofoqxo‘janing qavmlaridan keladigan
tushdilarni ozayib, musulmonlarning o‘z farzandlarini uning xizmati
muboraklariga yubormay qo‘yganliklaridan noliganini aytmoq uchun xonadoniga
kirganidagi holati nafaqat islomiy odob-axloq qoidalariga bepisand shaxs, balki
axloqsiz ekanini ham ko‘rsatadi: “Bozor oxund mehmonxonaga oyoq uchida
yurgancha salom berib kirgan va xontaxtaga dasturxon yozib, issiq nonu patirlar,
likoplarda qandu novvotlar terayotgan To‘tixonning alifday kelishgan qaddi-
bastiga suqlanib tikilarkan, beixtiyor tamshanib, mallarang kalta soqolini silab
qo‘ydi. Qizil xonatlas ko‘ylakda, pochasi hoshiyasiga guldor jiyak sirilgan atlas
lozimda, boshiga oq shohi ro‘mol tashlagan qizcha ishini epchillik bilan bajarib,
choynak bilan piyolalarni Maymoqning yaqiniga surib qo‘ygach, mehmonxonadan
orqasi bilan yurib chiqib ketdi.
-
Bozor oxundning baroq qoshlari ostidan xira ko‘zlari nechundir yoshlandi,
tupugini yutunib:
-
Vo darig‘... deb qo‘ydi”[2,335].
Kasalga chalingan, o‘zidan omad yuz burib boyliklariga putr yetayotgan
Isoxo‘jaboydan ushbu kulfatlardan qutulishning yagona yo‘li qizi To‘tinisoni
Ofoqxo‘ja eshonga nazr etish ekanligini Bozor oxund uqtiradi. Shu tariqa
Boborahimning sevgilisidan judo etilishiga ilk qadam qo‘yiladi.
490
H.G‘ulom romanidagi Bozor oxund talqinida sho‘ro davri mafkurasining
ta’siri dinni qoralash, dindorlarni “fosh etib”, salbiy bo‘yoqlar bilan talqin etish
ruhi ustunlik qiladi.
Shuhratning “Mashrab” [3,599] romanidagi Bozor oxund obrazi esa
shogirdlariga g‘amxo‘r, “ko‘zi to‘q”, kamtarin, ilm va iste’dodni qadrlaydigan, el-
yurt o‘rtasida katta obro‘ga ega ustoz sifatida talqin qilingan. Uning Mashrabga
o‘gitida donishmand qiyofasi gavdalanadi: “Bu olami munavvarda besh mo‘tabar
zot bor, bo‘tam. Biri ism qo‘ygan ota, biri allalagan ona, biri ta’lim bergan ustod,
biri vafodor xotin va yana biri qadrdon do‘stdir. Besh narsadan odam zotiga ziyon-
zahmat yetadi. Biri yolg‘onchilik, biri bevafolik, biri tilni tiymaslik, biri hasislik va
yana biri sabr-toqatsizlik. Unutmang, bo‘tam, ulug‘likka erishmoq uchun yillar
kerak bo‘lsa, paskashlik uchun lahza kifoya! Ilm odob bilan, boylik saxovat bilan,
kuch-qudrat bahodirlik bilan qadrlanadi. Hayosizlik bilan ko‘p so‘zlash, kirlanish
bilan boylik kishini beburd qiladi. Chiroyli kiyim-bosh kishining husnini ochsa
ham, aqlga ziynat berolmaydi, bo‘tam. Nafsini tiya bilgan, harom-harishdan xazar
qila olgan odam eng kuchli va dono odam. Bir nodon daryoga sochgan marvaridni
yuz dona terib ololmaydi. Aql-farosat bilan ish tutib, mulohaza bilan yashamoq
kerak. Idroksiz bosh – suvi qurigan baliq, axloqsiz yigit – egar-jabuhsiz ot, hayosiz
xotin – tuzsiz taom, ilmiga amal qilmagan ulamoyi fozil – hidi yo‘q savatgul.
Johilning do‘sti, hasadchining rohati, firibgarning muruvvati bo‘lmaydi. Saxovatlik
zotning qozoni muzda ham qaynaydi, bo‘tam!” [3,643]
Romanda Bozor Oxund shogirdi Mashrabning chiroyli xusnixatini, she’r
yozish iste’dodini yuksak qadrlovchi shaxs sifatida talqin etilgan. Unga
kutubxonasidan Navoiy kitobini taqdim qilar ekan, o‘z qog‘ozlaridan bir daftar
tuzib berishni, toki xonasining bezagi bo‘lib mehmonlarga ko‘rsatib faxrlanib
yurishini ta’kidlaydi. Asarda biz Bozor Oxund va Mashrab o‘rtasidagi
munosabatlarda ustoz-shogird maqomini doim saqlagan mehrli insonlarni
ko‘ramiz.
Xayriddin Begmatovning “Devona Mashrab” romanida esa tijoratchi otasi
Murodullo maxsumning kasbiga qiziqmasdan bolaligidan kitobga ixlosi baland
bo‘lgan Ubaydullo qiyofasi shunday tasvirlanadi: “Tijorat ishlari uni qiziqtirmas,
fe’lida halovatga moyillik, devonavash jozibaga o‘chlik kabi xislatlar ustuvor edi.
Ko‘cha-ko‘yda yurganda, o‘zi bilan o‘zi so‘ylashib va yoki she’r o‘qib, o‘zga
darvozalar tomon o‘tib ketar, tanishlariga salom bermoq muloqotini unutar, yoxud
bir to‘xtagan joyida necha fursat tin qolib, o‘zni unutgan holda tafakkur ichra g‘arq
bo‘lar edi” [4,16]. So‘ng Murodullo maxsumning o‘g‘li Ubaydulloning Buxoroyi
sharifga navbatdagi safarida o‘zi bilan birga olib ketib Ko‘kaldosh madrasasining
taniqli mudarrisi Bahodir eshon Siddiqiy hazratlaridan o‘g‘lini shogirdlikka
olishini so‘rashi, madrasada Abdulazizxon huzurida imtihondan o‘tishi, so‘ng
“oxundlik poyasi” berilishi voqealari batafsil tasvirlanadi. Haqiqatparastligi,
halolligi, mol-dunyo yig‘ishdan xazar qilishi uning fe’lidagi qaysarlik bilan
uyg‘unlashib ketganligi tasvirini topgandir. Asarda undagi qaysarlik fe’li haqiqatni
qaror toptirish, ilm yo‘lida halollik hamda adolatga xizmat qilishi uchun ekani
qator voqealarda aks etadi. Bozor oxund fikricha “... qozi muttaham kelsa,
491
she’riyat ustuni titragay, ulamoi ikrom haq yo‘lidan toyar bo‘lsa, binoyi shariat
qulagay!” [4,26] Ammo Boborahim bilan bo‘lib o‘tgan fikriy to‘qnashuvlar uni
ikkilantirib qo‘yadi. Chunki “Bu jamoa ichra yoshi Boborahimdur. Ko‘zlari
o‘ynab, betin labi pichirlab turgan bu bolani turish-turmushi jumboq. Oxund domla
uni hozir-hozir portlab ketadigan o‘pqon misoli tasavvur etadi” [4,44].
Asarda shogirdi Boborahim bilan bo‘lib o‘tgan munozaradan keyingi Bozor
oxund holati shunday tasvirini topgan: “Talabalari qatori Bozor oxund ham rukui
tafakkur ichra boshlarini egib qolgan edi. “O‘zini tanimoqning oliy maqomi “anal
haq” ermasmu? “Men haqmen” deguvchilar rostgo‘ylar sanalib, “xudo hoziq”
deguvchilar yolg‘onchilar atalmasmu?” kabi qorishiq savollar uni qiynoqqa
solmoqda edi. Domla o‘z xayolidan o‘zi qo‘rqib ketdi. Tepasida Navoiy hazratlari
aso o‘qtalib turganday bo‘lib, qo‘llarini paxsa etdi. “Nega ham sharhiga til urdim”
degan vahm bir o‘y achchiq sim kabi vujudini teshib o‘tganday bo‘ldi.
Haydamoqqa qancha urinmasin, “Li la’ Allohi” istilohi xayolidan nari ketmay
qoldi” [4,48]. Tasavvufning maslak va suluklari o‘rtasidagi ayirmalar Bozor oxund
qarashlaridagi ziddiyatlarni keltirib chiqarayotganini yozuvchi haqqqoniy talqin
etgan.
Mashrab obrazi bilan bog‘liq yondosh tarixiy shaxslardan biri Ofoqxo‘ja
eshondir. Hamid G‘ulomning “Mashrab” romanida tasvirlanishicha Ofoqxo‘ja
eshon ilk bora Mashrab bilan uchrashganida undan “bul taxallusni kim berdi
senga?” deya so‘raydi. Shoirdan ushbu taxallusni o‘zi tanlaganligini eshitgach,
“Mashrab nomi hamisha yor bo‘lsin, xudovandi karim senga madakor bo‘lsin!”
deya duo qiladi. Uning tashqi qiyofasi “U hali uncha keksa ham emas – baroq
qoshlari tagida yirik qora ko‘zlari chaqnab, sergo‘sht qizil yuzidan qon tomib
turganday” [5,116] tarzda aks etgan. Mashrabning sevgilisi To‘tixon joylashgan
Ofoqxo‘ja harami shunday aks etgan: “Eshoni a’zamning shafqatsizligi haram
ichra mashhar: ko‘ziga qo‘rg‘oshin quyilgan, tili qirqilgan, qo‘o‘li kesilgan qizlar
hatto qushlar ham bevaqt sayramaydigan jimjit bog‘da soyaday sudralib yuradilar”
[5,111]. Soqi oxund tomonidan tuhmatga uchragan Obid vasvasning ikki qulog‘ini
kesib tashlashi uning qay darajada shafqatsiz shaxs ekanligini ko‘rsatadi.
To‘tixonni olib qochib ketmoqchi bo‘lgan Mashrab tutilgach, Ofoqxo‘janing o‘zi
qizdirilgan maxsus temir bilan jazolab, erligidan judo etishi ham uning qahri qattiq,
yovuz shasligini namoyon etadi. O‘zining bu qilmishini “devonaning kufrini
kuyydirish kerak” deb izohlaydi. Pirmat va Obid vasvas qirq darra urib
jazolanadilar.
Xayriddin Begmatovning “Devona Mashrab” romanida Ofoqxo‘ja eshon
“ilmihol” egasi, mazlumlar himoyachisi sifatida talqin etilgan. U o‘z dargohiga
tashrif buyurgan bashang kiyimdagi hushqad Nozimxo‘ja ismli boyvochcha yigitni
takabburlik va gunohkorlikda ayblaydi. Uning “Gar ul eshon so‘zlarimga quloq
omasa, qudratiga tan bersamen!” deb kelganligini aytadi va bu so‘zlar bilan elni
ham, Nozimxo‘jani ham hayratga soladi. So‘ng Ofoqxo‘ja bir chetdagi keksa chol
arzini tinglaydi. Ma’lum bo‘lishicha, chol ana shu boyvachcha yigitdan qarzdor
bo‘lib, mahriga uning Nargiz ismli qizini berishini talab qilgan. Chol esa qizini
o‘zi ko‘ngil qo‘ygan Ofoqxo‘janing bir cho‘poni bilan qochirib yuborgan. “Ato
492
rozi – xudo rozi” deya Ofoqxo‘ja huzurida hozir bo‘lgan yigit va qizni baxtli
bo‘lishini aytib duo qiladi. Ushbu voqealar Boborahim va Setoriyning Ofoqxo‘ja
eshonga bo‘lgan ixloslarini yanada oshiradi. Ofoqxo‘ja ishqiyo suluki rahnamosi
sifatida shunday fikrlarni bayon qiladi: “Biz Olloh vaslinga tafakkur ichra yeta
bilmadik!.. Sababkim, aqliiz qosirlik ila ruhimizga xiyonat etdi. Ojiz tanimiz
o‘trusinga majoz jilvasini qo‘yib, quloqlarimizga “dunyo – foniy, umr – g‘animat”
sozini chaldi. Vasli vahdatga yetmak yo‘li ko‘ngil yo‘lidir. Ko‘ngil mir’otul
azimdurki, xislatingizda har neki bor, anda tajalli topur. Kimningkim dili chashma
yanglig‘ pok ersa, aning tili ravon, yo‘li yorug‘ bo‘lgay!.. Shimoldin shariat,
janubdin tariqatdur. Mag‘rib ila mashriqdan ma’rifat birla haqiqat zohir erur.
Shariat Olloh zikri birla turmak, tariqat suluk ichra yurmak, ma’rifat haq jamolini
izlamak, haqiqat ersa vaslidin darak topmak manzillaridur. Shariat zohiri kalom,
tariqat mahsuli yo‘l, ma’rifat izhori ishq, haqiqat ersa kamoli holdur. Haqqa
yetishmish banda “Insoni komil” atalib, ul ilmi hol egasi bo‘lur. Haq vaslinga bul
tahlit ehtiyoj Qul Ahmad ismi birla ovoza topishkim, tariqi zikri jahriyadur. Biz ul
rohni ahli dil yo‘li tanlab, sulukimiz arkoniga qo‘shdik. Oshiqona suluki Ishqiyo
o‘zligini jahr ovozi bilan e’lon etur” [4,87-88].
Ofoqxo‘janing Bozor oxund haqidagi fikri quyidagicha: “Bozor oxund vali
ilmda ustuvordur, illo tobedurlar. Iqtidorlari mufrad maqomiga yetmamish. Ul sifat
zahiridin andisha birla qadam bosurlar” [4,89]. Shuningdek, uning So‘fi Olloyor va
Mashrab to‘g‘risidagi fikri esa o‘zgacha: “So‘fi Olloyor ilmi madrasada olimlar
o‘qiydigan ilmdur. Mashrabi devona ilmi ersa ilmi asrordurkim, goh-goh muyassar
bo‘lur! Ul ilm olamg‘a va odamg‘a sig‘mas!” [4,209].
X.Begmatov romanidagi Ofoqxo‘ja eshon tasavvuf tariqatining bilimdoni,
zarur o‘rinlarda adolatparvar, manmanlik va kibrni qoralovchi shaxs. U garchi
Mashrabdagi Mansur Halloj qarashlariga uyg‘unlikni qoralagan bo‘lsa-da, shoirlik
iste’dodini
qadrlaydi.
Yozuvchi
Ofoqxo‘janing
To‘tinisoga
bo‘lgan
munosabatidagi ikkilanishlarini ham to‘g‘ri talqin etgani holda, faqat salbiy
jihatlarni o‘zida jamlagan shaxs sifatida emas, oddiy inson sifatidagi
murakkabliklarni o‘zida namoyon etganligini ham to‘g‘ri tasvirlagan. Bu esa
asardagi badiiy haqiqatni yuzaga keltirgan. Bejizga Ofoqxo‘janing minglab
muridlarga ega bo‘lmaganini asoslashga erishgan. Romanda Ofoqxo‘janing
o‘zgalar muhabbatiga erishganligi, pir maqomidagi ixlos sohibi ekanining sababi
bilimdonligi, adolatparvarligi, mazlumlar himoyachisi ekanini to‘g‘ri talqin etgan.
Asarda Ofoqxo‘janing kamchiligi sifatida dinni hokimiyatni egallashga xizmat
qildirganligidir. Mashrab qarashlarining mazmun-mohiyatini anglagani holda uni
qabul qila olmaganligidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, uchala romandagi
tarixiy shaxslar talqinidagi tarixiy haqiqat yondosh obrazlar tasvirida qanday
badiiy haqiqatga aylanganligi yozuvchilarning manbalarga yondoshish uslubi bilan
bog‘lanib ketgan. Agar H.G‘ulom Mashrab sevgilisini namanganlik qiz sifatida ilk
bor tasvirlab otashqalb shoirning Koshg‘arga otlanishini sevgi motivi bilan bog‘lab
to‘g‘ri qilgan bo‘lsa, Shuhrat Bozor oxund obrazi talqinida muvofaqqiyatga
493
erishgan. X.Begmatov Ofoqxo‘ja eshon obrazi talqinidagi hayotiylikni ta’minlab
natijalarga erishgandir.
Dostları ilə paylaş: |