Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ғарибий. Девон: Қўқон Адабиёт музейи қўлёзмаси, сақл. р. 373
453
2. Навоий асарлари луғати. Тошкент: Ғ. Ғулом номидаги Адабиёт ва
санъат нашриёти, 1972
O‘ZBEK YOZUVCHILARI ESSELARIDA INSON SHAXSIYATI
MUAMMOSI
Saida KURBANOVA,
Urganch davlat universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti
(O‘zbekiston)
Annotatsiya:
Maqolada o‘zbek yozuvchilari esselarida inson shaxsiyati
muammosi tahlil etiladi. O.Sharafiddinov va X.Do‘stmuhammad esselaridagi
muallifning subyektiv pozitsiyasining o‘ziga xosligi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
esse, inson, shaxs, jamiyat, muallif, subyektiv pozitsiya.
Аннотация:
В статье анализируется проблема личности человека в
эссе узбекских писателей. Рассматривается своеобразие субъективной
позиции автора в эссе О.Шарафиддинова и Х.Дустмухамеда.
Ключевые слова:
эссе, человек, личность, общество, автор,
субъективная позиция.
Annotation:
The article analyzes the problem of a person’s personality in
the essays of Uzbek writers. The originality of the subjective position of the author
in the essay by O. Sharafiddinov and H. Dustmukhamed is considered.
Key words:
essay, person, person, society, author, subjective position.
Zamonaviy o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti, o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy
adabiyotning har xil tur va janrlarida yaratilgan har bir yangi asarga, davrning eng
dolzarb adabiy, ilmiy muammolari haqida g‘oyat samimiy, hissiy-obrazli uslubda
ilmiy kuzatishlar olib borgan taniqli adabiyotshunos, publitsist, mohir tarjimon
Ozod Sharafiddinovning ijodi o‘rganishga arzirli ijod hisoblanadi. Shu bois
adabiyotshunos Abdug‘afur Rasulov “Ozod Sharafiddinov tanqidchilikka “poeziya
yo‘lakchasidan” kirib kelgan bo‘lsa-da, bugungi kunda u yetuk nazariyachi, mohir
portretnavis, tanqid masalalarini ilmiy yoritib boruvchi, nihoyat, usta tarjimon
sifatida tanildi” – deb to‘g‘ri yozgan edi. [5, 6]
Qariyb yigirma yildan so‘ng, ya’ni 2000 yilda, adabiyotshunos A.Rasulov
Ozod Sharafiddinov haqida “Iste‘dod va e‘tiqod” nomli adabiy portretini yozdi. Bu
esa O.Sharafiddinov shaxsiyati va ijodiga bo‘lgan ulkan e‘tibor va mehr-
muhabbatning nishonasidan dalolat beradi.
454
O.Sharafiddinovning
uslubiga
xos
g‘oyat
samimiy
va
hissiy
ta’sirchanlikuning maqolalarini o‘qiganda kishini o‘ziga ohangrabodek tortadigan,
tamonila rom etadigan jihatdir. Adabiyotning ulug‘vorligi haqida to‘xtalar ekan,
adabiyotshunos O.Sharafiddinov shunday fikrlarni bildiradi: “Adabiyot – inson
kashf qilgan hamma mo‘jizalar, hamma buyuk ixtirolar ichida eng buyugi, eng
ulug‘voridir. U ajoyib buloq. U shunday buloqki, unda ko‘z yoshining musaffoligi,
qizlar xandasining qo‘ng‘iroqdek ohangdor jarangi, kamalak nurlaridek rang-
barang tovlanishi mavjud”. [6, 192] Bu fikr shunchaki quruq, jonsiz yoki
jimjimador so‘zlar tizmasidan tashkil topmagan. Unda olimning yillar davomida
to‘plangan tajribasidan kelib chiqqan odilona, haqqoniy bahosi va shu bilan birga,
shoirona qalbi, adabiyotni chuqur his eta bilish qobiliyati namoyon bo‘lgan.
O.Sharafiddinov o‘zining “Boqiy mo‘jiza” nomli essesida qadim
zamonlardan beri odamlar dunyoda yetti mo‘jiza deb ta’riflagan narsalardan ham
buyugi va eng birinchi mo‘jiza – kitob, degan fikrni bildiradi. Haqiqatan ham,
Ozod Sharafiddinov hayotida kitob, umuman, adabiyot – u xoh badiiy, xoh ilmiy-
tanqidiy adabiyot bo‘lsin – umrining oxirgi nafasigacha eng yaqin do‘sti,
maslakdoshi, sirdoshi, barcha mo‘jizalar ichidagi eng mo‘jizakori bo‘ldi. Olimning
kitobga, adabiyotga e‘tiqod kuchli edi.Uning badiiy adabiyot – buyuk kuch-qudrat,
dunyodagi jamiki eng super kashfiyotlar ichida zo‘ri – adabiyot degan falsafasi
butun bir ilmiy-ijodiy merosida aniq ko‘rinish berib turadi. O.Sharafiddinov
“Boqiy mo‘jiza” essesida bu janr tabiatiga xos erkinlik, mulohazakorlik, turli
adabiy, ilmiy, badiiy, ijtimoiy muammolar haqidagi samimiy uslubini kuzatamiz.
Adabiyotshunos olim U.Normatov “Ozod Sharafiddinov so‘nggi yillarda xotira-
essenavis sifatida tanildi. So‘z san‘ati darg‘alari, ustoz adiblar, qalamkash do‘stlari,
shogirdlari, shuningdek, ilm-ma’rifat ahli, jamoat arboblari haqida biri-biridan
go‘zal badialar yaratdi” – deb ta’kidlaydi. [4, 11] Olim ta’kidlaganidek, esse janri
adabiyotshunos ijodida so‘nggi yillarda, to‘g‘rirog‘i, mustaqillikdan so‘nggi davr
ijodida birdaniga paydo bo‘lmadi. Aslida uning ko‘rinishlari, esse, badia janriga
xos ilmiy, badiiy-publitsistik, tanqidiy-biografik xarakterdagi izlanishlari uning
XX asrning 60-70-yillaridagi ilmiy-ijodiy faoliyatida ham uchraydi.
Ozod Sharafiddinov “Boqiy mo‘jiza” essesida L.leonov, S.Sveyg,
A.Chexovlarning kitob haqidagi dono fikrlarini jamlab, o‘ziga xos tafakkur qiladi.
Bu esseda olimning badiiy barkamol asar haqida bildirgan fikrlari diqqatga
molikdir: “…Albatta, adabiyotshunoslikda, nazarimda, badiiylikka berilgan
ta’riflar bor, lekin ularning ko‘pi g‘oyatda “ilmiy”, mahobati zo‘r-u, mazmuni
mavhumroq. Va umuman, mening fikrimcha, badiiyatni bir qolipga joylab
bo‘lmaydi. Negaki, badiiyat iste‘dodning mevasi, iste‘dod esa turfa xil bo‘ladi.
Menga qolsa, kitobxonning ham aqliga, ham tuyg‘ulariga oziq beradigan, uni
455
hayajonga sola oladigan, uzoq muddatga qalbida o‘rnashib qola oladigan asarni
badiiy barkamol asar desa bo‘ladi”. [6, 202]
Ko‘rinadiki, esseda aynan mulohazakorlik, munozaralarning ifodalanishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq esseda shunchaki iqtiboslar keltirilishi uning
yaratilishi uchun yetarli asos bo‘ladi, degan xulosani keltirib chiqarmasligi lozim.
Turli mulohazalar, bir-biriga o‘xshash yoki bir-biriga qarama-qarshi fikrlar
oqimidan ham ustun gap ayta olgan muallifgina chinakam essenavis darajasiga
yetadi.
“Boqiy mo‘jiza” essesida yozuvchining kitob haqidagi mulohazalari
adabiyotning mohiyatiga bog‘lanadi: “Albatta, yangi asrda juda ko‘p yangiliklar
bo‘ladi, lekin men aminmanki, kitobning janozasini o‘qishga hali erta. Menimcha,
kitob degan narsa insonning tabiati, mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk
mo‘jizadir. Inson bor ekan, kitob ham qay bir shaklda yashayveradi. Shundoq
ekan, bu mo‘zijadan bahramand bo‘lishdan to‘xtamang, azizlarim!” [6, 207]
O.Sharafiddinovning adabiyot, adabiy jarayonga bag‘ishlangan esselarida
bahsli muammolar ko‘tariladi, odatdagidek, bu masalalar xususida faqat Ozod
Sharafiddinov xarakteriga mos dadil fikrlar ifoda etiladi.
O.Sharafiddinov esselarida olimning har bir ijodkor, shaxsiyat haqidagi
mulohazalari, xotira va kechinmalari, bir so‘z bilan aytganda, essechilik mahorati
o‘z aksini topgan. Bu esselar uslubida ba’zan liro-romantik, ba’zan assotsiativ,
ba’zan esa ilmiy-tanqidiy tahlil unsurlari o‘rin almashadi. Rus esseshunos olimi
M.Epshteyn “Essening ahmoqona chegaralarini anglab ham, chegaralab ham
bo‘lmaydi”, – deb ta’kidlaganda, haq edi. Darhaqiqat, O.Sharafiddinov esselarini
tahlil qilar ekanmiz, olim e‘tirof etganidek, essening dengiz kabi tubi chuqur, sohili
ko‘z ilg‘amas darajada ekanligini anglab yetamiz.
Publitsist-yozuvchi
Xurshid Do‘stmuhammadning badiiy-publitsistik
ijodiga, xususan, esselariga nazar solsak, uning G‘arb adabiyotini chuqur bilishiga
amin bo‘lamiz. Yozuvchining “Harakatdan to‘xtagan jarayon qissasi. Yoxud qalb
shuurining olis kengliklari safariga eltuvchi asar” essesi “Jahon adabiyoti”
jurnalida Frans Kafkaning “Jarayon” romanining o‘zbekcha tarjimasi e‘lon
qilinishi munosabati bilan chop qilingan. Bu esseni adabiy-ilmiy, badiiy-
publitsistik esselar qatoriga kiritsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Publitsist-
yozuvchi Frans Kafkani “tafakkuri g‘ayritabiiy” deb ta’kidlaydi, shu bois Kafka
yaratgan asar ham, undagi obrazlar ham boshdan oyoq g‘ayriodatiy ekanligini
aytib o‘tadi: ““Jarayon” bir o‘tirishda, bir kechada o‘qiladigan roman emas. Uni
o‘qish xiyla qiyin. Bir bob o‘qib, orqaga qaytishingiz, xayol qochib, o‘qiyotgan
tafsilotlaringizni tushunmay qolishingiz, gap nima haqida borayotganini ilg‘ashga
qiynalib, kalavaning uchini yo‘qotib qo‘yishingiz hech gapmas. Jumla tuzilishi,
gap qurilmasi, fikrni ifoda etish uslubi ezmalikka, mijg‘ovroqqa moyildek.
456
Boshqacha, o‘zgacha, g‘alati. “O‘zgacha”, “g‘alati” sifatlari “Jarayon”ninggina
emas, adibning butun ijodiga eng ixcham va lo‘nda ta’rif deyish mumkin
(Adibning kundaliklarida “Yozganlarim ham g‘alati” degan jumla keladi).
G‘ayritabiiy holat, g‘ayritabiiy tasvir, g‘ayritabiiy odamlar obrazi. Chunki
adibning, adib shaxsining, Frans Kafka degan inson zuvalasining o‘zi g‘ayritabiiy.
Shularning mahsuli o‘laroq, yozuvchining badiiy tafakkuri g‘oyatda g‘ayritabiiy
ekanligidan sira ajablanmasa ham bo‘ladi”. [2, 200]
Xurshid Do‘stmuhammad badiiy asarni tushunish va tahlil etishdan avval
yozuvchi shaxsi, uning ruhiyatini anglash lozimligini ta’kidlar ekan, ijodkor va u
yaratgan asarni bir-biridan ajratmasdan tahlil etish tamoyilini uqtiradi. Demak,
yozuvchining dunyoqarashi, iste‘dodi, ruhiyati u yaratgan badiiy asarda chuqur aks
etib, ijodkorning kimligidan, nimalarga qodirligidan, qanday qarashga ega shaxs
ekanligidan ma’lumot beradi. Haqiqatan ham,“San‘atkor hayotga qanchalik chuqur
kirib borsa, uni qanchalik puxta bilsa, hayot voqea-hodisalaridan qanchalik
hayajonlansa – u yaratgan badiiy asar ham shunchalik hayotiylik va ta’sirchanlik
kasb etadi”. [1, 64]
X.Do‘stmuhammad esseda Kafkani anglash borasidagi o‘zining turli ilmiy,
falsafiy, analitik qarashlarini keltiradi. Yozuvchi Kafka bilan tanishuv uning
hayotida qanday sodir bo‘lganini, ilk taassurotlarini birma-bir xotirlashga harakat
qiladi. Ko‘rinadiki, esseda muallif“men”i, uning intellektual salohiyati va
mutolaadan keyingi kechinmalari, Kafka asarlari bilan ilk tanishuv lahzalari yaxlit
ravishda Kafkani anglashga, uning badiiy ijodini tushunishga yordam beradi.
Publitsist-yozuvchi esseda Kafka asarlariga xos muhim xususiyatlar haqida
shunday fikrlar bildiradi: ““Jarayon”ni harakatdan to‘xtatib qo‘yilgan jarayon
fojiasi ekanini ilg‘ab olsak, adibning “Evrilish”, “Hukm” singari eng sara
hikoyalarida tahlil etilgan psixologik holatlar yodga tushadi. “Evrilish”da muttasil
behalovatliklar, inson o‘zligiga, insoniy qadr-qimmatiga vaqti-vaqti bilan imon
keltirib turmasligi, shukur qilmasligi odamni insoniylik qiyofasidan mahrum etishi,
shunday holatga tushgan odamga hech bir yaqin-yirog‘i amaliy yordam ko‘rsata
olmasligi jarayonning to‘xtashi (insoniy turmush jarayoni buzilib, ya’ni to‘xtab,
qahramon dahshatli hasharotga aylanib qoladi) sifatida tasvirlangan bo‘lsa,
“Hukm”da har bandaning o‘ziga yarasha sir-asrori mavjudligi, o‘sha sir-asror
boshqalarga oshkor bo‘lsa, ko‘ngil tubida yashirin siri qolmasa, hayotning
mazmuni yo‘qolishi, bu o‘z ustidan oliy jazo hukmini chiqarishga asos bo‘lishi
shafqatsizlarcha ko‘rsatib beriladi. F. Kafka shunday mazmundagi asarlarni
atayin yozmaydi, uning dunyoqarashi, badiiy tafakkuri, adabiy konsepsiyasining
o‘zi shunday”.[2, 205] Demak, X. Do‘stmuhammad muayyan badiiy asar
xususidagi kuzatishlarini,mutolaa taassurotlarini falsafiy, badiiy, publitsistik
mulohazalar, qiyosiy tahlil yo‘li bilan analitik tadqiq etadi. Yozuvchining
457
qiziqishlari, dunyoqarashi, o‘z ijodi bilan bog‘liq ruhiy holatlar, ifodadagi erkinlik
va obrazlilik ushbu essening o‘ziga xosligini ta’minlaydi.
X.Do‘stmuhammadning “Jahon adabiyoti” jurnalida Jeyms Joysning “Uliss
sarguzashtlari” romani chop etila boshlashi munosabati bilan yozilgan “Nodir asar
tarjimasi” essesi ham Frans Kafka haqidagi essega yaqin uslubda yaratilgan.
[3.67] Odatdagidek, publitsist roman tahliliga o‘tishdan oldin J.Joys, ya’ni muallif
shaxsiyati haqida fikrlarini bildiradi. Jeyms Joys shaxsiyatini atroflicha o‘rganish
maqsadida uning biografiyasiga, bolaligi va o‘smirlik yillari qanday kechganligiga
alohida e’tibor qiladi va uni tug‘ma adabiyot fidoiysi, haqiqiy adabiyotni sevgan
inson sifatida ulug‘laydi: “J.Joysning ijodi haqida so‘z yuritganda uning shaxsini
chetlab o‘tish mumkin emas. Chunki adib shaxsidagi, tarjimai holidagi voqea-
hodisalar bor murakkabligi bilan uning asarlariga ko‘chib o‘tgan. Uning inson
sifatidagi g‘oyatda murakkabligi shaxmat dahosi Robert Fisher hayotini eslatadi.
R.Fisher hayotni shaxmatdan iborat deb bilgan bo‘lsa, J.Joys insonning oddiy
kundalik kechmishlarini adabiyot deb hisoblagan. Adabiyotga bo‘lgan mana
shunday ulkan ishonch, adabiyotga qo‘yilgan ixlos, adabiyotga bo‘lgan muhabbat,
adabiyotga mubtalolik tufayli u millionlab (ehtimol, milliardlab!) insonlarga xos
tabiiy maqsad-maslaklar, orzu-niyatlardan voz kechgan: bolaligida o‘qigan diniy
maktabining, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Dublin shahrining, vatani – Irlandiyaning, hatto
oila a’zolarining bahridan o‘tib, xorijiy yurtlarga bosh olib ketgan!”. [3]
Yozuvchining tafakkuri keng, badiiy adabiyotni ko‘p mutolaa qilgan inson
ekanligi uning badiiy asarlarida keltirilgan irlandcha, inglizcha, fransuzcha,
italyancha, nemischa, ispancha, grekcha tillarda yozilgan iqtiboslar misolida
dalillab beriladi. Xurshid Do‘stmuhammad “Uliss” romanidagi Dedalus J.Joysning
shaxsiy armoni va fojiasi ekanligini romandagi, muallif hayotidagi real voqealar
bilan bog‘lab ko‘rsatadi. Roman “sezimlar” va kechinmalar, hali kechinmaga
aylanib ulgurmagan tuyg‘ular haqidagi asar deya e’tirof etiladi. Qisqasi, ushbu esse
X.Do‘stmuhammadning “Uliss sarguzashtlari” romani haqidagi shaxsiy taassurot
va mulohazalarini aks ettiruvchi esse hisoblanadi. Bu mulohazalarda muallif
“men”i, intellektual salohiyati namoyon bo‘ladi. Zero, esse mohiyatini inson
tushunchasi tashkil qilib, bu tushunchalar katta bo‘lmagan hajm, aniq bir
mavzuning subyektiv bayoni, erkin kompozitsiya, parodokslarga moyillik kabi bir
qator omillar orqali ifoda etiladi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, X.Do‘stmuhammad o‘z esselarida ham
yozuvchi, ham olim, ham jamoat arbobi, ham ehtirosli o‘quvchi sifatida bo‘y
ko‘rsatadi. G‘arb modern adabiyotini yaxshi bilishi bilan bir qatorda, shu
adabiyotga nisbatan cheksiz muhabbat, Jeyms Joys shaxsiyatiga nisbatan chuqur
hurmat essening samimiy, keng qamrovli, qolaversa, ilmiy-adabiy jihatdan
salmoqli bo‘lishiga xizmat qilgan.
|