Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   431
Anjuman Boku (6)

Kalit so‘zlar:
zamonaviy o‘zbek adabiyoti, badiiy tarjima, tarjimachilik, 
badiiy asar g‘oyasi, monolog, obraz, quyma satrlar. 
Аннотация:
В становлении и развитии современной узбекской 
литературы, нового узбекского литературного языка, наряду с шедеврами 
наших писателей, живших и творивших в начале ХХ века, большое значение 
приобрели и переводы из мировой литературы. Максуд Шейхзаде среди 
многих поэтов и писателей нашей страны внес большой вклад в это дело. В 
этой статье говорится об этом. 
Ключевые слова:
современная узбекская литература, художественный 
перевод, перевод, идея художественного произведения, монолог, образ, 
литые строки. 
Abstract:
In the formation and development of modern Uzbek literature, the 
new Uzbek literary language, together with the masterpieces of our writers who 
lived and created in the beginning of the 20th century, translations from world 
literature also became important. Maqsud Sheikhzadeh, among many poets and 
writers of our country, has made a great contribution to this work. This article talks 
about this. 
Key words:
modern Uzbek literature, artistic translation, translation, the idea 
of an artistic work, monologue, image, cast lines. 
O‘zbekistonda badiiy tarjima maktabining shakllanishi va rivojlanishiga 
katta hissa qo‘shgan fidoyi insonlar safida ulkan shoir, dramaturg, olim va tarjimon 
Maqsud Shayxzodaning alohida o‘rni bor. Shoir ijodiy meʼrosining salmoqli 
qismini tashkil etuvchi tarjimalari boshqa asarlari qatorida badiiy yuksakligi, 
o‘zbek tilining nozik tovlanishlarini mohirona namoyon qilib bera olganligi bilan 


447 
ajralib turadi. Shayxzoda o‘zbek kitobxonlarini jahon adabiyotining ellikdan oshiq 
mumtoz ijodkorlari qalamiga mansub durdona asarlar bilan tanishtirdi. Uning 
eʼtiborini tortgan ijodkorlarni ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi guruhdagi 
ijodkorlarning asarlari tarjimasi bilan u butun umri davomida shug‘ullandi yoki 
ularga ko‘p bora murojaat qildi. Bunday ijodkorlar sirasida Shekspir, Shota 
Rustaveli, A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, V.Mayakovskiy, N.Hikmat, E.Charens, 
A.Surkov, M.F.Oxundov, Y.Kolas, Sulaymon Rustam kabi ijodkorlarni 
ko‘rishimiz mumkin. Keyingi guruhdagi shoirlar asarlari tarjimasiga esa qisman 
murojaat qildi. Bular J.G.Bayron, R.Tagor, A. Miskevich, I.Chavchavadze, 
A.Isaakyan, I.Bexer, T.Shevchenko, N.Gilen, Lohutiy, Rasul Rizo, Yanka Kupala 
kabi turli xalqlarga mansub ko‘plab shoir va adiblar hisoblanadi. 
Maqsud Shayxzoda tarjimonlik faoliyatining salmoqli qismi Uilyam 
Shekspir asarlariga bag‘ishlandi. Shekspir ijodi Shayxzodani yoshlik 
chog‘laridanoq o‘ziga jalb qilar edi. Bu asarlarning asl mohiyatini tushunib yetish, 
ana shunday betakror ijod namunalarini yaratish istagi unga sira tinchlik bermasdi. 
Buning uchun u g‘arb adabiyotini chuqur o‘rgandi, qadimgi yunon dramaturglari – 
Esxil, Sofokl, Yevripidlarning shoh asarlaridan boshlab, XX asr Yevropa 
adabiyotining yetuk dramaturglari asarlarigacha sinchiklab tadqiq etdi. Ayniqsa, 
Shekspir yashagan davr muhiti, bu davrda Yevropada hukmron bo‘lgan yetakchi 
g‘oyalar, buyuk sanʼatkorning badiiy olami, asarlarining til xususiyatlari ustida 
izlanishlar olib bordi. 1948-yilga ko‘ra amalga oshirgan “Romeo va Juletta” hamda 
“Hamlet” tarjimasidan o‘zi unchalik qoniqmasdan yana o‘n yildan oshiq vaqt 
mobaynida bu tarjimalar ustida ish olib bordi va 1960-yilda mazkur tarjimalarning 
qayta ishlangan variantini chop ettirdi. Shayxzoda Shekspir asarlariga ko‘r-ko‘rona 
taqlidchi yoki raqib bo‘lib emas, balki uni tushunuvchi eng yaqin sirdosh do‘st 
kabi yondashdi. U buyuk dramaturgning har bir asarini yozishdan ko‘zlagan asosiy 
maqsadi, yoritmoqchi bo‘lgan g‘oyasi, asardagi har bir so‘z, ibora va obraz 
zamirida yotgan mazmunni to‘la o‘qib, uning nafosatini mohirona anglab olishga 
harakat qildi. Shuning uchun ham Shayxzoda tarjimasidagi Shekspir asarlari 
tarjimasi badiiy yuksakligi, jumlalarning pishiq va salmoqdorligi bilan ajralib 
turadi. “Romeo va Juletta” yoki “Hamlet”ning o‘zbekcha tarjimasini o‘qir ekansiz, 
unda qahramonlarning ruhiyatida kechayotgan behad chuqur ziddiyatlarni 
ifodalash uchun tarjimon o‘zbek tilining juda boy imkoniyatlaridan mohirona 
foydalana olganiga guvoh bo‘lamiz. Boshiga falak yog‘dirgan turfa zarbalardan 
ozorlanib, esankirab qolgan arosatdagi Hamletning monologi Shayxzoda 
tarjimasida shunday jaranglaydi: 
Tirik qolmoq yo o‘lmoq? Shudir masala! 
Qaysi biri bulardan bizga munosib? 
Shu dilozor falakning taxqirlariga 


448 
Shikoyatsiz- shikvasiz chidab tuurmoqmi? 
Yo‘qsa, unga rad- badal berib qo‘zg‘almoq, 
Qurol olib yo yengmoq yo mahv bo‘lmoqmi? 
O‘lish… Unutilish. Masala tamom! 
Tanimizga o‘ralgan ming-ming tashvishning 
Zanjirini ilol-abad uzadi o‘lim… 
Bu quyma satrlar tarjimon Shayxzodaning yuksak mahoratidan darak berib 
turibdi. Qaysidir jihati bilan taqdiri Hamletga o‘xshab ketadigan Mirzo Ulug‘bek 
tarixi Shayxzodani qiziqtirib qolgani bejiz emas. U ham hurfikrliligi, o‘z davridagi 
jaholatga qarshi bosh ko‘targanligi tufayli saroydagi fitna-fasod va ig‘volarning 
qurboni bo‘ladi. Shayxzoda “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi ustida yigirma yil 
ishladi. Mana shu davrda u “Hamlet” tarjimasi bilan ham shug‘ullandi. Shuning 
uchun bo‘lsa kerak, “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasidagi Shayxulislom bilan bo‘lgan 
suhbatida Ulug‘bekning so‘zlari Hamletning yuqorida keltirib o‘tganimiz – 
monologiga hamohang yangraydi: 
Sultonlarning nasibasi shu taxlit ekan, 
Siyosatga qurbon ketar ularning qalbi. 
Zero, hazrat, yaxshi biling va unutmangki, 
Shoh xotini bo‘lsa hamki, mutlaq begunoh, 
Uning nomi har xil gapdan, shubhadan. So‘zdan 
Xoli bo‘lib, oliy bo‘lib turmog‘i lozim, 
El og‘zida chaynalmog‘i baloyi azim. 
Feruzani seva-seva taloq beraman! 
Shoir Shekspir sonetlari tarjimasi ustida ham ishlar ekan, sonet janrining 
azaliy talablariga mutlaqo amal qiladi. Bunda uning, albatta dunyo adabiyoti 
tarixining katta bilimdoni ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Shu bilan birga u o‘zbek 
tilining eng nozik jihatlarini ham yaxshi bilishi, o‘zi tarjima qilayotgan asarning asl 
mag‘zini sof o‘zbekona so‘zlar orqali yetkazib bera olish mahoratini ham 
ko‘rsatadi: 
Dunyodan, falakdan bo‘lsam darg‘azab, 
Boshimga kelganda falokat qator
Men garang va loqayd samoga qarab, 
Yalinaman, ammo bk hkch qilmas kor. 
Sho‘rlik qismatimdan nuqul noliyman, 
Sanʼatda, mjodda sovrunlar olgan, 
Elning arzandasi umidga to‘lgan 
Baxtlilar o‘rnida bo‘lsaydim deyman. 


449 
Shu damda bexosdan kelasan yodga, 
O‘zim sustligimni qarg‘ayman paqqos, 
Bo‘ysunmay falakka va samovotga, 
Ruhim to‘rg‘ay kabi qiladi parvoz. 
Sening sevging bilan, xotirang bilan 
Dunyo shohlarining baridan zo‘rman. 
Rus adabiyoti javohirlari ham Shayxzodani maftun etib kelgan. U butun umri 
davomida bu ulug‘ adabiyotning namoyandalari ijodini o‘rgandi, ularni targ‘ib etib 
maqolalar yozdi, asarlarini o‘zbek tiliga o‘girdi. Bularning orasida A. S. 
Pushkinning “Mis chavandoz ” poemasi, “Motsart va Saleri”dramasi, 
Lermontovning lirik sheʼrlari va “Kavkaz asiri” dostoni, V.Mayakovskiyning 
“Juda soz” poemasi va sheʼrlari, shuningdek boshqa ko‘plab shoir va adiblarning 
asarlarini uchratish mumkin. 
Bundan tashqari Shayxzoda yunon, turk, ozarbayjon, gruzin, ukrain, belorus, 
arman, tojik adabiyotining eng sara asarlaridan namunalarni ham tarjima qildi. 
Umuman olganda, Maqsud Shayxzoda serqirra ijodi, xususan, Sharq va G‘arb 
adabiyotini o‘rganish, targ‘ib-tashviq etish hamda tarjimachilik borasidagi faoliyati 
bilan o‘zbek adabiyotining boyishiga salmoqli hissa qo‘shgan unutilmas 
ijodkordir. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin