Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   431
Anjuman Boku (6)

ishontirish, isbotlash, ta’sir ko’rsatish
metodining bir shakli sifatida xalqparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, 
insonparvarlik, ilmsevarlikni olqishlaydigan yoki nojo’ya xatti-harakatlarni 
qoralaydigan maqollar, qo’shiqlar, ertaklar va dostonlarni aytib o’git–nasihat usulidan 
keng foydalanganlar. Masalan, 
tez aytish
– bolalar nutqini o’stirishga, 
topishmoq 

topqirlik, 
maqollar –
odob-axloq, 
qo’shiq
lar –nafosat, 
doston va ertaklar
esa, ularning 
har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalashda ijobiy ta’sir ko’rsatgan. 
O’zbek xalq pedagogikasida bolalarni kundalik hayotga tayyorlashda 
namuna 
ko’rsatish 
metodi katta o’rin egallagan. Ayniqsa, bunda ishning ko’zini bilish, 


445 
uddaburonlikka alohida ahamiyat berilgan va u deyarli xalq og’zaki ijodiyotining 
barcha namunalarida o’z ifodasini topgan.
Rag’batlantirish metodi
 
esa
 
bola xatti-harakatlari, bajargan ishi va xulq-atvorini 
ma’qullash, maqtash, tabriklash tarzida qo’llanadigan usullardan biridir. Bu esa, uning 
kelajakda yanada namunali, go’zal xatti-harakatlarni amalga oshirish, o’z qobiliyati 
va bajargan yaxshi ishidan faxrlanish tuyg’usini o’stirishga xizmat qilgan. 
Taqdirlash metodidan
 
ham xalq pedagogikasida unumli foydalanilgan

Unda 
bolaning bajargan ishidan mamnunlik ifodasi bo’lgan «barakalla», «rahmat bolam», 
«omon bo’l» deyish, yoqimli kulib qo’yish, boshini silash, peshonasidan o’pib, 
quchoqlab bag’riga bosish ko’rinishida amalga oshirilgan. 
Tanbeh berish metodi
kichik yoshdagi bolalarga nisbatan, ular o’rtoqlari bilan 
qo’pol muomalada bo’lganda qo’llanilgan. Asosan topshiriqlarni bajarmagan yoki 
bajargan, isrofgarchilikka yo’l qo’ygan, qizlarni noo’rin ranjitgan o’g’il bolaga 
nisbatan qo’llanilgan. 
Man etish metodi esa
uyatli haqoratomuz iboralar aytgan, so’kingan, mayxo’rlik, 
giyohvandlik qilgan, qimor o’ynagan, qo’yingchi, inson sha’niga dog’ tushiruvchi 
ishlarga berilgan o’smirlarga nisbatan qo’llangan. 
Xulosa o’rnida aytish lozimki, ajdodlarimiz bolalarni xalqparvarlik, 
vatanparvarlik, qahramonlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, ilmsevarlik ruhida 
tarbiyalashda ishontirish, isbotlash, ta’sir ko’rsatish, ibrat namunasi, tajriba natijalari, 
tasdiqlash, rag’batlantirish, taqdirlash, tanbeq berish, man etish metodlaridan 
foydalanganlar. Shu tariqa, o’zbek xalq pedagogikasida mazkur metodlar mustahkam 
o’rnashib, bu sohadagi dastlabki ilmiy pedagogik yondashuvlarga asos bo’lgan. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin