Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Abdulla Qahhor. Asarlar. 5-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti,1989.
2. Ikrom Otamurod . Sopol siniqlari. – Toshkent: Ganjina. 2022.
3. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – Toshkent: Fan, 2004.
4.Seytlin A.T. Trud pisatelya. -M.:Nauka.1968.
5.
 
https://arboblar.uz/uz/people/ikrom-otamurod 
 
 
ADABIY MANBALARNING XALQ PEDAGOGIKASIDA TUTGAN 
O‘RNI 
 
Muxabbat SALAYEVA 
 pedagogika fanlari doktori,
Urganch davlat universiteti “Maktabgacha
ta’lim metodikasi” kafedrasi professori 
(O‘zbekiston)
ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada xalq pedagogikasidagi yondashuvlar o’zbek 
pedagogikasi taraqqiyotining asosiy manbai sifatida xizmat qilishi haqida fikr 
yuritiladi. 
Kalit so’zlar:
Xalq pedagogikasi, turkiy xalqlar, dostonlar, ertaklar, asotirlar, 
mavsumiy marosim qo’shiqlari, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, 
hikmatlar, aforizmlar, topishmoqlar, tez aytishlar, bolalar o’yinlari, to’y va aza 
qo’shiqlari, erkalashlar, ovutmachoqlar, qiziqmachoklar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, 
chorlamalar, cheklashmoqchalar, termalar, tabiat hodisalari aytimlari.
АННОТАЦИЯ. В этой статье рассматривается, как подходы в народной 
педагогике служат основным источником развития узбекской педагогики.


441 
Ключевые слова:
народная педагогика, тюркские народы, былины, сказки, 
асатыры, сезонные обрядовые песни, пословицы, легенды, пословицы, 
поговорки, афоризмы, загадки, скороговорки, детские игры, свадебные и 
траурные песни, ласки, потехи, причитания, причитания, призывы, термы, 
рассказы о природных явлениях. 
ANNOTATION. This article examines how approaches in folk pedagogy serve 
as the main source of development of Uzbek pedagogy.
Keywords:
folk pedagogy, turkic peoples, epics, fairy tales, asatyrs, seasonal 
ritual songs, proverbs, legends, proverbs, sayings, aphorisms, riddles, tongue twisters, 
children's games, wedding and mourning songs, caresses, fun, lamentations, 
lamentations, appeals, terms, stories about natural phenomena.
 
Mamlakatimiz 
mustaqillikka 
erishgunga 
qadar 
pedagogika 
tarixini 
davrlarshtirish 
masalasiga 
ijtimoiy-iqtisodiy 
formasiyalar 
nuqtai 
nazaridan 
yondashildi. Lekin, ilmiy tahlillar bunday yondashuvning noto’g’ri ekanligini 
asoslash imkonini berdi. Vaholanki, qadimiy Turon, Movarounnaxr, Turkiston va 
hozirda O’zbekiston deb ataluvchi hududda yashab kelgan tojik, qozoq, qirg’iz, 
qoraqalpoq kabi turkiy xalqlar, xususan, o’zbek xalqi tomonidan yaratilgan xalq 
pedagogik merosini mafkuraviy aqidalarga tayanmagan holda faqat jahon ilmi va 
pedagogika tarixi fani talablari asosida o’rganish, tasnif etish hamda talabalarga 
etkazish dolzarb masalalardan biridir. 
Ma’lumki, muayyan bir xalq va unga mansub bo’lgan pedagogikaning mazmuni, 
xarakteri mazkur xalq yashab turgan sharoitning o’ziga xos xususiyatlari bilan 
belgilanadi. O’zaro bir xil sharoitda yashagan turkiy xalqlarning madaniyati va aql-
idroki, mazkur xalqqa xos bo’lgan pedagogik qarashlarning vujudga kelishiga asos 
bo’ladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda O’rta Osiyo hududida yashagan turkiy xalqlar 
pedagogikasida umumiy jihatlar mavjud. Jumladan, taniqli pedagog A.E.Izmaylov bu 
haqda quyidagicha yozgan edi: “Qisman bo’lsa-da, turkman, qozoq, qirg’iz, 
qoraqalpoq, turkiy xalqlari hamda tojik xalqi og’zaki ijodi namunalari bilan tanishib 
chiqishimiz ana shu xalqlar pedagogikasida muayyan o’xshashlik va umumiyliklar 
borligini tasdiqladi”.
Darhaqiqat, o’zbek xalqining mashhur adibi Hamid Olimjonning ta’biri bilan 
aytganda: «Biz bir qorindan talashib chiqqan xalqlarning vakillarimiz. Bizning 
beshigimiz bir erda bo’lgan. Qozoq onasining aytgan allasiga o’zbek bolasi ham 
uxlagan. O’zbek tojiklar bilan bir hovlida yashab kelgan. Navoiyni turkmanlar ham 
xuddi o’zbekday yaxshi ko’radilar. Qirg’izning to’yi o’zbeksiz o’tmagan. Bizning 
xalqimiz bir-biridan qiz olib, qiz berib quda bo’lib kelganlar. Bizning yigitlarimiz bir 
maydonda uloq chopganlar. Bizning urug’larimiz bir-biriga chatishib ketgan. Bizning 
xalqimizni bir-biridan ajratib bo’lmaydi».
Shunday ekan, o’zbek xalq pedagogikasi bilan O’rta Osiyo hududida yashagan 
qozoq, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq kabi turkiy xalqlar hamda tojik xalq 
pedagogikasida umumiylikning mavjudligi ko’plab olimlar tomonidan ilmiy jihatdan 
asoslangan.


442 
Turkiy xalqlar pedagogikasi keng qamrovli hodisadir. Ajdodlarimizning oilaviy-
maishiy hayoti, ta’lim usullari, ibratli tajribalari dostonlar, ertaklar, asotirlar, 
mavsumiy marosim qo’shiqlari, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, 
hikmatlar, aforizmlar, topishmoqlar, tez aytishlar, bolalar o’yinlari, allalar, to’y va aza 
qo’shiqlari, erkalashlar, ovutmachoqlar, qiziqmachoklar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, 
chorlamalar, cheklashmoqchalar, guldur-guplar, o’yin-kulgular bilan bog’liq lapar, 
aytishuv, o’lan, termalar, ramazon, boychechak, yomg’ir, quyosh, yulduz, suv 
aytimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masharalamalar, «Navro’z», «Mehrjon», 
bahor, kuz, kish, yoz aytim qo’shiqlarida yorqin aks etgan.
Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asaridagi ayrim she’riy 
hikmatlar hamda boshqa manbalar orqali etib kelgan asotirlar, qo’shiqlar, maqollar va 
topishmoqlar, shuningdek, «Manas» «Dada Ko’rkut», «Alpomish» singari 
eposlaridagi ta’lim-tarbiyaga doir fikrlar ajdodlarimiz pedagogik qarashlarining 
ifodalari hisoblanadi. 
Bundan tashqari, «To’nyukuk», «Bilga-xaqon», «Kul tegin» yodnomalari va 
«Irk bitig» singari yozma yodgorliklarda ham turkiy xalqlarning juda qadim 
zamonlardagi pedagogik qarashlari o’ziga xos tarzda aks etgan. Bu pedagogik 
qarashlar mazkur xalqlarda umumiy sifat va xususiyatlarning shakllanishida ham 
muhim o’rin tutgan. Shuning uchun ham turkiy xalqlarning, shu jumladan, o’zbek 
xalqining uzoq davrlar davomida shakllangan og’zaki ijodida ifodlangan pedagogik 
qarashlari IX-XII asrlarda yashagan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ko’plab mashhur qomusiy 
olimlarning etishib chiqishlariga asos bo’lgan.
Uzoq davrlar davomida shakllangan pedagogik g’oyalar ajdodlarimizning ta’lim-
tarbiya sohasidagi qarashlariga asos bo’lgan. Chunonchi, Abu Rayxon Beruniy 
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yaratishda xalq og’zaki ijodidagi 
pedagogik g’oyalarga tayangan. Abu Ali ibn Sino esa, o’zining «Donishnoma» 
asarida ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib: «Bolaning talabini 
qondirmoq uchun unga ikki narsa qo’llamoq kerak: Biri – bolani sekin-sekin 
tebratish, ikkinchisi-uni uxlatish uchun odat bo’lib qolgan musiqa-allalashdir. SHu 
ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi 
bilan musiqaga bo’lgan iste’dodi hosil qilinadi», deb yozadi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’zbek xalq ijodida maktab, ilm-ma’rifat 
hamda yoshlarning o’qishga dav’at etilishi alohida o’rin egallaydi va u o’zbek xalqi 
pedagogikasining etakchi g’oyalari shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. Bizgacha 
etib kelgan maqollar, matallar, qo’shiqlar, afsonalar, rivoyatlar, ertak va dostonlarda 
bolalarga xat-savod, ilm o’rgatishga oid qarashlar ifodalangan. Xususan, ijtimoiy 
hayotda savodxonlik va dunyoviy bilimlarni o’rganishga bo’lgan ehtiyoj, 
qiziqishlarning tobora o’sib borishi, xalq donishmandlari tomonidan ilmni ardoqlash 
va yoshlarni ilmli bo’lishga dav’at etish, undashga qaratilgan pand-nasihatlar 
yaratishga sabab bo’lganligini asosli dalillar yordamida ta’kidlangan. 
«Ayoz», «Mohistor», «Orzusi ushaldi», «Qorasoch pari», «Kimyogar» kabi ertak 
va dostonlarda xalqning yoshlarni o’qitish-ilmli qilish borasidagi qarashlari, orzu-


443 
umidlari qadim zamonlardan beri umumiylikka ega bo’lib kelganligidan dalolat 
beradi.
O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalari tahlili shuni ko’rsatadiki, qadim zamonda 
odamlar o’z farzandalrini o’qitib, xat-savodli va ilmli bo’lishlarini orzu qilganlar. 
Maktablarda barcha bolalar birday bilim olganlar. Masalan, «Rustamzod va Sherzod» 
ertagida ko’rsatilishicha, ota har ikkala farzandining bilim olishiga birday g’amxo’rlik 
qilib, kuch sarflagan.
Xalq og’zaki ijodi manbalari shuni ko’rsatadiki, qadim davrlarda hukmron 
tabaqalarning bolalari uchun saroy huzurida uch turdagi maxsus maktablar mavjud 
bo’lgan: 
a) saroy ahli, yirik amaldorlar va badavlat kishilarning xonadonlaridagi yopiq 
maktablar; 
b) hukmron tabaqalarning bolalari o’qiydigan alohida yopik maktablar; 
v) savdogarlarning bolalari o’qiydigan alohida maktablar. 
Masalan, podshohlarning bolalari yopiq maktablarda maxsus o’qituvchilardan 
ta’lim olganlar.
O’zbek xalq og’zaki ijodida podshoh, saroy ahli va hukmron tabaqalarning 
bolalari uchun vujudga kelgan maxsus yuqori tipdagi yopiq maktablar va oddiy 
fuqarolarning bolalari o’qiydigan maktablar haqida ko’pgina materiallar uchrasa-da, u 
maktablardagi ta’lim-tarbiya ishining mazmuni, ta’limni tashkil qilish shakllari va 
o’qitish metodlariga oid ma’lumotlar uchramaydi. 
Shunga qaramay, turkiy xalqlar og’zaki ijodida tasvirlangan maktablarni faqat 
bolalarga xat-savod o’rgatadigan maktablarning ham ba’zilari o’z shogirdlarini 
zamonaviy rasm bo’lgan dunyoviy (ilmiy) bilimlar bilan qurollantirgan va shunday 
dunyoviy bilimlar berishga qodir bo’lgan etuk o’qituvchi (mulla) va mudarrislar, xalq 
donishmandlari (oqsoqol va otinoyilar) ham bo’lganligi shubhasizdir.
YUqoridagilar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, O’zbek pedagogikasi 
taraqqiyoti tarixida xalq donishmandlari maktab va madrasa ta’limiga katta baho 
berganlar. YOshlarning aql-idroki, fahm-farosati, odob-axloqi, kamoloti, insoniy 
fazilatlarining shakllanishi va tadbirkorligi ilmli bo’lishlariga bog’liq deb tasavvur 
qilingan va o’sha davrlarda muammo sifatida e’tirof etilgan tabiat sirlari sehrlari, 
tilsimotlar orqali tasvirlangan mo’’jizalarning ham ilm orqali ro’yobga chiqishiga 
ishonch bog’laganlar. Shuningdek, ilm orqali dunyoda eng qimmatbaho hisoblangan 
narsalarni ham yaratish mumkinligiga ishonganlar. 
Garchi o’zbek xalq og’zaki ijodiyotida maktab va madrasa ta’limining mazmuni 
va o’qitish metodlariga doir alohida materiallar uchramasa ham maqollar, ertaklar va 
dostonlarga asoslangan holda maktablar bolalarni xat-savodini chiqarish va empirik 
bilimlar berish, madrasalar esa o’z talabalarini dunyoviy (ilmiy) bilimlar bilan 
qurollantirishga qodir bo’lganligini anglash mumkin. 
O’zbek xalq og’zaki ijodi materiallarini muhim qimmatga ega bo’lgan alohida 
xarakterli tomonlaridan yana biri shundaki, o’z davrida o’qib, xat-savodli bo’lib 
etishgan yoshlarni o’sha davri nuqtai nazaridan har tomonlama kamolotga erishgan 
shaxs deyish mumkin. Garchi o’zbek xalq og’zaki ijodida maktab va madrasalar 
ta’limini aqliy tarbiyaning asosi bo’lishligi darajasidagi ahamiyati ochib berilmagan 


444 
bo’lsa-da, maktab ta’limi orqali aqlli, idrokli, fahm-farosatli, tadbirkor kishilar bo’lib 
etishganliklari aks ettirilgan. 
O’qimishli bo’lib etishgan kishilar dunyoviy masalalar yuzasidan bo’ladigan 
munozaralarda engib chiqadilar, muammo jumboqlarni echadilar, turli tilsimotlarning 
sirini tez anglaydilar va ular bilan muomala qilish yo’llarini aniq idrok etadilar. 
G’ayritabiiy kuchlar – devlar, adjarholar va sexrgarlarning xurujiga qarshi kurash 
yo’lini biladilar. 
Shu bilan bir qatorda, maktab va madrasa ta’limini ko’rgan asar qahramonlari 
zamonasining har tomonlama eng etuk kishilari sifatida jismoniy jihatdan sog’lom, 
baqquvat, chidamli, qo’rqmas, botir, estetik did va zavqi baland axloqiy pok – 
xalqparvar, adolatli, kamtar, saxovatli kishilar sifatida gavdalanadilar. Biroq o’sha 
davrda umumiylikka ega bo’lgan maktab va madrasalarda bolalarni qay yo’sinda 
o’qitish, qay darajada ilm berish domlalarning shaxsiy ishi va mudarrislik mahoratiga 
bog’liq bo’lganligini ko’ramiz. Maktab va madrasa ta’limining mazmuni, hatto xat-
savod o’rgatish, ta’limning tashkiliy shakli hamda o’qitish usullarida ham mutlaqo 
umumiylik bo’lmagan. Har bir maktab muallimi, madrasa mudarrisi o’z dunyoqarashi 
doirasida o’quvchi va talabalarga bilim bergan. Shuningdek, o’z davrida yuksak 
tayyorgarlik va pedagogik mahoratga ega bo’lgan, ma’lumotli, o’z kasbini sevgan, 
bolalar takdiri va kelajagini o’ylaydigan, xalq xurmatiga sazovor bo’lgan ustoz-
muallimlarning xizmatlariga yuksak baho berilgan. Bundan shu narsa ayon bo’ladiki, 
xalq donishmandlari yuksak mahorat egasi bo’lgan ustoz-muallimlarga katta umid 
bog’laganlar.
O’zbek xalq og’zaki ijodi tahlili bolalarning savodxon va ilmli bo’lib etishishlari 
faqat maktab muallimlari va madrasa mudarrislarigagina bog’liq bo’lmay, balki 
o’quvchi hamda talabalarning o’z mehnatlari samarasi ekanligi ham xalq og’zaki ijodi 
namunalarida ham o’z ifodasini topgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, o’zbek xalq pedagogik merosida maktab va 
madrasadagi ta’lim-tarbiya mazmuni va o’qitish metodlariga doir fikr-mulohazalar 
uchramasa ham, aynan o’quvchi-talabalarning intizomiga nisbatan domla-mudarrislar 
tomonidan qo’llaniladigan jazo metodlari juda ko’p ertak va dostonlarda o’z aksini 
topgan. Vaholanki, o’sha davrda ota-onalar ham bunday «Jazo metodi»ga hayrixohlik 
bilan qaraganlar. Ular jismoniy jazosiz ta’lim berish mumkin emas, degan fikrga 
qat’iy ishonganlar. Shuninng uchun ham ota-onalar o’z farzandlarini maktabga 
topshirar ekanlar, o’qituvchiga «Bolaning eti sizniki, suyagi bizniki» degan fakrni 
ta’kidlab aytganlar.
Ota-onalar va oiladagi keksalarni 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin