Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.
Mahmud Toir “Ahli muhabbat, qaydasiz”. – Toshkent: G‘afur G‘ulom 
nomidagi nashriyot matbaa uyi, 2014. 220 s. 
2.
Mahmud Toir “Bedorlarga bering dunyoni”. – Toshkent: “O‘qituvchi”. 
2012. 314 s.
3.
Mahmud Toir “Mendan meni so‘rama”. – Toshkent: “Sharq”. 2007. 189 s. 
4.
 
https://kh-davron.uz
 
5.
 
https://conf.iscience.uz/index.php/mahalliykonf/article/view/151
 
 
ABDURAZZOQ FAQIRIY VA XORAZM ADABIY MUHITI 
 
Akbar OTABOYEV, 
Urganch Davlat Universiteti 
o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi 
(O‘zbekiston) 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada XIX-XX asr boshlarida Xiva adabiy muhiti 
va uning taniqli namoyandalari, shuningdek, Xivada yashab ijod etgan shoirlardan 
biri Abdurazzoq Faqiriyning hayot yo‘li, ijodi hamda maslak-qarashlari imkoni 
boricha yoritishga harakat qilingan.
 
Kalit so‘zlar: 
Xiva adabiy muhiti, tasavvuf, g‘azal, “Devoni Faqiriy 
Xorazmiy”, poetik uslub, demokratik g‘oyalar. 
Annotation: 
In this article, the literary environment of Khiva and its famous 
representatives, as well as the life path, work and professional views of one of the 
poets who lived and worked in Khiva, were tried to be covered as much as 
possible.
 
Key words:
literary environment of Khiva, mysticism, ghazal, "Devony 
Fakhiri Khorezmi", poetic style, democratic ideas. 
Аннотация
: В данной статье постарались максимально полно осветить 
литературную среду Хивы и ее известных представителей, а также 
жизненный путь, творчество и профессиональные взгляды одного из поэтов, 
живших и творивших в Хиве. 
Ключевые слова:
литературная среда Хивы, мистика, газель, «Девоны 
Фахири Хорезми», поэтический стиль, демократические идеи. 
Xorazm – insoniyat badiiy tafakkuri rivojiga ulkan hissa qo‘shgan qadimiy 
maskanlardan biri. Bu tabarruk zaminda tavallud topgan ijodkorlar o‘zbek 
adabiyoti tarixining barcha bosqichlarida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishgan. Milliy 


568 
ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan mumtoz adabiyotimiz bisotining 
salmog‘ini belgilashda Xorazm adabiy muhitining alohida o‘rni bor.
Adabiyotimiz rivojining g‘oyaviy-badiiy mundarijasida ustuvor bo‘lgan 
tasavvufona qarashlar (XI-XIV asrlar), dunyoviy gumanistik motivlarning 
kuchayishi (XV-XVIII asrlar), ma’rifatparvarlik va demokratik g‘oyalarning keng 
yoyilishi (XIX-XX asr boshi) bilan xarakterlanadigan keyingi bosqichlarida ham 
Xorazm adabiy an’analar markazlaridan biri bo‘ldi [1]. Aynan, mana shu uchinchi 
bosqichda Xorazm adabiy muhitining darg‘alaridan bo‘lgan Munis, Ogahiy va 
Komil Xorazmiy singari qalam ahllarining munosib davomchilari sifatida adabiyot 
maydoniga kirib kelgan Chokar, Mutrib, Ahmad Tabibiylar qatorida shoir 
Abdurazzoq Faqiriyning ham nomini tilga olish o‘rinlidir. Shuningdek, bu davrda 
Xivada Komil Xorazmiy (1825-1899), Muhammadrasul Mirzo (1840- 1922), 
Muhammad Rahimxon Feruz (1844-1910), Muhammad Yusuf Bayoniy (1840-
1923), Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fi (1860-1916), Avaz O‘tar o‘g‘li (1884-
1919), Safo Mug‘anniy (1882-1938), Komiljon Devoniy (1887-1938), 
Muhammad Rahim Rog‘ib (1918 y. vafot etgan) kabi ko‘plab shoirlar ham yashab 
ijod etdilar.
Adabiy harakat ko‘proq ma’rifatparvar xon Muhammad Rahimxon II 
atrofida rivoj topdi. Muhammad Rahimxon Soniy – Feruz saroyda adabiy muhitni 
maydonga keltirdi. Uni yaqindan bilgan ko‘pchilik tadqiqotchilar fikricha, O‘rta 
Osiyo xonlari orasida eng aqllisi, eng ziyolisi Feruz edi. U o‘sha davrga qadar 
o‘tgan hukmdorlar ichida eng ko‘p muddat xonlik qilgan va o‘zidan keyin yaxshi 
nom qoldirgan hukmdorlardan biridir. Muhammad Rahimxon soniyning xonlik 
davri 1863-1910 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu davrda Xorazm o‘lkasida juda ko‘plab 
o‘zgarish, yangilanishlar ro‘y berdi. U “usuli jadid” ga yo‘l berdi, ruslar 
kelmasdan ancha ilgari Xivaga toshbosma olib keldi. Uning topshirig‘i bilan
Ahmad Tabibiy (1869-1911) “Majmuat ush-shuaroyi Feruzshohiy” (“Feruzshoh 
shoirlari antologiyasi”) ni tuzadi. Qo‘qon xoni Amir Umarxonning 1821- yilda 
tuzdirgan “Majmuai shoiron”ini esga tushuruvchi bu kitobdagi matnlarning 
aksariyati o‘zbek tilida edi. Bu haqda tarixnavis Hasanmurod Laffasiy shoh va 
shoir Feruz zamonida ko‘plab madrasalar qurilganini, matbaachilik yo‘lga 
qo‘yilganini, kitobxonlik avj olganini, xonning o‘zi bularning barchasiga 
boshchilik qilgani haqida ma’lumot beradi: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin