571
bog‘lay olmaymiz. Ma’lumki, Navoiy ijodi g‘oyasining, fikrlari va xulosalarining
negizi bo‘lgan tasavvuf ta’limoti asosida shakllangan mumtoz adabiyotimizda ishq
tushunchasi asosiy tasvir markazi hisoblanadi. Bu ta’limotga ko‘ra, ishq ikki xil,
ya’ni haqiqiy va majoziy bo‘ladi. Majoziy ishq deganda bandaning o‘ziga
o‘xshagan insonga, ya’ni Payg‘ambarlarga, avliyolarga, ota-onaga, yorga,
farzandga, do‘stga bo‘lgan muhabbati tushuniladi. Haqiqiy ishq esa faqat ma’shuqi
azalga, ya’ni Allohga bo‘lishi kerak. Shuning uchun Navoiy g‘azallarida
uchraydigan yor, mahbuba, dildor
obrazlari Yaratganni anglatsa, oshiq deganda
Xudo yo‘liga o‘zini baxsh etgan solik banda tushuniladi. Raqib, dushman, g‘anim
obrazlari bevosita insonni haddan ziyod tubanlashtiradigan nafsni, o‘tkinchi
dunyoga bo‘lgan sevgini anglatadi. Tasavvuf adabiyoti mana shunday o‘ziga
xoslikka ega. Lekin Faqiriy bu adabiyotning to‘laqonli vakili bo‘lmasa-da, Navoiy
ijodiga bo‘lgan qiziqishi va undan ijodiy oziqlanishi natijasida tasavvuf adabiyoti
namoyandalari: Mashrab, So‘fi Olloyor, Ubaydiy asarlariga hamohang she’rlar
yarata olgan. Faqiriyning she’rlari, asosan, dunyoviy adabiyotga xos gumanistik
g‘oyalar bilan sug‘orilganligini unutmasligimiz kerak. Bu esa bevosita shoir
she’riyatini haqqoniy baholay olishimizga turtki beradi.
Feruz davrida gullagan adabiyot bo‘stoni undan keyin hukmdorlik qilgan
Asfandiyorxon zamonida tanazzulga yuz tuta boshladi.
Iqtidorli shaxslarga
g‘oyatda mehr bilan qaragan Feruzning o‘g‘li Isfandiyorni valiahd etib tayinlashiga
ham uning Farrux taxallusi bilan she’rlar yoza boshlagani sabab bo‘lgan. Feruz
ijod ahlining qalbida go‘zallik va ezgulik bo‘lishiga qattiq ishongan. Ammo o‘g‘li
Isfandiyorxon noqobilligi uchun ijodkorlarga muruvvat qo‘lini cho‘zmadi.
Xususan, o‘sha davr Xiva adabiy muhitining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri
Avaz O‘tarni ikki yuz darra urdirgani ham ayni haqiqat edi. Shoir Faqiriy esa
bevosita markazdan chetlatildi. Bu davrda omma hayoti yanada og‘irlashadi.
Turmush va xizmat taqozosi bilan xalqning azobi, iztirobga to‘la ahvolini o‘z
ko‘zi bilan ko‘rgan Faqiriy saroy a’yonlarining chirkin muhitidan nafratlana
boshlaydi.
Tarixiy taraqqiyot, ijtimoiy muhitdagi muttasil o‘zgarishlar shoir
dunyoqarashiga ijobiy ta’sir qiladi. 1905-1907 yillarda avj olgan inqilobiy
qo‘zg‘alishlar Faqiriy nazmining ruhini o‘zgartirgan bo‘lsa, Asfandiyorxonning
kirdikorlari uning ijodida saroy muhitiga nisbatan tanqidiy munosabatni
kuchaytirdi. Ya’ni Faqiriy ijodining bu davrdagi mohiyati xalq hayotini haqqoniy
tasvirlashni o‘ziga maqsad qilib olganidan iboratdir. Shoir sifatida olam
go‘zalliklari va inson latofatini tarannum etuvchi ishqiy g‘azallar
yaratib kelgan
Faqiriy bevosita Xiva xoni Isfandiyorxonning jabr-zulmini, xalq boshiga keltirgan
qayg‘u-kulfat va alamlarini, axloqiy buzuqligini fosh etishga qaratilgan bir qancha
she’rlar yoza boshladi. Shoir “Ey palid” she’rida Isfandiyorxonni tubandagicha
tasvirlaydi:
572
Zulmingni haddan oshirib,
Haqgo‘y og‘izga tosh urib,
Har dam fahshingni yashirib,
Bezoridirsan, ey palid [6].
Faqiriy yoshi o‘tib qolganiga qaramasdan, madaniyat va maorif idoralarida,
jumladan, Laffasiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1920-1921 yillarda
“Xorazm xalq
Sho‘rolar Jumhuriyati zamonida hukumatga anchagina xizmatlar qilgan”
[7].
Faqiriyning nafaqat ijodiy merosi, balki hayot yo’li ham xalq hayotini
kuylash, uning og’riqli nuqtalarini chuqur his etish barobarida bugungi davr uchun
ibrat maktabi bo’lib qolganligini alohida e’tirof etmoq lozim.
Shoirning ijodiy
merosi esa yetarlicha o’rganilmayotgani ham ayni haqiqatdir. Chunki Xiva adabiy
muhiti haqida chuqur to’xtamga ega bo’lish uchun shu davr adabiy harakatining
barcha namoyandalari ijodini atroflicha o’rganish, o’ziga xosliklari va mushtarak
jihatlarini aniqlash kerak. Faqiriy o’zidan oldingi shoirlarning ham,
zamondoshlarining ham she’riy merosini to’laqonli o’rganib, ularga o’xshash va
o’xshamagan qarashlarini ifodalay olgan. Ayniqsa, uning ayrim she’rlarida
zamondosh shoirlardan Chokar, Mutrib kabilarning she’rlariga o’xshatmalar
yozgani ham shundan dalolat beradi. Faqiriy ham safdoshlari qatorida
insonparvarlik g‘oyalarini
tarannum etgan,
“boshig‘a hardam tiyri sitam
yog‘ilmish mardum”
ahvolidan benihoya aziyat chekkan, xalqni olg‘a chorlagan,
eskilik sarqitlarini inkor etgani holda xalq ma’rifatini o‘stirish, dunyo mamlakatlari
qatorida savodli va madaniyatli jamiyat barpo etish yo‘lida jonkuyarlik ko‘rsatgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, jadidchilik harakati maydonga keldi.
Faqiriy ham shu harakatning peshqadamlaridan biri edi. Ularning fikricha, savod
chiqarishning dastlabki yoʻli toʻxtovsiz rivojlanib
borayotgan dunyo ilm-fanini
qamrab olgan jadid maktablarini tashkil qilish edi. Faqiriy ham “Yangi maktablar”
she’rida shunday qarashlarni badiiy jihatdan goʻzal satrlarda ifodalab beradi:
Bilingkim, toza davron jarchisidur yangi maktablar,
Jaholat qasrini ham buzgʻusidur yangi maktablar
.
Faqiriy ijodida yosh avlodni ma’rifatli qilish, xalqning savodxon boʻlishini
koʻrish orzusi, pand-nasihatga alohida e’tibor qaratish asosiy oʻrin tutadi. U o’sha
davrdayoq millat taqdiri, uning istiqbolini belgilovchi omillardan biri xalqning turli
xil ilm-hunarlarni o’zlashtirishidan iborat ekanligini teran angladi.
Umrining ijtimoiy, adabiy faol kechgan so‘nggi davri ijtimoiy ruh,
ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan Abdurazzoq Faqiriydan bizga boy
adabiy meros qoldi. Bugun bizning oldimizda turgan vazifalardan biri ham Xiva
adabiy muhitida alohida mavqega ega bo’lgan shoirlardan biri bo’lmish
Abdurazzoq Faqiriyning lirik merosini to’laqonli o’rganish
va uning ijodida
yetakchilik qiladigan ustuvor g’oyaviy yo’nalishlarni belgilash orqali shoirning
573
ijodi bilan keng ommani tanishtirishdan iborat bo’ladi. Faqiriy ijodining
o’rganilishi zarur bo’lgan qirralari juda ko’p. Uning adabiy merosi mazmuni
jihatidan ham, hajmi jihatidan ham salmoqdor.
Dostları ilə paylaş: