Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə388/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   431
Anjuman Boku (6)

dutmang, duta, vermangiz, demazmanki, ban, dutaram
kabi ozar lahjasini 
saqlaydi. Jumladan, Fuzuliy oshiqona g’azalida “Oshiq bir guli ra’no etgini tutish 
uchun elib-yugursa, guli ra’no bir oshiqi shaydo etagiga yopishishidan xavotirda. 
Etagini tutish uchun hatto yo’l ustida yotgan tuproqqa aylanganini bilgani uchun 
etagini ko’tarib, erga tegishga qo’ymaydi”, – deb lutf etsa: 
Ala olur kezajak ul guli ra’no etagin, 
Vahm edarkim, tuta bir oshiqi shaydo etagin. 
 
Bildikim, xoki rah o’ldim etagin tutmoq uchun, 
Ko’tarar, dushmaka qo’ymaz era amdo etagin, – 
Muhyi o’zining orifona tatabbusida “Ey jahon xalqi, zinhor dunyo go’zali 
etagini tutmang, zero, g’amu g’avg’o etagini tutishning sizga nima hojati bor? 
Yana zulfi parishonlarga sira ko’ngil bermang, chunki oqil kishining savdo etagini 
tutish munosib emas”, – deya o’git beradi: 
Dutmang, ey xalqi jahon, shohidi dunyo etagin, 
Duta sizlarga na hojat g’amu g’avg’o etagin. 
 
Vermangiz dilni yana zulfi parishonlarga, 
Oqil ersang na munosib duta savdo etagin. 
Fuzuliy uchinchi baytda mubolag’a san’atini haddi a’losiga etkazib, 
“Kechalar bu kofir kabi zolim dastidan chekkan dodu faryodlarim ko’kka yuksalib, 
Masihoning etagiga yopishadi”, – deb yozadi: 
Dodlar qilmog’a ul kofir alindan, kechalar 
Chiqar ohim ko’ka to tuta Masiho etagin. 
Muhyi esa maqtada Navoiy kabi o’zining ham tajarrud etagini tutgani, 
binobarin u ko’kka yuksalib, Masiha etagini tutsa ajab emasligiga ishora qiladi: 
Ixtiyor etti tajarrud bu jahonda, ahbob, 
Bok emas dutsa agar Muhyi Masiho etagin. 
Ma’lumki, Iso alayhissalom zuhdu taqvosi bilan mashhur bo’lgan. Zohidlik 
tarixini uning nomi bilan bog’lashlari bejiz emas. U tarkidunyo qilganligi va 
himmatining yuksakligi tufayli tiriklay osmonga ko’tarilib, quyosh bilan birga 


848 
to’rtinchi falakda maqom tutgan. Bu haqda Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo” 
asarida shunday yozadi: “Iso alayhissalom olam va dunyo asbobidin (narsalaridan 
– E.O.) hech nima qabul qilmadi va alardin bir pashmina (jundan tikilgan – E.O.) 
to’n va bo’rk (bosh kiyimi, kuloh – E.O.) va bir asosi bor erdi. Bir yerda bo’lmas 
erdi, doyim sayrda erdi. Ro’zi (rizq – E.O.) uchun kasb qilmadi, har ne etti – qone’ 
(qanoatli – E.O.) bo’ldi. Chun havoriyun (havoriylar – Isoning shogirdlari – E.O.) 
iltimos qildilarkim, bir markab (ulov – E.O.) mingilkim, yayog’liq (yayovlik – 
E.O.) mashaqqati kamroq bo’lgay. Aning emak va muhofazati tashvishidin rad 
qildi. Va iltimos qildilarkim, bir maskan yasoli. Qabul qilmadi. Va zuafo (ayollar – 
E.O.) bilan ixtiloti (munosabati – E.O.) yo’q erdi. Bu jihatdin mujarradliqqa 
(yolg’izlik, uylanmaganlik – E.O.) mashhur bo’ldi”. 
Fuzuliy beshinchi baytda taalluq tikani, ya’ni bu dunyoga bog’liqlik zanjiri 
etagidan qat’iyan tutib qolmasligi uchun junun sahrosining sargardoni bo’lish 
kerak deya so’fiyona qarashni ilgari suradi: 
O’yla uryon kerak ovorai sahroyi junun − 
Ki, taalluq tikani tutmaya qat’o etagin. 
Muhyi esa yettinchi baytda bu dunyo go’zalidan bog’liqlik rishtasini uzgan 
jannatda hurlar etagini tutadi deydi: 
Aylagan tarki taalluq bu jahon mahvashidin, 
Dutar ul jannat aro zavq ila havro etagin. 
Fuzuliyning “laziz” radifli g’azali ham Muhyiga ayni radifda ikki g’azal 
yozish imkonini bergan. Lekin vazn va qofiyani saqlasa-da, har ikki g’azalda ham 
qofiya tizimni o’zgartiradi. Chunonchi, g’azal maqtasida Fuzuliy dunyoning 
barcha ne’matlarini ko’rdim, lekin dilbar diydoridek laziz ne’mat ko’rmadim deb 
yozadi: 
Ey Fuzuliy, olaming ko’rdim qamu ne’matlarin, 
Hech ne’mat ko’rmadim diydori dilbartak laziz. 
Muhyi esa tatabbularidan birining ettinchi baytida ayni haqiqatni boshqacha 
shaklda takrorlaydi: 
Garchi ko’pdur bu jahonda ne’matu lazzat vale 
Manga bo’lmas ne’mati diydori jonondek laziz. 
“Bu jahonda ne’matu lazzat har qancha ko’p bo’lmasin, men uchun hech biri 
yor diydori ne’mati qadar laziz emas”. 
Kuzatishlardan ma’lum bo’ladiki, buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri 
Fuzuliy adabiy merosini Muhyi sevib mutolaa qilgan, undan mahorat sabog’ini 
olgan, qator g’azallariga tatabbular qilib, buyuk salafi ta’rifida ikki qit’a bitgan. Bu 
hol “fasohat gulshanining bulbuli” Muhyining shoir sifatida shakllanishi va 
mahorat kasb etishida Anvariy, Sa’diy, Salmon, Hofiz kabi fors-tojik, Lutfiy, 


849 
Navoiy, Amiriy singari o’zbek shoirlari qatorida ozarbayjon so’z san’atkorlaridan 
Xoqoniy bilan birga Fuzuliyning ham muhim hissasi borligini ko’rsatadi.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin