Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


ña görinə! ‒ dedi. Amma mən Baniçicəgiñ dadisiyam. Gəl, imdi sənüñlə



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   431
Anjuman Boku (6)

ña görinə! ‒ dedi. Amma mən Baniçicəgiñ dadisiyam. Gəl, imdi sənüñlə 
ava çiqalim. Əgər səniñ atuñ mənim atumi keçersə, onuñ atini dəxi keçərsən və 
həm səniñlə gürəşəlim. Məni basarsañ, ani dəxi basirsan
”, ‒ dedi”. (Kitabi-Dədə 
Qorqud. 56-b. Əsil mətn. Baki, 2004)
Turkiy xalqlarda qiz va yigitning o’zaro bellashuvi, jumladan, kamondan o’q 
otish, kurash tushish hamda ot poygasida kuch sinash ajdodlari bo’lmish sak-
massagetlardan qolgan an’analar sirasiga kiradi. Tarixchi olimlarning qayd 
etishicha, sak-massaget qabilalari orasida biror yigit qizga sovchi qo’ysa, qiz unga 
aynan shu shartlardan o’tishni talab qilgan. SHart bajarilsa, qiz yigitga turmushga 
chiqqan.
“Dirsaxon o’g’li Bo’g’ochxon dostoni”, “Qangli Bahodir o’g’li Qonto’rali 
dostoni”, “Qaziliq Bahodiro’g’li YAganak dostoni”, “Bosotning Tepako’zni 
o’ldirishi dostoni” kabi bo’ylarda o’g’uz alplari yurtni yoxud yaqinlarini dushman 
iskanjasidan ozod qilib, jasorat ko’rsatishadi. 
E’tiborli jihatlardan yana biri, epos bo’ylarini bir-biri bilan bog’lovchi 
qahramonlardan biri, ta’bir joiz bo’lsa bo’ylarning yaratuvchisi hamda kuylovchisi 
Dada Qo’rqut ham qahramonlik namoyish qiladi. To’g’ri, aksariyat 
Qo’rqitshunoslar Dada Qo’rqutni urug’ boshlig’i, o’zon, avliyo, shomon deya 


96 
ta’kidlashadi. Ammo epos tahlili, mutolaasi o’qirmanga Qo’rqit Otaning qilgan 
qahramonliklari haqida ham so’zlaydi.
Jumladan, Bamsi Bayrak Bonuchechakka talabgor bo’lganda, o’g’uzlar 
qizning akasi Dali Qarchardan qo’rqib, sovchilikka borolmay turishganda, el Dada 
Qo’rqutning borishini iltimos qiladi.
Dali Qarchar chapani, singlisini so’rab borgan sovchini o’ldirar edi. Qo’rqut 
Ota barcha mas’uliyatni zimmasiga olib Dalining oldiga borib, uning shartlarini 
bajaradi. Nihoyat Dali taqdirga tan berib, Bonuchechakning uzatilishiga rozi 
bo’ladi. Mana shu birgina jihat ham turkiy qavmlar orasida yoshulliyu oqsoqollar 
ham muhim o’rin tutganidan darakdir.
Eposdagi 12 bo’yning barchasida yuqorida ta’kidlanganidek, o’g’uz yoxud 
turkiy er-yigitlar faqat qahramonliklar ko’rsatadi. Ularga xiyonat, qo’rquv, 
hayiqish begona. Epos so’nggidagi Ich O’g’uz va Tash O’g’uz o’rtasidagi jang 
ham anglashilmovchilik, munosabatlar o’rtasidagi tafovut sabab yuzaga kelgan. 
To’g’ri, buzuq (bo’zo’qlar) hamda uchuq (ucho’qlar) orasidagi farq, buning tarixiy 
ildizi yana bir qadimiy turkiy eposi “O’g’uznoma”ga borib taqaladi. Bu haqda 
boshqa maqolalarimizda batafsil to’xtalganimiz bois (Oripov, “Dada Qo’rqut” ‒ 
“O’g’uznoma” kitobiy eposning davomi(mi)?!, 2022-y, B.61-67), ortiqcha 
murojaat qilishni lozim topmadik.
Akademik Baxtiyor Nazarov fikriga ko’ra: “

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin