Dostonda oxirigacha
qahramonlik pafosi hukm suradi. Shu ma’noda u qo’rqoqlik, noshudlik,
sotqinlik, xudbinlik va har qanday zo’ravonliklarga qarshi aybnomaday
o’qiladi
”. (
Nazarov, “Qo’rqut ota kitobi” haqida, 1988. B.39-41.
)
Darhaqiqat shunday. Ota-bobolarimiz qonidagi Ona yurtga sadoqat, yigitlik
burchiga bo’lgan mehr, yovga qarshi yovqurlik fazilatlari aks etgan “Kitabi Dadam
Qo’rqud” bugungi kunda ham har bir turkiy o’g’il qizi uchun dasturilamal bo’lib,
ularni ruhlantirib, yangi marralar, ilm-ma’rifat, vatanparvarlik sari olib boruvchi
yonar chiroq bo’layotgani quvonarlidir.
Uni yosh-avlod o’qishi, uqishi hamda yuragiga jo etishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Kitabi-Dədə Qorqud. Əsil mətn. Baki, 2004, B.18-170.
2.
Назаров Б. «Қўрқут ота китоби» ҳақида // Ёшлик. ‒ Тошкент, 1988. ‒ №5.
‒ Б.39-41.
3.
Орипов Д. “Дада Қўрқут” ‒ “Ўғузнома” китобий эпоснинг давоми(ми)?!
“INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE”. Xalqaro
CANADA (Ottava) konferensiyasi.20-iyun, 2022-yil.
97
FOLKLORNING BADIIY ADABIYOTDAGI O’RNI
Norbibi RO’ZIMURODOVA
Mustaqil izlanuvchi
Annatatsiya: Ushbu maqolada folklorshunoslik tarixi xususida, uning
an'anaviy mohiyati to'g'risida so'z borilgan. Ayrim folklor namunalari tarixiy
bosqichlari haqida malumot berilgan. Zamonaviy folklor matnini yig'ish va qayta
ishlanishi tahlilga tortilgan.
Kalit so'z: Folklor, matn tarixi, matn yig'ish, tahlilga tortilishi.
Аннотация:
В
данной
статье
рассказывается
об
истории
фольклористики и ее традиционной сущности. Дана информация об
исторических этапах некоторых образцов фольклора. Анализируется сбор и
обработка современного фольклорного текста.
Ключевые слова: Фольклор, история текста, коллекция текстов, анализ.
Annotation: This article talks about the history of folklore studies and its
traditional essence. Information about the historical stages of some examples of
folklore is given. Collection and processing of modern folklore text is analyzed.
Key word: Folklore, text history, text collection, analysis.
Adabiyot dunyo xalqlarni hafikr va hammoslak bo’lishi uchun asosiy
vositadir. Shuning uchun ham u millat, din va irq tanlamaydi. Barcha insonlar
qalbida birdek yo’l topib, ularni bir-biri bilan hamdo’stlik rishtalarini bog’lashlari
uchun xizmat qiladi. Shuning barobarida butun dunya aholisining ma’naviy mulki
bo’lib qoladi. Ayniqsa, folklor – xalq og’zaki ijodoyoti bu borada eng yetakchi
vositalardan biridir. Xalq og’zaki ijodidagi namunalarni barcha xalqlar birdek
sevadi va o’rganadi. Mashhur allomalar esa bu manbalardan foydanib o’z asarlarini
yozadilar. Ularga tayanib matnlarini o’rganib, shu davrda bo’lgan adabiy jarayon
bilan ham tanishganlar.
Badiiy adabiyotning quroli va manbasi folklor hisoblanadi. Qadimiy yozma
adabiyot tarixida Qadimiy Yunon va Hind xalqining xalq og’zaki eposlarining
ahamiyati katta. Bu xususda V.G Beleniskiy shunday ta’rif beradi. “Qadimgi
Yunon xalq og’zaki ijodiyoti, butun dunyoning mulkidir. Hatto Hindlarning san’ati
va adabiyoti ham, oalmshumul tarixiy taraqqiyotning bir bosqichi sifatida,
olamshumul ahamiyatga egadir”. [ 1-89 ]
O’zbek adabiyotini tarixining qadimgi bosqichdagi rivojlanish omillari
bevosita xalq og’zaki ijodi bilan bog’lash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga
qadimgi badiiy adabiyot ikki qismdan iboratdir; folklor va yozma manbalar
98
Adabiy jarayon tarixiga nazar solib shu narsaga guvohi bo’lamizki arab
istilosidan so’ng ko’plab yozma manbalar, folklorning benazir namunalari
yuqotildi. Qolgan kamgina miqdori esa ma’naviy xazinamizning o’lmas boyligidir.
Barcha xalqlarning avvalgi badiiy kolomi folklor bo’lib, yozma
manbalarning asosi hisoblanadi. Qadimgi zamonga yozuv va kitobiga ega bo’lgan
xalqning folklore tarixi ham ancha ilgari rivojlangan.
Folklor namunalarini yig’ib, uni asrash va qoyda sayqal berib nashr etish
qadimgi davrdan buyon faoliyat ko’rsatib kelingan. Xalq og’zaki ijodining bebaho
namunalarina o’rganish uchun yozma manbalarga tayanamiz. Sababi og’izdan
og’izga o’tib kelinayotgan bunday benazr manbalarimiz asrlari davomida
sayqallanib, badiiy adabiyotimizni boyitishga asos bo’ladi.
Qadimgi folklorlarni o’rganish va yozib olish an’anasiga aylangan. Qadimda
toshda yozilgan bitiktoshlar, tanyuqug’ “Kul Tegin” yodgorliklari bo’lsa, qog’ozga
yozilgan namunasi “Irq bitigi” (“Ta’birnoma”) ni misol keltirishimiz mumkin.
Xalq og’zaki ijodini takomillashtirib, sayqallashtirgan asosiy vosita
an’anaviylikdir. Avloddan – avlodga meros bo’lib, xizmat qilib kelayotgan
an’anaviylik folklorni taraqqiy etishiga asosiy rol o’ynadi. Ota-bobolardan eshitgan
voqea-hodisalar, ertak va miflarni yozib, tahrirlab keyingi avlodga yetkazish katta
ahamiyat kasb etardi. Bizgacha yetib kelgan folklore namunalarining aksariyati shu
an’ana asosida, og’izdan og’izga o’tish, hamda yozib olish yo’llari bilan meros
bo’lib kelgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda “Alpomish” dostononing yozdan
ortiq varyanti mavjud bo’lib ularning barchasi shu yo’l asosida yozib olingan.
Qadimgi xalq eposlarining o’rganinsh shuni ko’rsatdiki, bir xalqning qadingi
folklorni o’rganinsh, boshqa bir xalqning tarixiy manbalarini ochilishiga zamina
bo’ladi. [ 3-89
]
Masalan, Hind xalq eposining batakror namunasi hisoblangan “Ramayana”,
“Mahobhorat” yodgorliklari o’rganish jarayonida o’zbek xalqining qadimiy
madaniyati va tarixini haqida ma’lumotlar borligini bilib oldik. Har bir xzalq
vakillari o’z davridagi yangiliklar, tarixiy voqealar xususidagi fikrlarini yazma
tarzda yozib qoldirishlari bugungi kun folklorshinosligini bebaho boyligiga aylanib
qolgan.
O’zbek adabiyot tarixida folklorning dastlabki namunasi sifatida Mahmud
Qoshg’arining XI-asrda yozilgan “Devonu lug’otit-turk” asarini misol
keltirishimiz mumkin. Bulardan tashqari yozuvchi va shoirlar tomonidan yozib
olingan miflar, ertaklar, dostonlarni misol ketirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy folklorshunoslik dunyo miqyosida eng yetakchi masalalar
sarasidan joy olgan. Barcha mamlakatlarda bu masala yuzasidan salmoqli ishlar
amalga oshirilmoqda. Olimlar tomonidan yangidan-yangi tatqiqotlar olib
borilmoqda.
99
O’zbek folklor namunalarini yig’ish va nashr etish ishlari XIX asrning 2-
yarmidan boshlab ko’zda tashlanadi. Jumladan H.Vamberi, N.P.Ostramov
to’plamlari, “Hikoyati go’rao’g’li sulton”, “Yusuf bilan Ahmad” kabi nashrlarni
aytib aytib o’tishimiz mumkin. [ 4-18 ]
Ammo shuni ham ta’kitlashimiz o’rinliki, folklor manbalarini to’plash va
qayta nashr etish ishlarti 1919 – yildan yo’lga qo’yilgan. Bunday izlanishlarni olib
borgan olimlarimiz safi bu davrda anchayin kengaydi. Ayniqsa, g’ozi olim,
G’ulom Zafariy, va Elbeklarning faoliyati muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa,
dostonchilik yo’nalishida Ergash Jumanbulbvul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li,
Po’lkan shoirlarning xizmatlari e’tirofga loyiqdir. Ular ijrosida dostonlarning epik
varyantlari yozib olinib, qayta ishlangan.
1930 – yilga kelib Folkloreshunoslik sohasiga B.Karimov, Sh.Rajabov,
M.Afzalov, M. Alayeva, J.Husanova kabi mashhur folklorshunos olimlar faoliyati
yurutiladi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida jangchilik va Vatanparvarlik ruhida she’rlar
maydonga keldi. Bu she’rlarning asosiy maqsadi kelajakka ishonch va ulhan umid
bilan qarash edi. Qahramonlik g’oyalari bu davr folklorida asosiy o’rinni
egallagan.
V.M.Jirmunskiy va H.Jaripovlarning “O’zbek xalq qahramonlik eposi” –
kitoni yartiladi va Maskvada nashr etiladi (1947, mufassal bayoni 1958 – yilda
Germaniyada nemis tilida ham bosilib chiqqan).
Istiqlol davrda folklor ilmiga bo’lgan etibor yanada kuchaydi. Ko’plab
olimlar
bu
mavzu
yuzasidan
ilmiy
tatqiqot
ishlarini
olib
bordilar.
Folklorshunoslikning yangi bosqichlari namoyon bo’la boshladi. Yanga asarlar,
ilmiy tatqiqotlar maydonga keldi. Jumladan H.Rassoqov, Y.G’o’zifoyev,
O.Sobirov, J.Qobulnitozov, M.Saidov, G’.alolov, S.Ro’zimboyev, M.Jo’rayev va
boshqa folkloreshunos olimlar bu sohada ancha salmoqli ishlarni olib bordilar.
Xulosa o’rnida aytish lozimki xalq og’zaki ijodiyoti xalqning Benazir va
o’chmas mulkidir. Bunday xazinani avaylab asrash uchun matnlardan va ularning
kelib chiqish tarixidan yaqindan xabardor bo’lish lozim. Yosh avlodni milliy
ruhida, an’anaviylik ruhiyatida tarbiyalash har bir insonning burchidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Берлинский В.Г.Собрание сочинений в трёх томах, т. Москваб 1948, с 89
2.
Х.Мирзозода “Тарихи адабиёти Тожик” “Душанбе” “Ирфон” 1981 7-бет
3.
Иззат Султон “Адаюиёт назарияси” “Укитувчи-Тоир” 1980 – йил 94 – бет
4.
Azadovskiy M.K. “Istiqlol russkoy folkloretika, t-1-2 Moskva 1957 – 1963. 18 –
bet
Dostları ilə paylaş: |