123
Necha quvsa
dargohidin qorshu kelib,
«Ariniy!» deb zor yig‘layur hazratinda.
Xoja Ahmad Yassaviyning ushbu hikmatida Do‘st obrazi teran irfoniy
mohiyat va yuksak badiiyat uyg‘unligida talqin etilgan. “Baqara” surasi 60-
oyatidagi “Robbi ariniy” (“Rabbim menga ko‘rsat”)
degan iltijo mazmuni bilan
bog‘langani hikmatda haqiqiy Do‘stni chin ma’rifat bilan tanimoq zarurati dunyo,
uqbo mulki, mavt o‘ti singari tushunchalar mazmuniga bog‘lab ifodalangan.
Yunus Emroning mana bu satrlarida ham ayni mazmun ulug‘ salafini
takrorlamagan holda aks etgani kuzatiladi:
Ikki jahon zindon esa,
kerak, manga bo‘ston bo‘lur,
Ortiq manga ne g‘am g‘ussa,
Chun inoyat Do‘stdan bo‘lur...
Ul Do‘st yuzin ko‘rdi ko‘zim,
Eranlarga – tuproq yuzim,
So‘z bilganga, bas bu so‘zim,
Kerak, shakkariston bo‘lur.
Haqiqiy Do‘stni chin ma’rifat bilan tanimoq – Ahmad Yasaviy hikmatidagi
ushbu mohiyat Yunus Emro she’rida o‘ziga xos ifodalangan. Ya’ni orif zotlarning
qalbi Do‘stga bog‘langani uchun ham na dunyo tashvishlari, na oxirat g‘ami ularni
o‘ylantirmaydi. U har doim rizo maqomida sobit bo‘ladi.
Xoja Ahmad Yassaviy
va Yunus Emro ijodidagi oshiq, g‘arib, soqiy, piri
mug‘on singari obrazlar va ularning irfoniy mohiyatni badiiy talqin etishdagi o‘rni
masalalari yuzasidan kelajakda ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmog‘i zarur.
Dostları ilə paylaş: