118
AHMAD YASSAVIY VA YUNUS EMRO HIKMATLARIDA ADABIY
TA’SIR VA IZDOSHLIK
Nurboy JABBOROV
filologiya fanlari doktori, professor,
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri
(O‘zbekiston)
Annotatsiya
Maqolada Yunus Emro turkiy she’riyatda
Xoja Ahmad Yassaviy ijodiy
an’analarini munosib davom ettirgani ikki shoir asarlari qiyosiy tahlili asosida
dalillangan. Ikki buyuk shoir asarlari uch yo‘nalishda qiyoslangan: 1)
irfoniy
mazmunning badiiy talqini; 2) badiiy obraz yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik; 3)
badiiy asar tili va ifoda usuli. Qiyosiy tahlil natijasida,
birinchidan, Yunus
Emroning ulug‘
bir irfon shoiri ekani, ikkinchidan,
badiiy ijodda hazrat Xoja
Ahmad Yassaviy an’analarini munosib davom ettirgani,
uchinchidan, turkiy
xalqlar adabiy-estetik tafakkuri yuksalishiga katta hissa qo‘shgani
haqidagi
xulosaga kelingan.
Kalit so‘zlar:
she’r, hikmat,
irfoniy mazmun, poetik obraz,
badiiy talqin,
badiiy asar tili,ifoda usuli, ijodiy an’ana, izdoshlik, qiyosiy tahlil.
Dostları ilə paylaş: