Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   431
Anjuman Boku (6)

Аннотация 
В статье на основе сравнительного анализа творчества двух поэтов 
доказывается, что Юнус Эмро продолжил творческие традиции Ходжи 
Ахмада Яссави в тюркской поэзии. Произведения двух великих поэтов 
сопоставляются по трем направлениям: 1) художественная интерпретация 
эзотерического смысла; 2) традиция и оригинальность в создании 
художественного образа; 3) язык художественного произведения и способ 
выражения. Сравнительный анализ приводит к таким выводам: во-первых
Юнус Эмро был великим поэтом-эзотериком, во-вторых, он продолжил 
традиции Хазрата Ходжи Ахмада Яссави в художественном творчестве, в-
третьих, внес большой вклад в развитие литературно-эстетического 
мышления тюркских народов. 
Ключевые слова:
стихотворение, мудрость, эзотерическое значение, 
поэтический образ, художественная интерпретация, язык художественного 
произведения, способ выражения, творческая традиция, преемственность, 
сравнительный анализ. 
Annotation 
In the article, based on a comparative analysis of the works of two poets, it is 
proved that Yunus Emro continued the creative traditions of Khoja Ahmad 


119 
Yassawi in Turkic poetry. The works of two great poets are compared in three 
directions: 1) artistic interpretation of the esoteric meaning; 2) tradition and 
originality in the creation of an artistic image; 3) the language of the work of art 
and the way of expression. Comparative analysis leads to the following 
conclusions: firstly, Yunus Emro was a great esoteric poet, secondly, he continued 
the traditions of Hazrat Khoja Ahmad Yassawi in artistic creativity, and thirdly, he 
made a great contribution to the development of the literary and aesthetic thinking 
of the Turkic peoples. 
Keywords: 
poem, wisdom, esoteric meaning, poetic image, artistic 
interpretation, language of a work of art, mode of expression, creative tradition, 
continuity, comparative analysis. 
Tarixi va taqdiri, tili, dini va dili bir bo‘lgan o‘zbek va turk xalqlari 
adabiyoti mushtarak ildizlarga ega ekani ayon. Ikki qardosh xalq adabiy aloqalari 
ko‘pasrlik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani, jahon adabiyoti xazinasiga ko‘plab 
buyuk shoiru adiblarni yetishtirib bergani ham ma’lum. XIII asrda yashab ijod 
etgan ulug‘ turk mutasavvif shoiri Yunus Emro ana shunday jahoniy e’tirofga 
sazovor mutafakkir ekani isbot talab qilmaydi. Shoirning irfoniy mazmun va go‘zal 
badiiyat uyg‘unligida yaratilgan nodir she’rlari, masnaviy yo‘lida bitilgan 
“Risolatu-n-nus’hiyya” nomli falsafiy-didaktik asari bizgacha yetib kelgan. Bu 
asarlar inson va uning kamoloti, e’tiqod va ma’rifat, Haq va haqiqat mavzulari 
betakror badiiy talqin etilgani bilan bugungacha ahamiyatini saqlab kelayotir. 
Yunus Emro nazmiy asarlarini tahlil etish natijalari ularda “Turkiston 
mulkining shayxu-l-mashoyixi” (hazrat Alisher Navoiy ta’rifi – N.J.) Xoja Ahmad 
Yassaviy an’analari munosib davom ettirilganidan dalolat beradi. Ulug‘ shoirning 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev so‘zboshisi bilan, atoqli 
olim va shoir Mirzo Kenjabek tarjimasi asosida nashr etilgan “O‘lmas ko‘ngul” 
saylanma she’rlar to‘plamidagi hikmatlari ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. 
Davlatimiz rahbari mazkur nashrga yozilgan so‘zboshida mana bunday ahamiyatli 
fikrlarni aytgan: “...hazrat Yassaviy izdoshlarining, jumladan, Yunus Emroning 
turkiy xalqlar ma’naviyatiga ko‘rsatgan hayotbaxsh ta’sirini o‘rganish borasida 
olimlarimiz oldida jiddiy vazifalar turibdi va biz bu yo‘lda faol hamkorlik 
qilishimiz zarur” [1.4]. Darhaqiqat, Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”idagi 
she’rlarni Yunus Emro nazmiy asarlari bilan qiyosiy o‘rganish, an’ana va yangilik, 
izdoshlik va badiiy takomil nuqtai nazaridan ilmiy baholash turkiy xalqlar 
adabiyotshunosligi oldida turgan dolzarb ilmiy muammolardandir. 
Ilmiy izlanishlar bu ikki buyuk shoir ijodini quyidagi masalalar kesimida 
qiyosiy o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi: 
1.
Irfoniy mazmunning badiiy talqini. 


120 
2.
Badiiy obraz yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik. 
3.
Badiiy asar tili va ifoda usuli.
Ushbu masalalar tahlili, birinchidan, Yunus Emroning ulug‘ bir irfon shoiri 
ekani, ikkinchidan, badiiy ijodda hazrat Xoja Ahmad Yassaviy an’analarini 
munosib davom ettirgani, uchinchidan, turkiy xalqlar adabiy-estetik tafakkuri 
yuksalishiga katta hissa qo‘shgani haqidagi to‘xtamga olib keladi.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin