121
Ma’rifat maqomi haqidagi ikki shoir qarashlari ham o‘zaro mutanosib. Lekin
badiiy talqin ohorli. Ya’ni mohiyatan uyg‘un tushunchalarning o‘ziga xos ifodasi
ular ijodining irfoniy-estetik qimmatini belgilaydi.
Jumladan, Xoja Ahmad
Yassaviy hikmatida ma’rifatning mohiyati mana bu tarzda talqin etiladi:
Tariqatdur bu yo‘l otin bilsa darvish,
Ma’rifatni mato’idin olsa darvish.
O‘zga yo‘llar bori havo sonsa darvish,
Ma’rifatni maydonida er ul bo‘lur.
Yunus Emro esa ayni fikrni o‘ziga xos ifodalaydi:
Ma’rifat – ko‘ngul bilan,
tunu kun zoriy bilan,
So‘ylasam – kelmas tilga,
sirri – sifat ichinda!
Ya’ni har ikki shoir hikmatida mohiyat – uyg‘un, talqin – ohorli. Sultonu-l-
orifin Ahmad Yassaviy ma’rifatning mato’idan
olmasdan, o‘zga barcha yo‘llarni
havo sonmasdan, ya’ni Haq va haqiqatga to‘siq bo‘ladigan hamma narsadan
kechmay turib ma’rifat maydonining eri darajasiga
erishmoq mahol ekanini ana
shunday talqin etadi. Yunus Emro fikricha ham: “Ma’rifat – ko‘ngil bilan, tunu
kun zoriy bilan” hosil bo‘ladi. Ya’ni ma’rifatga erishmoq uchun ko‘ngilni bu
maqomga parda bo‘luvchi hoyu havaslardan tiymoq zarur. Shundagina
ma’rifatning sirlariga oshno tutinish mumkin bo‘ladi.
Tariqatning yuqori bosqichi bo‘lgan haqiqat hazrat
Xoja Ahmad Yassaviy
hikmatlarida mana bunday ta’riflanadi:
Ma’rifatning bo‘stonida jonin burg‘on,
Muhabbatning maydonida bosh o‘ynag‘on.
Haqiqatning daryosidin gavhar olg‘on,
G‘avvos yanglig‘ ul daryodin chiqmas bo‘lur.
Haqiqat Yunus Emro she’riyatida ham mohiyatan Xoja Ahmad Yassaviy
hikmatlariga monand talqin etiladi:
Haqiqat – ishq, ergashgan
ko‘rsin ul o‘xshash bayon,
Haqiqat to‘nin kiygan –
og‘ir xil’at ichinda.
Sultonu-l-orifin fikricha, ma’rifat va muhabbatdan murod – haqiqat
daryosidan gavhar olmoqdir. Buning uchun bamisoli g‘avvos bo‘lish, haqiqat
daryosidan chiqmaslik kerak. Irfoniy mazmun va badiiy tasvir uyg‘unligi Xoja
Ahmad Yassaviy hikmatining ma’rifiy va adabiy ahamiyatini oshirganini e’tirof
etish kerak. Yunus Emro ham ishqdan murod – haqiqat, deb biladi. Haqiqat to‘ni
og‘ir xil’at ekani bu maqomga erishgan solikning darajasi yuqori bo‘lishiga
122
ishoradir. “Inson dunyoga kelishi sababini anglamog‘i, ko‘ngil olami bilan Haqqa
yuzlanmog‘i zarur edi. Har bir oshiq bu yo‘lda o‘zidan munosib iz qoldirib ketgan.
Yunus beqiyos asarlar bitdi. Xalqni chin ko‘ngildan Haq ma’rifatini anglashga
chaqirdi va uning har bir so‘zi bir da’vatdir” [2.10].
Dostları ilə paylaş: