Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   431
Anjuman Boku (6)

filologiya fanlari doktori 
(O’zbekiston)
Sharq mumtoz she’riyati Oybek poetik mahoratining shakllanishida, 
uslubidagi o‘ziga xos xususiyatlarning namoyon bo‘lishida muhim ijodiy ta’sir 
manbai bo‘lib xizmat qildi. Oybek “Tarjimai hol”ida “Maktabdagi yillarimda 
Sharq klassikasi bilan tanishdim. Hirotlik buyuk Navoiy va ajoyib lirik, 
ozarbayjon adabiyotining buyuk siymolaridan bo‘lgan Fuzuliyga benihoya 
ko‘ngil qo‘ydim. Menga she’riyatda ilk saboqni shular berdilar” [1, 283], deya 
e’tirof etadi. Buyuk iste’dod sohiblari ijod sarchashmalaridan muttasil 
bahramand bo‘lishlik betakror she’riy ifodalarda, tasviriy vositalarda falsafiy 
ma’nodorlikka erishish sirlarida, fikriy teranlikni ta’minlashda zohir bo‘ladi.
She’r ohangdorligini, tasvir jozibadorligini, obrazli ifoda shiradorligini 
yuzaga keltirish, fikrni har jihatdan dalillash orqali yorqin manzara va 
qiyofalar yaratish borasidagi Oybek mahoratida Fuzuliy zakosining ham ta’siri 
bor. Uning o‘tli satrlari, nozik tuyg‘ularga boy haroratli she’riyati Oybek 
shuuriga bolaligidan singgan, beg‘ubor kechinmalari bag‘riga muhrlanib 
qolgan edi. Bu hakda u quyidagilarni yozadi: “Karomat opam - o‘n ikki, o‘n 
uch yoshlarda, qaddi kelishgan, istarasi issiq juda ko‘rkli qiz. G‘azallarni 
yoqimli ovoziga chiroyli ohang berib, ravon o‘qiydi. Erinibgina o‘rnidan 
turadi-da, tokchadan Mashrabni, Fuzuliyni oladi, joylashib o‘tiradi va 
ko‘zlarini so‘zib, zavq-maroq bilan berilib o‘qiy boshlaydi...” [2, 69]; “...Men 
ayvonning chetida chiviq yo‘nganimcha opamning o‘qishiga jim quloq solib 
o‘tiraman. Sevaman Fuzuliyni” [3,70]. Oybekning ana shy tarzda shuurida 
uyg‘ongan Fuzuliyga cheksiz muhabbati keyinchalik ijodiy ta’sirlanishning 
hosilasi bo‘lgan go‘zal satrlarni yaratilishiga asos bo‘ldi. 
Ushbu ijodiy ta’sirlanish Oybekning portret chizgilari va obrazlari 
talqinida ham o‘z samaralarini ko‘rsatdi. So‘zlarni satrlarga quyma tarzda 
joylay bilish, ifoda ravonligi, musiqiyligi, tilining shiradorligi kabi 
xususiyatlar Fuzuliy she’riyatiga xos jihatlardandir. Obrazli ifoda va tasvir 
ta’sirchanligida, turli she’riy san’atlardan mohirlik bilan foydalanishida ham 
ko‘rinadi. Muhammad Fuzuliy 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin