Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


talmeh, tamsil, ruju, iqtibos, tajohuli orif



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   431
Anjuman Boku (6)

talmeh, tamsil, ruju, iqtibos, tajohuli orif
irsoli masal, tansiq as-sifat, tashbeh, istiora
kabi she’riy san’atlar hamda 
turli alliterasion vositalar orqali fikr to‘liqligi, ohangdorligi va ravonligini 
ta’minlashga erishadi. Xuddi shunday jihatlardan ta’sirlangan Oybek she’rning 
shakl va mazmun, so‘z va obraz, syujet va kompozision jihatidan 


142 
mushtarakligini topishga intiladi. Masalan, uning “Qalbdan sevgi toshdi, firoq, 
g‘am-alam... Yuramen, daydimen, parcha cho‘g‘ qalbda. Muhabbat dardida 
Majnun mendan kam, Go‘zalim kelmadi, yonamen dardda” (2,254) satrlarida 
talmeh san’atini eslatuvchi tasvir uslubi Fuzuliyning “Manda Majnundan fuzun 
oshiqlik iste’dodi vor, Oshiqi sodiqmanam, Majnunning anjaq odi vor... Qil 
tafaxurki, saning ham vor mantak oshiqing. Laylining Majnuni, SHirinning 
agar Farhodi vor” [4,115] misralaridan turtki olganligini payqash qiyin emas. 
Yuqoridagi satrlar nafaqat tasviriy vositalari, balki obrazlari va mazmuni bilan 
ham yaqindir. Yoki Fuzuliyning “Majnun o‘da yondi sho‘’lai oh ila pok
Vomiq suya botdi, ishqdin o‘ldi halok. Farhod havas ila ela verdi umrin, Xok 
o‘ldilar onlar, manam emdi ul xok» (1,369) ruboiysida ifodalangan mazmun, 
xususan insonning alal-oqibat muqarrar tuproqqa aylanishi, inson va abadiy 
borliq haqidagi falsafiy o‘ylar Oybekning “Gar bossam yig‘laydi tuproq - 
Jo‘rjoniy - O‘rtangan gulxandan bir kaft kul ekan. Qilichdan quyilgan 
Ulug‘bek qoni Yulduzlar kuz yoshiga qorishgan...” (2,311) satrlariga ko‘p 
jihatdan fikrdosh va sirdoshdir. Chunonchi, zulm va hasratdan iborat insoniyat 
kechmishi o‘z qa’riga ko‘plab nolalarni yashirgan asrlardan iborat. Bir kaft 
kulga aylangan buyuklar tasviri bilan nolakor asrlarning uyg‘un talqin 
etilishida ham ta’sir belgilarini ko‘ramiz. 
Tashbeh san’atidan foydalanib oshiq va yor portretini, sajiyasiga xos 
jihatlarning mukammal tasvirini yaratgan Fuzuliy “Kokilingtak boshinga 
chirmanmak istar xotirim, Ey manu yuz man kibi sargashta qurboning 
saning”(1,185), “Xotiring jam’ aylading ahli vafo ko‘nglin buzib, Bir imorat 
yopmag‘a ming ev yiqan me’mortak” (1,193), “Nay kibi, har damki, bazmi 
vaslingi yod aylaram, To nafas vordur quru jismimda, faryod aylaram”(1,225), 
“Ey ulub sulton, deyan dunyoda mandin g‘ayri yo‘q San o‘zing bir cho‘g‘z bil, 
dunyoni bir vayrona tut!” (1,66) satrlarida yor xayoliga bandi oshiq holati 
boshga chirmalgan sochga o‘xshatiladi. Barcha vafodorlarining ko‘nglini 
vayron etib boshqalar diqqatini o‘ziga jamlagan mahbuba qilmishi go‘yo bir 
imorat barpo etmoq uchun, ko‘plab qurilgan uylarni buzib narsa yiqqan 
me’mor qilmishiga qiyoslanadi. Yoki, o‘zini yagona sulton bilib, manmanlikka 
berilgan shaxs holati vayrona ichida to‘rgan boyqushga mengzaladi. 
Darhaqiqat, bunday kishilar soxta g‘urur bilan o‘zgalar ko‘nglini vayron 
etadilar. Ushbu holat esa yakkalanib qolgan cho‘g‘zni eslatadi. 
Tashbeh
vositasidagi ana shunday tasvir uslubining ijodiy ta’siri Oybekning “Olov kabi 
yonar sahro kimsasiz, Uzoqda bulut-la o‘pishgan tog‘lar” (1,351); “Dilga 
tog‘dek umid soldim, To‘ldi ko‘ngil qirg‘oqlari” (1,189); “Yo‘l uzoq bizni 
kutar dard va hijron, Bir yutum may kabi o‘tsin ayyom...” (2,119); “Zumrad 
barglar isirg‘a kabi Engil titrar, kuydir ermagi” (2,205) ifodalaridagi haroratli 
sahro, lirik qahramonning ko‘tarinki kayfiyati, tabiatning go‘zal manzarasi 
hamda umrni shodon o‘tkazishga undayotgan shoir kechinmalarida ko‘rinadi. 
Yoki, Fuzuliyning 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin