Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   431
Anjuman Boku (6)

takrir, raddul ajuz

irsoli masal 
sanatlari asosidagi uslubidan 
ham ijobiy ta’sirlangan. Shoirning bu boradagi mahorati “Edamen tark 
Fuzuliy, 
sari 
kuyin 
yoring, 
Vatanimdur, 
vatanimdur, 
vatanimdur, 
vatanim”(1,214), “Sensiz o‘lman ayru mehnatdan, balodan bir zamon, Al-
omon, hijron balovu mehnatindan al-amon”(1,325), “No‘la girdobi g‘am dersa, 
dili sargashta dunyoya, Sonurkim, chirkinur olam kimingkim, chirkinur 
boshi”(1.294) satrlaridagi hayotiy tasvirlarida ham ko‘rinadi. 
“Takrir”
san’ati 
asosidagi dastlabki misolda oshiqning nozik kechinmalari, sevgisidagi 
buyuklik so‘z takrori vositasida yuz ko‘rsatadi. Yor (Tangri) ishqi bilan turli 
balolardan omon yurgan oshiq munojotining ta’sirchan ifodasida 
“raddul 
ajuz”
san’ati muhim o‘rin tutgan. Ushbu holatda shoir “
irsoli masal”
san’atidan foydalanganligini kuzatish mumkin. Dunyo ishlarini g‘amdan iborat 
deb bilguvchi shaxslarga qarata, “Kimki bu dunyoda bosh tebratib o‘tsa, dunyo 
ham unga bosh tebratib qaraydi”, degan fikr bilan javob beradi. Inson o‘z 
hayotini shodon, mazmunli o‘tkazishi lozim, degan xulosani satrlarga singdirib 
yuboradi. Oybekning “Haqiqat nimadir? Topmaymen sira, Aylandim, 
aylandim, ming daf’a jahon” (2,306); “Soqiy, kel tut menga lim-lim piyola, 
Borur joyim endi mudom mayxona... Soqiy, kel, tut piyolangni, sipqoray, Men 
telbaga xush kirgizsin eski may” (2,190); “Nima desa desin odamlar, It huradi 
- o‘tadi karvon!” (2,189) satrlarida Fuzuliy qo‘llagan she’riy san’atlardan 
ijodiy o‘rganganligi ko‘zga tashlanadi. 
Xullas, Oybek Muhammad Fuzuliy ijodidagi misralarini badiiy 
mukammallashtirish yo‘llari mahoratidan ta’sirlandi. Shuningdek, uning 
asarlariga xos shakliy va mazmuniy uyg‘unlikni ta’minlash borasidagi ulkan 
tajribalar mahorat maktabi vazifasini bajardi. 
Demak, Oybek poeziyasiga Sharq mumtoz she’riyatining ta’sirini 
quyidagi omillarda kuzatish mumkin: 
-
birinchidan, mumtoz adabiyotimizdagi tasvir izchilligi orqali obraz va 
obrazli ifoda mukammalligini, fikr va tuyg‘u uyg‘unligining hayotiy 
talqinlarini ta’minlash uslubi shakllanishi va takomilida; 
-
ikkinchidan, Muhammad Fuzuliy ijodiga xos betakror lirizm bilan 
falsafiy fikr teranligini ta’sirchan ifodalash, ohangdorlikni uyg‘unlashtirish 
orqali badiiy yuksaklikka erishish usulining shoir she’riyatiga ko‘rsatgan 
ta’sirida. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Ойбек. Мукаммал acapлap тo‘плами. -Т. 14. -Б. 283. 
2. Ойбек. Болалик хотираларим. –Т.: G‘.G‘улом номидаги Адабиёт ва 
сан’ат нашриёти, 1995. –Б. 69. 
3. Муhаммад Фузулий. Асарлар: 2 т. –Т.: G‘.G‘улом номидаги 
Адабиёт ва сан’ат нашриёти, 1968. –Б. 115. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin