takrir, raddul ajuz ,
irsoli masal sanatlari asosidagi uslubidan
ham ijobiy ta’sirlangan. Shoirning bu boradagi mahorati “Edamen tark
Fuzuliy,
sari
kuyin
yoring,
Vatanimdur,
vatanimdur,
vatanimdur,
vatanim”(1,214), “Sensiz o‘lman ayru mehnatdan, balodan bir zamon, Al-
omon, hijron balovu mehnatindan al-amon”(1,325), “No‘la girdobi g‘am dersa,
dili sargashta dunyoya, Sonurkim, chirkinur olam kimingkim, chirkinur
boshi”(1.294) satrlaridagi hayotiy tasvirlarida ham ko‘rinadi.
“Takrir” san’ati
asosidagi dastlabki misolda oshiqning nozik kechinmalari, sevgisidagi
buyuklik so‘z takrori vositasida yuz ko‘rsatadi. Yor (Tangri) ishqi bilan turli
balolardan omon yurgan oshiq munojotining ta’sirchan ifodasida
“raddul ajuz” san’ati muhim o‘rin tutgan. Ushbu holatda shoir “
irsoli masal” san’atidan foydalanganligini kuzatish mumkin. Dunyo ishlarini g‘amdan iborat
deb bilguvchi shaxslarga qarata, “Kimki bu dunyoda bosh tebratib o‘tsa, dunyo
ham unga bosh tebratib qaraydi”, degan fikr bilan javob beradi. Inson o‘z
hayotini shodon, mazmunli o‘tkazishi lozim, degan xulosani satrlarga singdirib
yuboradi. Oybekning “Haqiqat nimadir? Topmaymen sira, Aylandim,
aylandim, ming daf’a jahon” (2,306); “Soqiy, kel tut menga lim-lim piyola,
Borur joyim endi mudom mayxona... Soqiy, kel, tut piyolangni, sipqoray, Men
telbaga xush kirgizsin eski may” (2,190); “Nima desa desin odamlar, It huradi
- o‘tadi karvon!” (2,189) satrlarida Fuzuliy qo‘llagan she’riy san’atlardan
ijodiy o‘rganganligi ko‘zga tashlanadi.
Xullas, Oybek Muhammad Fuzuliy ijodidagi misralarini badiiy
mukammallashtirish yo‘llari mahoratidan ta’sirlandi. Shuningdek, uning
asarlariga xos shakliy va mazmuniy uyg‘unlikni ta’minlash borasidagi ulkan
tajribalar mahorat maktabi vazifasini bajardi.
Demak, Oybek poeziyasiga Sharq mumtoz she’riyatining ta’sirini
quyidagi omillarda kuzatish mumkin:
-
birinchidan, mumtoz adabiyotimizdagi tasvir izchilligi orqali obraz va
obrazli ifoda mukammalligini, fikr va tuyg‘u uyg‘unligining hayotiy
talqinlarini ta’minlash uslubi shakllanishi va takomilida;
-
ikkinchidan, Muhammad Fuzuliy ijodiga xos betakror lirizm bilan
falsafiy fikr teranligini ta’sirchan ifodalash, ohangdorlikni uyg‘unlashtirish
orqali badiiy yuksaklikka erishish usulining shoir she’riyatiga ko‘rsatgan
ta’sirida.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ойбек. Мукаммал acapлap тo‘плами. -Т. 14. -Б. 283.
2. Ойбек. Болалик хотираларим. –Т.: G‘.G‘улом номидаги Адабиёт ва
сан’ат нашриёти, 1995. –Б. 69.
3. Муhаммад Фузулий. Асарлар: 2 т. –Т.: G‘.G‘улом номидаги
Адабиёт ва сан’ат нашриёти, 1968. –Б. 115.