Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   431
Anjuman Boku (6)

muqobila
(ya’ni baytlardagi bir-biriga zid tushunchali 
so‘zlarni keltirish orqali muayyan g‘oya, fikrni ta’sirchan ifodalash) 
san’atidan foydalanish mahorati “Azizi haq hasadi dushman ila o‘lmaz xor, 


143 
Hasud hiylasi iqbolin aylamaz idbor” (1,330) satrlarida “azizi haq” va “hasadi 
dushman”, “iqbol” va “idbor” qarshilantirishlari vositasidagi namoyish yotadi. 
Zero, Olloh, nazari tushgan kimsani hasad xor etolmasligi, har qanday hiyla 
uning ishini barbod etolmasligi haqidagi falsafiy fikrda ko‘rinish beradi. Kam 
so‘zlashning ahamiyati “cho‘q” va “oz” so‘zlari zidligi vositasidagi “Gar 
cho‘q istarsan, Fuzuliy, izzating oz et so‘zi - Kim, cho‘q o‘lmoqdan qolibdur 
cho‘q azizi xor so‘z” (1,146) misralarida ifodasini topadi. Ushbu tasvir 
uslubining Oybekka ijodiy ta’siri 
oydinli yo‘l
va 
quruq cho‘l
birikmalarining 
qarshilantirish vositasidagi “Sen eson bo‘l, sen omon bo‘l, Seni kutsin oydinli 
yo‘l. Bahori yo‘q, lolasi yo‘q, YUragimdir bir quruq cho‘l” (1,76) satrlarida - 
ulkan mehr va cheksiz iztirob ifodalarida aks etadi. Oshiqning mahbubasiga 
bo‘lgan muhabbati 
bor, yo‘q 
so‘zlari zidligi asosidagi “Dardim bor, gulim bor, 
qo‘shiqlarim bor, Sen yo‘qsen! Nahotki bu mangu armon?!» (2,117) tarzda 
siqiq ifodasini topgan. Farg‘onalik jangchi Teshaboy Odilov qiyofasi 

qaymog‘i – g‘azab chaqmog‘i
” so‘zlari zidligiga asoslangan “Yigitlarning 
udir qaymog‘i, Yovni o‘rgan g‘azab chaqmog‘i” (2,138) ifodasida zuhur topsa, 
raisaning beorom hayot tarzi “
loyqa suv
” va “sevgi ertagi” birikmalarini 
qarshilantirish asosidagi “Ishda oromidi qultum loyqa suv, Kiprik yumganida 
- sevgi ertagi...” (2,200) misralarida aks etgandir. Ushbu satrlarda “sevgi 
ertagi”dagi tuyg‘ular sofligi “qultum suv”dagi loyqalikka zidlantirilishi orqali 
bir maromdagi turmush tarzini izdan chiqargan urushga, bu davr 
murakkabliklariga, kishilar o‘y-kechinmalaridagi notinchliklarga ishora 
qilinadi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin