Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni



Yüklə 427,53 Kb.
səhifə9/79
tarix07.01.2024
ölçüsü427,53 Kb.
#205508
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Mark Terensiy Varron (eramizdan ilgarigi 116-27 yillar). Mark Varron 25 kitobdan iborat «Lotin tili haqida» asarini yaratdi. Shu kungacha bu asarning 6 tasi yetib keldi. Kitobda analogistlar va anomalistlar orasidagi nazariy tortishuv, munozara mukammal bayon qilinadi. U ham Yuliy Sezar kabi analogiya tarafdori edi. Varron so‘z o‘zgarishini analogiyaga, so‘z yasalishini esa anomaliyaga kiritadi.
Eliya Donata (eramizgacha IV asrning o‘rtalari). Eliya Donata grammatikaga oid keng qamrovli mashhur asarini yozadi va uni «Grammatika san’ati» deb nomlaydi. Ushbu asar to‘liq va qisqartirilgan variantlarda bizning zamonamizgacha yetib kelgan.
Verriy Flakk (eramizning boshlari). Rim tilshunosi Verriy Flakk leksikologiya sohasida o‘zigacha bo‘lgan tadqiqotlarni, tajribalarni va fikrlarni umumlashtirib, katta hajmdagi «Fe’lning ma’nosi» asarini yozdi.
Prissian (VI asr. boshlari). Rim grammatikachisi Prissian lotin tili bo‘yicha o‘z davrining eng katta tadqiqoti hisoblangan «Grammatika san’ati haqida ta’limot» kitobini yaratdi.
Qadimgi Rim tilshunosligida Donata va Prissianning grammatikaga oid yaratgan asarlari lotin tili grammatikasi qurilishining mukammal bayoni sifatida juda ko‘p asrlar davomida – o‘rta asrlar davri uchun namuna bo‘lib xizmat qildi.
Shunday qilib, rimliklar yunonlardan namuna olib, ularga taqlid qilib, lotin tili haqida keng tadqiqot ishlarini olib bordilar. Rimliklarning ona tili bo‘yicha grammatikaga oid tadqiqotlari, asosan, yunon tilidan tarjima qilingan bo‘lsa-da, ularning grammatikalarida ayrim yangiliklar, yangicha qarashlar uchrab turadi. Jumladan, Rim tilshunoslari yunon tilshunoslaridan farqli holda Rim grammatikasiga alohida stilistika (uslubshunoslikni) kiritdilar. Rim grammatikachilari so‘z turkumiga undovlarni ham kiritdi. Ammo yunon tiliga xos bo‘lgan artiklni chiqarib tashladilar. Chunki lotin tilida artikl yo‘q edi. Demak, lotin tili uchun ham 8 ta so‘z turkumi xos bo‘lib qoldi. Rim tilshunoslari son turkumini ikkiga: tub son va tartib songa bo‘lib o‘rganishdi. Yuliy Sezar lotin tiliga yunon tilida mavjud bo‘lmagan ablativ (ajratish) kelishigini kiritdi va kelishiklar sonini oltitaga yetkazdi.
Rim filologlari grammatikaga oid terminlarni ham yunon tilidagi terminlar asosida yaratdilar. Jumladan, yunon va rim grammatikasiga oid ayrim terminlar ruscha va o‘zbekcha tarjimalari bilan quyidagilar: onoma, nomen – имя, ot; rema, verbum – глагол, fe’l (qadimgi rus tilida nutq); antonomia, pronomen – местоимение, olmosh; nomen adjektivum – имя прилагательное, sifat; epirryoma, adverbium – наречие, ravish; artron, artikulum - aртикль; prodesis, praepositio – предлог, old ko‘makchi, old qo‘shimcha; syndesmos, conjunctio – союз, bog‘lovchi; interjectio - междометие, undov; soneenta, vokales – гласные, unlilar; symfona, consonantes – согласные, undoshlar va boshqalar.
Xullas, antik davr tilshunoslik maktablarining ahamiyati jahon tilshunosligi nuqtai nazaridan yuksakdir. Ushbu davr Yevropa madaniyatining beshigi bo‘lib maydonga chiqdi. Qadimgi yunon va Rim tilshunosliklari keyingi davr tilshunosligining taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Iskandariya tilshunoslik maktablari vakillari grammatikani mustaqil fanga aylantirdilar. Ular juda katta grammatik «xom-ashyo» (material) to‘plab, ot va fe’l turkumlarining asosiy kategoriyalarini aniqlab berishdi. Yunon tilshunoslari fonetika, morfologiya, sintaksis va etimologiya fanlarining asoslarini yaratdilar. Ular so‘z va gap kabi muhim va murakkab lisoniy birliklarni aniqlab, izohladilar, so‘z turkumlarini ajratib berdilar.
Shuningdek, antik (qadimgi) davr tilshunosligining – yunon va Rim tilshunoslik maktablarining jiddiy kamchiliklari ham bor edi. Bu davr tilshunosligi ta’limotida tilga tarixiy yondashish printsipi yo‘q edi. Ya’ni ushbu davr tilshunosligi, hind tilshunosligi kabi, tilning tarixiy taraqqiyotini tushunmas edilar. Ular yunon va Rim tillaridan boshqa tillarni tadqiq qilmadilar. Ya’ni bir til (yunon yoki Rim tillari) doirasida qoldilar, boshqa barcha tillarni esa yovvoyi, qo‘pol til deb hisobladilar. Shuningdek, ular ko‘pgina grammatik kategoriyalarni mantiq kategoriyalari bilan qorishtirdilar.
Aytilganlarga qaramasdan, Yevropa grammatik ta’limoti deyarli XIX asrgacha qadimgi yunon va Rim filologlarining ta’limotlariga asoslanib keldi.



Yüklə 427,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin