Ikki tarkibli termin-birikmalar – sodda so„z birikmasi shaklida bo„lib,
shaklan hokim-tobelik munosabati sezilib turadi: badiiy nutq, nutq tovushi, unli
tovush, undosh tovush, nutq a’zosi, fonetik hodisa, tovush ortishi, tovush tushishi,
tovush almashishi, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in, so‘z urg‘usi, gap urg‘usi, qo‘sh
undosh, qator undosh, so‘z turkumlari, mustaqil so‘zlar, o‘timli fe’l, o‘timsiz fe’l,
o‘zlik nisbat, birgalik nisbat, harakat nomi, adabiy me’yor, nutq madaniyati,
undov belgisi, o‘zlashtirma gap, ajratilgan hol, sifatlovchi aniqlovchi, vositasiz
to‘ldiruvchi, daraja-miqdor holi, atov gap, buyruq-istak mayli, shaxs-son
qo‘shimchalari, o‘rin-payt kelishigi, nutq texnikasi kabi.
Uch tarkibli termin-birikmalar – bunday murakkab terminlar uch
mustaqil ma‟noli lug„aviy birlikdan iborat bo„ladi, ya‟ni uch tarkibli so„z
birikmasi zanjiri termin sifatida ma‟no ifodalab, bir tushunchani anglatishga
xizmat qiladi: shakl yasovchi qo‘shimcha, so‘z yasovchi qo‘shimcha, sodda
yasama so‘z, fe’lning vazifa shakllari, fe’lning munosabat shakli, so‘roq va
taajjub yuklamalari, tovushga taqlid so‘z, holatga taqlid so‘z, vazifadosh modal
so‘z, sinonim so‘zlar qatori, adabiy nutq uslubi, erkin mavzudagi insho, otli so‘z
birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi, shaxsi ma’lum gap, shaxsi umumlashgan gap,
shaxsi noma’lum gap, ikkinchi darajali bo‘lak, ajtatilgan izoh bo‘lak, qo‘shma
gap qismlari, bog‘langan qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap, ritorik so‘roq
gap, tinish belgilari me’yori kabi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Dostları ilə paylaş: |