71
qiladi. Leksikologiya so’z haqidagi fandir. Leksikologiya quyidagi masalalar bilan
shug’ullanadi:
- So’z, so’zning mohiyati va ta’rifi;
- So’z
va predmet; So’z va tushuncha;
- Lug’at tarkibining o’zgarishi;
- So’zlarning bir- biriga munosabati;
- Lug’at sostavining qatlamlari;
- So’z tiplari; So’z va ma’no;
- Ko’pma’nolilik:Metonimiya,metafora,snekdoxa
- Omonim, sinonim, antonim so’zlar;
- So’z etimologiyasi;
- Atamashunoslik (terminologiya);
- Frazeologiya; Tilning lug’at boyligi;
- Leksikografiya; Lug’at haqida tushuncha;
- Lugat turlari; Lug’at tuzish masalalari.
Tilning g r a m m a t i k qatlami so’zlarning grammatik shakli, so’z birikmalari va
gaplardan tashkil topgan. Eng kichik grammatik birlik morfemadir. Morfemalardan
so’zlar, so’zlardan so’z
birikmalari, so’z birikmalaridan gaplar tuziladi. Tilning gram-
matik tuzilishini morfologiya va sintaksis tadqiq qiladi.
M o r f o l o g i y a (morphe- shakl, forma, logos - bilim, ilm) so’z qurilishi, s o’z
o’zgarishi va so’z yasalishi qoidalari va qonuniyatlari, so’zlarni turkumlarga ajratish
haqidagi fandir. Morfologiyaning
asosiy tushunchalari- morfema, grammatik ma’no,
grammatik forma, grammatik kategoriya, grammatik ma’noni
ifodalash usu llari va
boshqalardir.
S i n t a k s i s (sintaxis - tuzish, qurish) nutqning grammatik qurilishini
o’rganadi. Sintaksisda gap asosiy birlik hisoblanadi. Sintaksis gap, gapning ma’nosi,
gap turlari, so’z birikmalari, so’z
birikmalarining turlari, so’z birikmalarining ma’nosi,
so’z birikmalarining tuzilishini tadqiq qiladi.
G r a m m a t i k a ning asosiy masalalari quyidagilar:
- Grammatika tushunchasi va uning mohiyati;
- Grammatika va uning qismlari:
a) morfologiya b) sintaksis
- Grammatik shakl va so’z;
- So’z turkumlari: 1. Mustaqil so’z turkumlari:
ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh;
2. Yordamchi so’z turkumlari:
artikl, predlog, ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, undov so’zlar,
taqlid so’zlar.
- Grammatik kategoriyalar: jins, son, kelishik, zamon, daraja, mayl... .
- Gap sintaksisning tadqiqot ob’yektidir.
- Gap bo’laklari: 1. Bosh bo’laklar: ega va kesim.
2.Ikkinchi darajali bo’laklar:to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol.
72
- Gap turlari: darak, so’roq, undov gap.
- Tuzilishiga ko’ra: sodda gap, qo’shma gap.
- So’z tartibi.
Dostları ilə paylaş: