Tirik shaxslarning ekspertizasini o’tkazish tartibi va shartlari



Yüklə 23,4 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü23,4 Kb.
#134751
TIRIK SHAXSLARNING EKSPERTIZASINI O


TIRIK SHAXSLARNING EKSPERTIZASINI O’TKAZISH TARTIBI VA SHARTLARI.
Bu sud tibbiyoti ekspertizasining eng ko’p uchraydigan turi bo’lib, sud tibbiyoti tekshiruvlari orasida birinchi o’rinni egallaydi va barcha ekspertizaning 80-foizini tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra tirik shaxslar ekspertizasining 90-foiziga yaqinini tan jarohatlarining og’irlik darajasini aniqlash egallaydi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksida bunday hollarda sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazilishi majburiyligi ko’rsatilgan. Bundan tashqari, tirik shaxslar sud tibbiyoti ekspertizasining sabablari xilma xil bo’ladi. Shunga ko’ra tirik shaxslar ekspertizasining asosiy turlariga quyidagilar kiradi. I. Tan jarohatlarining ekspertizasi, bu: 1) tan jarohatlarining xarakteri va og’irlik darajasini aniqlash; 2) umumiy va professional ish qobiliyati yo’qotilish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. II. Sog’lig’ini aniqlash, simulyatsiya, dissimulyatsiya, aggravatsiya, sun’iy kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash holatlarini ekspertizasi. III.Bahsli jinsiy holatlar ekspertizasi: 1) jinsini aniqlash; 2) jinsiy etilganlikni aniqlash; 3) qizlik holatini aniqlash; 4) mahsuldorlik qobiliyatini belgilash; 5) homiladorlik, tuqqandan keyingi va abortdan keyingi holatni aniqlash; 6) tanosil kasallar yuqtirilganligini aniklash. 351 IV. Jinsiy jinoyatga oid ekspertiza: 1) zo’rlash (nomusiga tegish) bilan bog’liq jarohatlanishlarni aniqlash; 2) jinsiy buzuqilik qilishni aniqlash; 3) besoqolbozlik. V. Ekspertizaning alohida turlari: 1) yoshini aniqlash; 2) mastlik holatini aniqlash; 3) bahsli otalik va onalikni, bolani almashtiruv holatlarini aniqlash; 4) shaxsini aynan o’xshashligini aniqlash. Tirik shaxslarning sud tibbiyoti ekspertizasi tergov organlarining qarori va sud ajrimiga binoan o’tkaziladi. Shaxsiy ayblash hollarida militsiya organlari yoki xalq sudining yo’llanmasiga asosan o’tkazilishi mumkin. Jabrlanuvchining shikoyatiga ko’ra ayblanuvchiga nisbatan qo’zg’atilgan jinoiy ish har ikkala tomonning kelishi bilan to’xtatiladi. Bu qasddan engil tan jarohati (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi), to’xmat (139-modda), haqorat qilish (140-modda) hollarida kuzatiladi. Tirik shaxslarning ekspertizasi ko’pchilik hollarda vrachning o’zi tomonidan shaxsan o’tkazilib, u barcha tekshiruv ishlarini olib boradi va o’z xulosasini beradi. Qandaydir tibbiyot mutaxassisligiga aloqador savollarni echishda va ko’pincha maxsus tekshiruv o’tkazishda (rentgenolog, nevropatolog, okulist va boshqalar) ekspert mutaxassislardan maslahat so’raydi. Ish qobiliyatini yo’qotish darajasini aniqlash ekspertizasida, shuningdek tirik shaxslar ekspertizasining murakkab hollarida sud tibbiyoti eksperti va boshqa mutaxassis vrachlar ishtirokida komission ekspertiza o’tkaziladi. Ekspertiza o’tkazishdan oldin ko’zdan kechiriluvchini pasporti yoki boshqa surati yopishtirilgan hujjatini tekshirish orqali shaxsi aniqlaniladi. Bu uning o’rniga boshqa shaxsni ekspertizadan o’tishini oldini oladi. Hujjati bo’lmagan taqdirda uning shaxsini tergov organlari (militsiya) tasdiqlaydi va ekspert xulosasiga imzo chekadi. Ba’zi hollarda ko’zdan kechiriluvchini shaxsi noma’lum bo’lsa, suratga 352 olinib, uning surati ekspert hujjatiga yopishtirib qo’yiladi. Agar ko’zdan kechiriluvchining jinsi jinsiga to’g’ri kelsa yoki boshqa jinsga aloqadorligiga qaramasdan uning qatnashuviga qarshilik bo’lmagan taqdirda tergovchi ekspertiza vaqtida qatnashish huquqiga egadir. 16 yoshga etmagan shaxslarning ekspertizasida ota-onalarining yoki o’qituvchilarining qatnashuvi maqsadga muvofiqdir. Ayrim hollarda surishtiruv organlari yoki sud organlari ruxsati bilan jabrlanuvchining ishtirokisiz tibbiyot hujjatlariga asosan ekspertiza tayinlaniladi. Bunday hollar jabrlanuvchi bo’lmaganda ba’zi vaqtlarda amalga oshirilib, bunda tibbiyot hujjatining aniq o’zi va ekspert oldiga qo’yilgan savollarni echish uchun etarli ma’lumotlar bo’lgan taqdirda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Tirik shaxslarning ekspertizasi yorug’, etarli haroratga ega kunduzgi yorug’liq ostida o’tkaziladi. Tirik shaxslarni tekshirish ishning holatiga qarab ambulatoriya, poliklinika va statsionarda, sud xonasi va qamoqxonada, ayrim hollarda ekspertiza jabrlanuvchini uyida o’tkazilishi ham mumkin. Ekspertizani vrachni uyida o’tkazish qat’iy taqiqlanadi. Sud tibbiyoti ekspertizasi ambulatoriyasida tan jarohatlarini og’irlik darajasi va xarakterini aniqlash, bahsli jinsiy holatlar va jinsiy jinoyatga oid ekspertizalarni o’tkazishda maxsus xonalar tashkil qilinadi. Tumanlar va tumanlararo byuro bo’limlarining sud tibbiyoti ekspertlari, shuningdek shtatsiz vrach-ekspertlar odatda tirik shaxslarni ekspertizasini tuman kasalxonasi qoshida amalga oshiradilar. Ayrim hollarda tergovchining ko’rsatmasiga ko’ra, agar jabrlanuvchini ekspertizaga kelish imkoniyati bo’lmasa uyda o’tkazishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda ekspertni noto’g’ri yoki qonunsiz harakatda ayblanishiga shubha to’g’ilmasligi maqsadida uyda ekspertiza o’tkazilayotgan paytda tergovchi yoki sud vakillarining qatnashuvi, albatta, zarurligini doimo esdan chiqarmaslik kerak. 353 Ekspertizani o’tkazish uslublari Tirik shaxslarning sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazish metodikasi ko’pincha qaysi holatda o’tkazilayotganligiga qarab aniqlaniladi va ekspertiza o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi, ammo ekspertning ketma-ketlik ishlarida har bir tekshirishda odatda quyidagilarga e’tibor berish kerak. 1) ishning holati bilan tanishib chiqish; 2) tibbiyot hujjatlarini o’rganish; 3) guvohlik beruvchini so’roq qilish (anamnez yig’ishtirish); 4) guvohlarni ko’zdan kechirish; 5) maxsus tekshiruv o’tkazish; 6) ekspert hujjatini tuzish. 1. Ishning holati bilan tanishish. Bunda avvalo ekspert tergovchining qarori va sud ajrimi bilan tanishadi. Tergovchi ham ekspertga ish materiallari bilan tanishish huquqini beradi. Bu o’z navbatida ekspert xulosasini berishda muhim hisoblanadi. 2. Tibbiyot hujjatlari bilan tanishish. Bunday hujjatlarining, ayniqsa, kasallik tarixi va ambulatoriya kartasining qiymati shundaki, ularda jarohatlanishning birlamchi belgilari yozilgan bo’lib, bular xirurgik ishlash natijasida, yaraning bitishi va asoratlanishi jarayonida jarohatlanshning xarakteri o’zgarishi mumkin. Shuningdek tibbiyot hujjatlarida guvohlik beruvchining holati haqidagi ob’ektiv ma’lumotlar, maxsus tekshiruv usullari va analiz natijalari bo’lib, bularsiz ekspert oldiga qo’yilgan savollarni hal qilish mumkin emas. Tibbiyot hujjatlari ish materiallarining bir qismi bo’lib, ularning haqiqiy nusxasi ekspert ixtiyoriga berilishi zarur. Shaxsiy ayblash ishlarida ekspert davolash muassasasi rahbari orqali kerakli tibbiyot hujjatlarini so’rashi mumkin. 3. Ko’zdan kechiriluvchini so’roq qilish. Bunda ekspert faqatgina ekspertiza o’tkazish uchun kerakli savollarnigina berishi, guvohning u yoki bu holat to’g’risidagi tushuntirishining to’g’riligi haqida shubha tug’dirmasligi kerak. Guvohning tushuntirishi ob’ektiv ma’lumotlarga to’g’ri kelishi yoki kelmasligi 354 aniqlash uchun kerakli hisoblanadi. Bu savolni echish tirik shaxslar ekspertizasining ko’pgina turlari uchun muhim vazifadir. So’rash jarayonida ekspert tan jarohati yoki kasallikka bog’liq guvohning shikoyatlarini o’rganadi. 4. Tekshiriluvchini ko’zdan kechirishdan maqsad ekspert oldiga qo’yilgan savollarni echishda ob’ektiv ma’lumotlarni aniqlashdan iboratdir. Ko’zdan kechirish odatdagi vrachlarning ambulatoriyada tekshirish rejasiga muvofiq ekspertizaning mohiyati va echilishi zarur bo’lgan savollarning xarakteriga bog’liq holda amalga oshiriladi. Shubhalanuvchini ko’zdan kechirishda jinoyat sodir bo’lishida bunday manfaatdor shaxslar o’zida bo’lgan jarohatlanishlar va jinoyat sodir bo’lishi izlarini yashiradilar. Jarohatlanishlarni ko’zdan kechirish va yozish sud tibbiyotida qabul qilingan umumiy sxema bo’yicha o’tkaziladi. Kerakli antropometrik o’lchashlar mamlakatimizda qabul qilingan birdan bir uslub asosida amalga oshiriladi. 5. Maxsus tekshiruvlar o’tkazishi. Ko’pchilik hollarda ekspert savollarini echilishi maxsus tekshiruv usullarini qo’llamasdan turib mumkin emas. Bu usullarni ekspertning o’zi yoki shu usulni yaxshi biladigan boshqa mutaxasis bajarishi zarur. Ko’pincha, rentgenografiya va boshqa laboratoriya tekshiruvi usullari qo’llaniladi. Barcha maxsus tekshiruvlar va konsultant-mutaxassislar xulosalari ekspertga taqdim qilinishi, ekspert esa bu ma’lumotlarni ekspertiza paytida tuzilgan hujjatga kiritishi zarur. Rentgenogrammalar, boshqa tekshiruv usullarining natijalari va mutaxassislarning yozma xulosasi, albatta, shu hujjatga tirkalgan bo’lishi kerak. Tirik shaxslar ekspertizasining ko’pchilik hollarida kiyimlarni tekshirish muhim ahamiyatga ega. Bu, ayniqsa, jarohatlanishlar va turli tuman izlar – ifloslanishlarni aniqlashda ahamiyatlidir. Bu avvalom bor jinsiy jinoyat va tan jarohatlari xarakterini aniqlashga aloqador ekspertizaga kiradi. Jabrlanuvchi va shubhalanuvchi kiyimlari hodisa sodir bo’lgan paytda odatda ekspert tomonidan emas, balki tergovchi yordamida echib olinadi va sud tibbiyoti laboratoriyasiga tekshirish uchun jo’natiladi. 355 Agar qiyimi oldindan tekshirilmagan bo’lsa, ekspertiza esa tergovchisiz o’tkazilgan taqdirda ekspert kiyimlari echib olingani va ularni tekshiruv uchun jo’natilganligi to’g’risida tergovchini xabardor qilishi zarur. Bunday hollarda jabrlanuvchini qiyimlarini yamash yoki yuvish mumkin emasligi haqida ogohlantiriladi. 6. Ekspert hujjatlarining tuzilishi. Agar ekspertiza tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan o’tkazilgan bo’lsa, tuzilgan hujjat «Ekspert xulosasi», yo’llanma asosida bo’lsa – «Ekspertizaning tekshiruv akti» deyiladi. Agar ekspertiza o’tkazishda qaytadan ambulatoriya yoki statsionar tekshiruvidan o’tish talab qilingan taqdirda ekspert anamnez yig’ib, bor o’zgarishni ko’zdan kechiradi va yozadi, ammo xulosani kuzatish muddati o’tgandan keyin beradi. 14.1. Tan jarohatlarining og’irlik darajasini aniqlash sud tibbiyoti ekspertizasi Tirik shaxslar ekspertizasining eng ko’p uchraydigan turi tan jarohatlarining xarakteri va og’irlik darajasini aniqlash hisoblanadi. Bunday hollarda ekspertiza har bir holatda tayinlaniladi. Bunda militsiya, surishtiruv va sud organlari tomonidan javobgarlik darajasi va tan jarohati etkazgan javobgar shaxsga jazo belgilash va jazoning darajasini aniqlashni talab qilinadi. Tan jarohatlarining og’irlik darajasini sud tibbiyoti ekspertizasini o’tkazishda birinchi navbatda qo’yidagi savollarni echilishi talab qilinadi: a) jarohatlanishning xarakteri va turi (shilinish, qontalash, yara, kuyish, va boshqalar); b) jarohatlanishning sodir bo’lgan vaqti; v) jarohatlanish etkazgan vaqti; g) qabul qilingan jinoyat kodeksi kvalifikatsiyasiga binoan tan jarohatlarining og’irlik darajasi. Bularning har birini alohida ko’rib chiqamiz: 356 1. Jarohatlanishning xarakteri va turi tirik shaxslarni va tibbiyot hujjatlarini tekshirish asosida aniqlaniladi. Bunda odam tanasining aniq anatomik nuqtasiga nisbatan jarohatlanishning joylashgan joyi, shakli, o’lchamlari, rangi, chetlarining xarakteri, tiklanish belgilari, to’qimalarning holati, atrofdagi jarohatlanish (qizarish, shishib chiqish, og’rish va boshqalar), yot jismlarning bo’lishi va boshqa xususiyatlalari kuzatiladi. 2. Jarohatlanish vaqti jarohatlanishlarni tiklanish jarayonida to’qimalarda ko’zga tashlanadigan o’zgarishlarga qarab aniqlaniladi. Masalan, kontalashlar vaqti, ularning bo’yalishini o’zgarishiga qarab, shilinishlar etkazilgan vaqti po’stloq qavatining rivojlanish muddatini hisobga olgan holda, yaralarning vaqti yallig’lanish jarayonining kuchli ko’rinishi va chandiqlanishning shakllanishi xarakteriga, sinish muddatlari esa suyak qadoqlarining rivojlanishiga binoan belgilaniladi. Jarohatlanishni aniq belgilash birinchi navbatda tekshirish vaqtiga bog’liq. Tekshirish qancha oldin o’tkazilgan bo’lsa, jarohatlanish vaqti ham shuncha aniq ko’rsatilishi mumkin. Jarohatlanish vaqtini aniqlashda tekshiriluvchini yoshi, uning sog’liq holati, jarohatlanishning davolash usullari va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. 3. Qurol yoki asbobning turini aniqlash asosan shu asboblar uchun xarakterli jarohatlanish belgilariga qarab o’tkaziladi. Masalan, kesilgan yaralar tekis qirrali, o’tkir burchakli bo’lib, unda ulag’ich to’qimalar bo’lmaydi hamda ancha ko’rinib turishi bilan xarakterlanadi. Bunga qarama-qarshi lat egan yaralar esa noto’g’ri, hoshiyalangan qirrali, o’tmas burchakli nisbatan kam ochilib turuvchi, uning tubida ulag’ich to’qimalar ko’rinadi. Jarohatlanish xarakteri aniq asbobning turiga qarab aynan o’xshatish to’g’risidagi savolga sud tibbiyoti eksperti odatda to’liq javob bera olmaydi, chunki o’tkir va o’tmas asboblarning har xil turlari ham bir-biriga o’xshash 357 jarohatlanishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ayrim hollarda jarohatlanishning shakli va xarakteriga qarab, jarohatlovchi asbobni aniqlash mumkin. Ba’zan ekspertizani o’tkazishda jarohatlanish etkazuvchi asbobning faqatgina turigagina emas, balki jabrlanuvchi, ayblanuvchi, guvohlar va boshqalarning ko’rsatmasidan kelib chiqib, jarohatlanish mexanizmini aniqlashga ham to’g’ri keladi. Bunga quyidagicha misol keltirish mumkin: 51 yoshli N. ismli vagon-restorani ofitsianti so’roq vaqtida ko’rsatma berishicha 1.IV.1998 yil ishga kechikib keladi va shuning uchun ham ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i P. ismli 25 yoshli kishi mushti bilan uning yuziga uradi va natijada o’ng ko’zi jarohatlanadi. P. ismli kishi N. ismli kishi ko’rsatmasini tasdiqlamadi. Uning aytishicha 1.IV.1998 yili N. ismli kishi ishga mastlik holatida kechikib kelgan. N. ismli kishi tanbehiga javoban uni haqoratlab, P. ismli kishi unga tan jarohati etkazmoqchi bo’ladi. Himoyalanib, P. o’zidan N. ismli kishini itarib yuboradi va natijada u vagon burchagiga birkitilgan stol devoriga uriladi. N. ismli kishi yiqilib ko’zi jarohatlanadi. Sud tibbiyoti ekspertizasini o’tkazish uchun quyidagi savollar qo’yiladi: N ismli kishi o’ng ko’zini jarohatlanish mexanizmi qanday sodir bo’lgan, qisman, ko’rsatilgan holatda mushti bilan urilganmi yoki stolning qaysi bir qismiga urilganmi? 1-shahar klinik kasalxonasi kasallik tarixidan ma’lum bo’lishicha N. ismli kishi 1.IV.1998 yili engil mastlik holatida o’ng ko’zining qovog’ida anchagina gematoma, ko’zining to’r pardasida yirtilgan yara va kon’yunktivasi tagida qon quyilish ko’rinadi. Ko’z to’r pardasi yarasi operatsiya qilinib tikiladi. 29-IV.1998 yili asoratlanganligi uchun o’ng ko’zi olmasi olib tashlanadi. 11.V.1998 yili qoniqarli holatda kasalxonadan chiqariladi va kosmetik protez tanlashni tavsiya qilinadi. 11 VI.1998 yili tergovchi va sud tibbiyoti eksperti tomonidan voqea sodir bo’lgan joy ko’zdan kechiriladi. P. va N. ismli kishilar suratga olinadi. Surat P. ismli kishi ko’rsatmasiga ko’ra stolga nisbatan holatni hisobga olgan holda olinadi. 358 Xulosalar: Kasallik tarixida yozilgan o’ng ko’zining chegaralangan jarohatlanishi P. ismli kishi ko’rsatganidek stolning cheti bilan emas, balki bu jarohatlanish N. ismli kishi ko’rsatgan holatda mushti bilan urilgan bo’lishi mumkin. Tan jarohatlarining og’irlik darajasini baholashda uning hayot uchun xavfliligiga, sog’lig’ini uzoq muddatda yo’qotilishiga va ish qobiliyatini qisqa muddatli yoqi uzoq vaqtda yo’qotilishiga qarab aniqlaniladi. Barcha tan jarohatlari o’zining og’irlik darajasiga qarab quyidagilarga bo’linadi: 1) og’ir tan jarohati; 2) o’rtacha og’irlikdagi tan jarohati; 3) engil tan jarohati. Tan jarohatlarining tasnifi, ularning og’irlik darajasi Jinoyat kodeksida ko’rsatilgan bo’lib, yuridik tushuncha hisoblanadi. Uni odatdagi jarohatlanishning og’irlik darajasi to’g’risidagi vrachlarning tushunchasi bilan aralashtirib bo’lmaydi. Og’irlik darajasini aniqlash jarohatlanishning yuridik tasnifiga ko’ra vrachlar shug’ullanadilar, chunki jarohatlanishga kiradigan deyarli barcha kategoriyalar og’irlik darajasiga qarab tibbiyotga aloqador bo’lib, bunda faqatgina vrachlar chuqur bilimga ega bo’ladilar. Tan jarohatlarining og’irlik darajasidan tashqari, Jinoyat kodeksi jarohatning har xil darajada qasddan etkazilish darajasini ham ko’zda tutadi. Qasddan jarohatlanish ba’zan ishni og’irlashtiruvchi yoki bunday bo’lmagan hollarda, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, kerakli himoyani haddan tashqari oshirib yuborganda, va nihoyat extiyotsizlik bilan etkazilishi mumkin. Og’ir tan jarohati Agar tan jarohati hayot uchun xavfli bo’lsa yoki ko’rish, eshitish yoki qandaydir organni yo’qotish, organlarni funktsiyasini yo’qolishi, ruhiy kasalliklar yoki sog’liqni buzilishi tufayli ish qobiliyatini 1/3 qismidan ko’p turg’un 359 yo’qotilishi (33-foizdan ko’proq); homiladorlikni buzilishi va yuzini tanib bo’laydigan darajada haddan tashqari o’zgarishi og’ir tan jarohatlari hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi). 1. Hayot uchun xavfli tan jarohatlariga kiradi: 1) kallasiga teshib kiruvchi, shuningdek bosh miyasining jarohatlanmasligi bo’lishi; 2) kalla suyagi gumbazi va asosiy suyagining ochiq yoki yopiq sinishi; 3) bosh miyani og’ir darajada bosilib lat eyilishi yoki miyaning bosilmasligi; 4) subdural, epidural yoki subaraxnoidal hayotga xavf tug’diruvchi kalla suyagi ichiga qon quyilish; 5) umurtqa pog’onasiga teshib kiruvchi yaralanish, orqa miyasi zararlanmaganda ham; 6) bo’yin umurtqasi ikkala yoyi tanasining sinishi va sinib chiqishi, shuningdek bir tomonlama I-II bo’yin umurtqasi yoyining sinishi, shuningdek orqa miya funktsiyasini buzilmasligi ham; 7) bo’yin umurtqalarining chiqishi; 8) orqa miyaning bo’yin qismida yopiq jarohatlanishlar; 9) bir yoki bir necha ko’krak yoki bel umurtqasining sinishi yoki sinib chiqishi tufayli orqa miya funktsiyasining buzilishi yoki klinik aniqlangan shokning og’ir darajasi; 10) orqa miyaning ko’krak, bel va dumg’aza segmentlarining yopiq jarohatlanishi tufayli og’ir spinal shokning yuzaga kelishi yoki chanoq organlari funktsiyasining buzilishi; 11) xalqum, hiqildoq, kekirdak va qizilo’ngachni teshib kiruvchi yaralanishi; 12) hiqildoq, kekirdak tog’aylarini yopiq sinishi tufayli shilliq pardalarni yorilishi va natijada shokning og’ir darajasini rivojlanishi, nafas olishning buzilishi yoki boshqa hayotni xavf ostida qoldiruvchi holatlar; 360 13) ko’krak qafasini shikastlab, plevra, perikard yoki ko’krak oralig’i bo’shlig’i, shuningdek ichki organlarning jarohatlanmasligi ham; 14) qorin va bryushina bo’shlig’iga teshib kiruvchi yaralanish, shuningdek ichki organlarning jarohatlanmasligi ham; bryushina orqasidagi organlarning (buyrak, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi va boshqalar) ochiq yaralanishi; siydik pufagi, yo’g’on ichakning yuqori va o’rta qismiga teshib kiruvchi yaralanishlar; 15) ko’krak qafasi, qorin bo’shlig’i, chanoq bo’shlig’i, shuningdek bryushina orqasi bo’shlig’i organlarining yopiq jarohatlanishi tufayli hayot uchun xavf tug’dirganda; 16) katta naysimon suyaklar – elka suyagi, son yoki katta boldir suyaklarining ochiq sinishlari; 17) chanoq suyaklarining sinishi tufayli og’ir darajali shok yoki massiv qon ketish kuzatilishi, yoki uretra parda qismining yorilishi; 18) shokning og’ir darajasiga olib keluvchi jarohatlanish yoki massiv qon ketishi tufayli kollaps rivojlanishi; klinik yog’ yoki gazli emboliyaning ko’rinishi; o’tkir buyrak etishmovchiligidan travmatik toksikoz rivojlanishi; 19) katta qon tomirlarining jarohatlanishi – aorta, uyqu arteriyasi, umrov tagi, qo’ltiq tagi, elka, yonbosh, son, tizza osti arteriyalarini yoki ularni kuzatuvchi venalar jarohatlanishi; 20) tana yuzasini 15 foizdan yuqori III-IV-darajali quyishi; tana yuzasini 20-foizdan ko’proq III-darajali kuyishi; tana yuzasini 30-foizdan ko’proq II-darajali kuyishi, shuningdek, kamroq yuzali kuyishda shokning og’ir darajasi kuzatilishi; nafas olish yo’llari kuyishi natijasida ovoz bog’lamining shish tufayli siqilishi; 21) kimyoviy moddalardan kuyish (kontsentrlangan kislotalar, o’yuvchi ishqorlar, har xil kuydiruvchi birikmalar), bular mahalliy ta’sir qilishdan tashqari, umum-zaharli ta’sir qilib hayot uchun xavf tug’dirishi; 361 22) bo’yin organlarining siqilishi va mexanik asfiksiyaning boshqa turlaridan hayot uchun xavfli kompleks holatlarning kuzatilishi. «Jarohatlanishning hayot uchun xavfliligi» va «jarohatlanish etkazailish usulining hayot uchun xavfliligi» tushunchasini bir-biri bilan almashtirish yaramaydi, chunki ohirgi holatni ekspert emas, balki tergovchi va sud belgilaydi. Sud tibbiyoti ekspertizasi tajribasi shuni ko’rsatadiki, hayot uchun xavfliligi, og’ir toifaga kiruvchi jarohatlanishlar mezonining eng ko’p tarqalgan turi hisoblanadi. Bosh miyaning lat eyishi va chayqalishining og’irlik darajasini sud tibbiyotida baholashda «Bosh miya jarohatining sud tibbiyot tashxisi» nomli metodik qo’llanmaga asoslanadi (A.I.Iskandarov, E.S.Shamsiev, 2005). Bu tavsiyanomada yopiq kalla-miya jarohatlanishi bosh miyaning chayqalishi va lat eyishi uning siqilishi va siqilmasligi turlariga bo’linadi. Bosh miya lat eyishi og’irlik darajasi engil, o’rtacha og’irlik va og’ir darajaga bo’linishi mumkin. Bunday hollarda sud tibbiyoti ekspertizasi nevropatolog ishtirokida o’tkaziladi. Agar jarohatlanish hayot uchun xavfli bo’lmasa, bunda og’irlik darajasi ularning oqibati va sog’lig’ining natijasiga qarab hamda jabrlanuvchining ish qobiliyatiga ko’ra baholanadi. 2. Ko’rish, eshitish yoki qaysidir organning yoki organ funktsiyasining yo’qotilishi. Jinoyat kodeksida to’g’ridan-to’g’ri ko’rish va eshitish qobiliyatini yo’qotish haqida gap ketadi. Ko’rish qobiliyatini yo’qotish deb, to’liq davolab bo’lmaydigan ko’rlik tushuniladi. Bu har ikkala ko’zda ko’rinadi yoki bu shunday holatki, jabrlanuvchi yaqin predmetlarni tuzilishini ham farqlay olmaydi. Eshitish qobiliyatini yo’qotish deganda to’liq davolab bo’lmaydigan har ikkala qulog’ida karlik yoki juda yaqin masofadan (quloq suprasidan 3-5 sm uzoqlikda) qattiq gapirilganda eshitmasligi tushuniladi. Bitta ko’zining ko’rmay qolishi yoki bitta qulog’ining eshitmasligi organni yo’qotilishi hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan bitta ko’zini yo’qotilishi og’ir tan jarohati hisoblanadi. Boshqa mezon bo’yicha ish qobiliyatini turg’un yo’qotish, ya’ni 33-foizdan ko’p bo’ladi. 362 3. Ruhiy kasalliklar diagnostikasi va bunday kasalliklarni olingan jarohat bilan sababiy bog’lanishini aniqlash sud tibbiyoti ekspertizasining vazifasiga kirib, bu sud psixiatrlari tomonidan o’tkaziladi. Tan jarohatlarining bunday oqibatlari og’irlik darajasini baholash sud tibbiyoti eksperti ishtirokida amalga oshiriladi. 4. Ish qobiliyatini turg’un 33 foizdan ko’proq yo’qotilishi bilan bog’liq sog’lig’ining buzilishi. Bu umumiy va professional ish qobiliyatiga bo’linadi. Bir xil jarohatlanishlarda barcha kishilarda umumiy ish qobiliyatini yo’qotilish darajasi bir xil bo’ladi. Professional ish qobiliyatini yo’qotilishi esa har xil kasb egalarida har xil bo’ladi. Shuningdek ish qobiliyati yo’qotish vaqtinchalik va turg’un bo’lishi mumkin. Nogironlarda jarohatlanish olishiga qarab ish qobiliyatini turg’un yo’qotilishi xuddi sog’lom kishilar singari invalidlikka va uning guruhiga bog’liq bo’lmagan holda aniqlaniladi. Bolalarda ish qobiliyatini yo’qotilishi xuddi katta odamlarga xos mezonlar bilan o’rganiladi. 5. Homiladorlikni to’xtatilishi. Agar homilador ayolga jarohat etkazilsa, bunday hollarda abort chaqirishi yoki muddatidan ilgari tug’ishi tufayli homila o’lishi mumkin. Bunday jarohatlanishlar og’ir tan jarohati sifatida baholanadi. Maxsus akusher ginekologik tekshiruv natijasida homiladorlikni to’xtatilishi organizmning individual xususiyatlari hamda qandaydir kasallik bilan bog’liq bo’lmay, balki etkazilgan jarohat bilan sababiy bog’langan bo’ladi. Shuning uchun ham ekspertiza akusher-ginekologlar bilan birgalikda o’tkaziladi. Bunda homiladorlik muddatining ahamiyati yo’q. 6. Tanasini tanib bo’lmas darajada o’zgarishi. Buni aniqlash sud organlarining kompetentsiyasiga kiradi, chunki bu tushuncha tibbiyotiga aloqador bo’lmagan tushunchadir. Bunda sud tibbiyoti eksperti faqat shu tan jarohatining xarakteri va og’irlik darajasini odatdagi belgilariga qarab aniqlaydi. Agar qidiruv va sud organlari jarohatlanish oqibatini tiklanish darajasini aniqlash, masalan, chandiqning so’rilishi to’g’risidagi savolni qo’yganda ekspert shu savolga javob berishga majbur. Tiklanadigan jarohat deb, chandiqning o’lchamini kichiklashishi, tiklanish jarayonining tabiiy kechishi tufayli chandiq rangining o’zgarishi yoki 363 konservativ davolash natijalariga bog’liq holda kichkinalashuviga aytiladi. Xunuklashgan tanani kosmetik operatsiya yordamida yo’qotilishi buerda hisobga olinmasligi kerak va bunday jarohatlanishlar tiklanmaydigan jarohatlanish hisoblanadi.
Yüklə 23,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin