To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Xorazmshohlar davlati va huquqi. (XI-XIII asrlar)



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Xorazmshohlar davlati va huquqi. (XI-XIII asrlar)
Xorazm vohasining tarixiy taqdiri juda boy veqalarga ega bo‘lib, bu 
yerda Amudaryoning quyi oqimi va unga yondosh bo‘lgan hududda qadim 
zamonlardayoq dehqonchilik madaniyati rivojlangan edi. Miloddan 
avvalgi II ming yillik o ‘rtalaridayoq sug'orish shahobchalari qurila 
boshlangan. Miloddan avvalgi I ming yilliklarga kelib, Xorazm 0 ‘rta 
Osiyo va Eronning iqtisodi va madaniyati eng rivoj topgan markazi bo‘lib 
qoldi.
Xorazmshohlar nomi bilan ataluvchi hukmdorlar sulolasining tarixi 
eramizning birinchi asarlaridan boshlanib, 712-yili Xorazmni arablar 
tomonidan bosib olinganidan keyin ham mo‘g ‘ullar istilosiga qadar davom 
etdi.
Arab xalifaligi tarkibida Xorazm qadimiy madaniyat markazi 
sifatidagi ahamiyatini yo‘qotmadi. Madaniy an'analaming uzviyligi 
shundaki, Muhammad ibn al-Xorazmiy, Abu Rayhon al-Beruniy kabi bir 
qancha buyuk olimlar Xorazmdan yetishib chiqqanlar.
X-XI asrlarda ham Xorazm madaniyat markazi sifatida ahamiyatini 
saqlab qoldi. XI asr boshlarida G ‘aznaviylar tomonidan bosib olinishi 
oqibatida 0 ‘rta Osiyoda o ‘z davrining yetuk davlat ahamiyatini yo‘qotdi.
XI asr oxirlarida Xorazm Saljuqiy davlati tarkibida rivojlanib bordi. 
Xorazmda Anushteginlar sulolasi hokimiyatni egallaganidan keyin 
Xorazmshohlarining to‘rtinchi sulolasi hukmronligi (1097-1231-yillar) 
davri boshlandi. Bu sulolaning asoschisi Anushtegin Murg‘ob daryosini 
Sharqiy tomonida joylangan Gurjistonda yoshligida qul bo‘lgan. Saljuqiy 
amirlaridan bin uni sotib olib, sulton saroyiga tortiq qilgan. U Sulton 
Malikshoh saroyida toshdorlik vazifasini bajargan. Xizmat evaziga u
56


shixna” unvoni bilan Xorazm hokimi (vali) etib tayinlanadi va shu tariqa 
Anushteginlar sulolasiga asos soladi.
Saljuqiylar 
sultoni 
Sanjar 
Anushteginning 
o ‘g ‘li 
Qutbidin 
Muhammad (1097-1127-yy) hukmronlik qilgan.
Xorazmshoh laqabi bilan “muqta” etib tayinlanib, shu davrdan bu 
viloyat hukmdorlari Xorazmshohlar deb atala boshlandi. Xorazm- 
shohlarning hokimiyati ularning qo‘llab-quvvatlanishiga qarab kuchli yoki 
markazlashgan bo‘lgan. Ayrim feoddalaming o ‘zboshimchaligiga qarshi 
kurashda hunarmandchilik va tovar-pul munosabatlari rivojlangan shahar 
aholisini qo‘llab quvvatlashiga tayangan Xorazm davlatida xonlar 
(shohlar)ning saylanishi tartibi umumiy qoida hisoblansa ham, mo‘g ‘ullar 
bosqinchiligi arafasida Xorazmshohlar hayot vaqtlaridayoq hokimiyatni 
o ‘z vorisiga o ‘tishini ta'minlay olganlar.
Xorazmshohlar davlatida markaziy boshqarish devoni (apparati) “al- 
majlis al-faxr”i deb atalib, uni oliy darajadagi mansabdor vazir bosh- 
qargan. Vazir davlat boshlig‘ining birinchi darajadagi maslahatchisi bo‘lib, 
faqat uning oldida hisobot berib turgan. Vazir rasmiy tantanalarda, 
davlatlararo munosabatlarda, shoh vassalari bilan muomalada uning 
nomidan harakat qilgan. Umumiy tartibqoidalarga rioya qilinishini nazorat 
qilgan. Davlat arboblari, viloyat hokimlari, harbiy boshliqlar bevosita 
vazirga bo‘ysunganlar. Vazir devon mansabdorlari (asxabul-davovin) 
boshlig‘i ham edi. Ularga nafaqa (arzak), ish haqi (mavojib) to ‘lash, soliq 
boshqarmasini, davlat xazinasini nazorat qilish ham uning vazifasi 
hisoblangan.
Vazirlik mansabi davlatda juda katta ehtirom bilan hurmat qilingan. 
Chunki mamlakatning moddiy ahvoli, aholining tartib-intizomga rioya 
etishi, amaldorlarning haqqoniy xizmat qilishi, qolaversa, davlat 
boshlig‘ining siyosiy va ma’naviy mavqei ana shu vaziming ishbi- 
larmonligi, mamlakatni boshqarish qoidalarini bilishi va unga amal qilishi, 
hayot tajribasiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq edi. Shuning uchun ham 
Xorazmshohlar bilimdon, shariat qoidalarini yaxshi biladigan, katta hayot 
tajribasiga ega bo‘lgan, sadoqat bilan xizmat qila oladigan shaxslarni 
vazirlik mansabiga tayinlaganlar.
Vazirlaming “sadr”, dastur yoki “xoja'i buzrug” unvonlari bo‘lib, 
ular mansabining belgisi siyoxdon (da'vat) va maxsus matodan to‘qilgan 
salla edi.
Vazirlik mansabiga odatda ajdodlari mansabdor bo‘lgan arab yoki 
fors millatiga mansub bo‘lgan shaxs tayinlangan. Turkiy xalq vakillari bu 
mansabga tayinlanmagan. Vazir arab yoki fors tilini bilishi, ma'muriy
57


ishlarga qobiliyatli bo‘lishi, saroy axloq-odob qoidalarini bilishi zarur edi. 
Vazirlar qabul paytida shohning o ‘ng tomoniga qo‘yilgan maxsus kursida 
o ‘tirgan. Xorazmshohlar davlatida vazir mansabi birinchi marta sulton 
Otsiz davrida joriy etilgan. Xorazmshohlar davlati tarixida o ‘z vazifasini 
vijdonan bajargan, mamlakatda sadoqat bilan xizmat qilgan va tarixda 
yaxshi nom qoldirgan vazirlar ko‘p bo‘lib, ulardan eng mashhuri sulton 
Takash hukmronligi davrida vazirlik qilgan Nizomul-mulk Shamsaddin 
Mas'ud ibn Ali ad-Xaraviy edi. Uning davrida Marv, Urganch kabi sha- 
harlarda machit, 
madrasa va 
qo‘lyozmalar 
saqlanadigan joylar 
qurdirganligi ma'lum.
M o‘g ‘ullar bosqini arafasida shoh Alovuddin Muhammad vazirlik 
mansabini bekor qilib, uning o ‘miga oltita vakildorlardan iborat 
“Kengash” tuzgan edi. Bu Xorazmshohlar davrining oxirlarida tuzilgan 
davlat kengashi bo‘lib, muhokama etilgan har bir masala yakdillik bilan 
qabul qilinishi va qarorda kengash a'zolari hammasining imzosi bo‘lishi 
kerak edi.
Vakildorlar Davlat kengashi tuzilishiga sabab ko‘chmanchi 
mo‘g ‘ullar hujumi xavfining kuchayganligida edi. Lekin mo‘g ‘ullar 
hujumi xavfiga qarshi vakillar kengashi birorta jiddiy qaror qabul 
qilganligi yoki chora-tadbir ishlab chiqqanligi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Mamlakatdagi oliy mansablardan yana biri- bu viloyatlar va nohiya 
vazirlari edi. Bu mansab faqat Xorazmshohlar davlatida bo‘lgan. Bunday 
vazirlar odatda siyosiy jihatdan muhim hisoblangan viloyatlarga, 
shaharlarga va nohiyalarga tayinlanib, ular shohning maxsus topshiriq- 
larini bajarganlar. Oxirgi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi ham bir 
shaharga vazir etib tayinlagani tarixdan ma'lum.
Xorazmshohlar davlati markaziy boshqaruv apparatida siyosiy 
ahamiyati jihatidan uchinchi o ‘rinda turadigan mansab- “buyuk hojib” 
mansabi edi. Odatda bu mansabga turk urug‘-qabila zodagon vakillaridan 
tayinlangan. Hojiblar shohning shaxsiy xizmatida bo‘lib, saroy tantanalari 
tartibini nazorat qilishgan, shaxsan shohga aloqador masalalar yuzasidan 
unga axborot berib turgan, uning maxsus topshiriqlarini bajargan va unga 
doimiy hamrohlik qilgan. Shoh ixtiyoridagi maxsus topshiriqlarni baja- 
ruvchi hojiblar ustidan nazorat ishlarini amalga oshirish “kotibal-kabir” 
(buyuk xojib)ga yuklatilgan. Masalan, Xorazm shohlaridan Nizom-al- 
Mupini o ‘zboshimchaligi, xazina mulkini talon-taroj qilayotganini 
tekshirish va aniqlash uchun yuborgan. Hojib Erboz vazirot devoni 
daftarlarini, mol-mulk ro‘yxatini (jaroidni), arxivni (mahzan), kotiblami va 
moddiy tassarrufining faoliyatini tekshirish vakolatini olgan edi.
58


Sulton 
Jaloliddin 
Manguberdi 
hojib 
al-xoss 
Xonberdini 
qo‘zg‘olonchilar boshlig‘i Bandar, hojib al-xosa Badriddin Tutakchi 
Sulton Jaloliddin nomidan ismoyiliylar bilan muzokaralar olib borish 
uchun yuborgan. Xorazm davlatida hojiblar sulton-shohlarning maxsus 
topshiriqlarini bajargan va hattoki, uning nomidan qo‘shni davlatlar 
hukmdorlari bilan muzokaralar olib borgan hamda elchilik vazifasini 
o‘tagan. hattoki xalifa muntaqsir elchisini qabul qilgan.
Yuqorida ко‘rib o ‘tilgan davlatning asosiy amaldorlaridan tashqari 
shoh saroyida turli mayda vazifalami bajaruvchi mansabdorlar ham 
bo‘lgan:
Ustozdor - shoh saroyidagi barcha xo'jalik yumushlariga boshchilik 
qilgan. Otxona, nonvoyxona, oshxona va saroy yugurdaklari uning 
ixtiyorida edi. Ustozdor saroy sarfiyot xizmatlariga haq to ‘lash uchun 
xazina hisobidan xarajat qila olar edi.
Keyingi saroy mansabdorlari qatoriga “Amir-oxur”- shoxning 
otboqari, “amir-shikor”-ovchilik ishlarini tashkil qiluvchi, “toshdor” -
shohning shaxsiy hammomini boshqaruvchi, “tarobdor” shohning shaxsiy 
mirzasi, “amiral-alam”, “tug‘dor” va boshqa amaldorlar ham mavjud edi.
Xorazmshohlar qo‘shini o ‘z zamonasi uchun g'oyatda kuchli 
hisoblanar va o ‘z davrining eng yaxshi qurollari bilan jihozlangan edi. Bu 
qo'shinlarda odatdagi qurollardan tashqari qamal mashinalari ham bo'lgan. 
Bular orasida harakatchan minorlar, taranlar, hujum narvonlari ajralib 
turgan. Z.M.Buniyotov bular Takash yorlig'iga ko'ra «olovdan dahshat- 
liroq, shamoldan ko‘ra tezroq» deydi. Xorazm yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan 
doimiy armiyaga ega edi. Doimiy armiya asosan turklardan tuzilgan 
bo‘lib, qo‘shin bo‘linmalar qabilachilik asosida tuzilgan edi. 1195-yilgi 
harbiy reyestrga ko‘ra Xorazmshohlar 170 mingdan ziyod doimiy 
armiyaga ega edi. Ba'zi tarixiy ma'lumotlarda Xorazmda 400 mingli 
armiya borligi qayd etilgan. Xorazmshohlaming, shuningdek, qullardan 
tuzilgan shaxsiy gvardiyasi (xaras) ham bor edi. Xaras ko‘proq savdo 
karvonlarini kuzatib borgan. Qo‘shinlaming bosh boshqarmasi devon-al- 
joyish bo‘lib, uni shoh tayinlaydigan nozir devon al-ard (devonal-joyish) 
boshqargan. Ba'zi manbalarda umum harbiy boshqaruv organi devoni arz 
dar jumlai- mamolik deb atalgan.
Devonal-joyish harbiylarga berilgan “iqto” ishlarini, hamma unvon- 
dagi harbiylarga maosh va boshqa to ‘lovlami, qo‘shinlami va ularning 
qurollanishini ro‘yxatga olish, hamma jangchilarga maoshni (arzaq) o ‘z 
vaqtida to‘lanishini, ularning barcha zarur anjomlar bilan ta'minlanishini 
tekshirib turgan. Yirik viloyatlarda mahalliy harbiy boshqarmalar ham
59


tuzilgan. Xorazmshohlar armiyasidagi eng muhlm mansablardan ikkinchisi 
harbiy nazoratchi-nazir-al edi. U ham sohib-al-divon al-joyish nazorati 
ostida ish olib borar edi.
Armiya qo‘mondonlari “qayd” yoki “muqaddam” deb atalib, eng ish 
bilarmon, epchil amirlar (lashkarboshilar) bu mansabga tayinlangan. Ba'zi 
hollarda viloyat hokimlari ayni bir vaqtning o ‘zida mahalliy qo‘shinlarga 
ham qo‘mondonlik qilgan. Viloyat qo‘shinlari qo‘mondoni ham sohib al- 
joyish unvoniga ega edi. Yangi viloyatlami bosib olgandan so‘ng, shu 
hudud yerlari amirlarga “iqto” tarzida in'om qilingan va eng katta xizmat 
ko‘rsatgan amirlarga “amir ul-umaro” unvoni berilib, shu hududiga amirlar 
oqsoqoli etib tayinlangan. 10 mingacha otliq askarlar qo‘mondoni “molik” 
deb atalgan. Ulaming ba'zilariga jangda jonbozlikko‘rsatgani uchun “xon” 
unvoni berilar edi. Xorazmshohlar armiyasida aloqachilar, razvedkachilar 
boiib, ularni go‘vushlar va josuslar deb atashgan. Josuslar g ‘animning 
qo'shinlari holati, uning harakati va maqsadlari haqida ma’lumotlar 
to‘planganlar.
Armiyada diniy ishlarga “qozi-yi-xasham” yoki “qozi al-askar” 
rahbarlik qilgan.
Xorazm qo‘shinlari yaxshi qurollangan boiib, odatdagi qilich, nayza, 
kamon kabi qurollardan tashqari manjaliq (katapult) tosh otar kabi 
hujumda ishlatiladigan narvonlari, to'sinlardan ham keng foydalanganlar.
Xorazmshohlar istehkomlar va qal'alar qurishga katta e'tibor 
berganlar. Xorazmda har tomonlama baland va mustahkam qurilgan Ilal
Xo‘rondiz, Qohri, Ardaxn kabi qal'alar bo‘lganligi haqida tarixiy ma’lu­
motlar saqlanib qolgan. Qal’alardagi jangchilarga “mustahfizlar” qo‘mon- 
donlik qilgan.
Xorazmshohlar davlatida politsiya va jazolash vazifalarini maxsus 
otryadlarga rahbarlik qiluvchi “shihna”lar bajargan. Bu mansabga asosan 
turk harbiy boshliqlari - amir etib tayinlangan. Shihna hokimiyat uchun 
xavfli bo‘lgan hamma ishlami nazorat qilgan. Har bir bosib olingan viloyat 
va nohiyalarga zudlik bilan “shihna”lar tayinlangan.
Xorazmshohlar davlatida qo‘shinlaming tashkiliy tuzilishi, hujum 
yoki mudofasida qoilaniladigan harbiy harakatlar tuzugi arab qo‘shinlari 
tuzilishidan olingan bo‘lib, ilg‘or - o ‘ng qanot markaz - chap qanot, 
aryergard va zasada (xofiya) qismlardan iborat edi.
Harbiy harakat yoki urush e'lon qilishdan oldin yirik qo‘mondonlar, 
ulamolar, faqhlar, munajjimlar ishtirokida kengash o ‘tkazilar va shu 
kengashda ishlab chiqilgan reja asosida harbiy harakat boshlanar edi.
60


Xorazmshohlar davlatida XIII asming boshlarida m o‘g ‘ulIaming 
0 ‘rta Osiyoga istilosi (bosqinchiligi) boshlanishi arafasida Xorazm- 
shohlarni Anushteginlar sulolasining so‘nggi hukmdori Ala ad-din 
Muhammad davrida ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlari, o ‘zaro 
nizolar kuchayib ketdi. В unday vaziyatdan ustalik bilan foydalangan 
Chingizxon boshchiligidagi mo‘g ‘ullar Xorazmni zabt etishga muvaffaq 
bo‘lgan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin