To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Saljuqiylar davlati va huquqi. (1040-1160)



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Saljuqiylar davlati va huquqi. (1040-1160)

asming oxiri va XI asming o ‘rtalarida Orol bo‘yi va Kaspiy 
bo‘yida 0 ‘g ‘uzlar ittifoqi shakllanadi. X asrda Sirdaryo etaklarida 
0 ‘g ‘uzlar davlati tashkil topadi. Tashkil topgan davlatning poytaxti 
Yangikent deb ataladi..
Sirdaryoning quyi oqimida barpo bo‘lgan o ‘g‘uz davlatining 
jyabg‘usi Saljuqbek (Mahmud Qoshg'ariyning asarida Saljuqbek) 
saljuqiylar xonadoning asoschisi edi. Saljuqbekning nabiralaridan 
To‘g ‘rulbek, Chag‘irbek va Shakarbeklar saljuqiylar davlatini saltanat 
darajasiga ko‘tarishda katta xizmatlar qildilar. 0 ‘g ‘uzlar nafaqat o‘zbeklar 
va turkmanlaming, balki hozirgi Turkiya turklari, Iroq turkmanlari, Eron 
turkmanlari, Gagauzlar Ozarbayjon xalqining ham tashkil topishiga 
yetakchi etnik guruh bo'lganlar.
Demak, X asrlarda, Sirdaryoning o ‘rta va quyi qismida o ‘zlarini 
saljuqiylar deb atovchi, juda ko‘p sonli turkiy tilli xalqlar yashar edilar. 
Ulaming bu umumiy nomi nufuzli boshliqlardan bo‘lgan Saljuq ibn 
Tug‘loq nomidan kelib chiqqan. Ana shu turkiy o ‘g ‘uz qabilalari X 
asrlaming o ‘rtalarida dastlab Movarounnahrga, keyinchalik Sirdaryoning 
quyi oqimiga ko‘chib joylashadilar.
Ammo o‘g ‘uzlar xoni, Jand qal'asi yabg‘usi Shohmalik davrida ular 
Sirdaryo havzalaridan yana siqib chiqariladi, ularning asosiy qismi 
Zarafshon vohasi va Nurota togiari yon bag‘irlariga qayta joylashadilar. 
XI asrda qoraxoniylarning Buxoro va Samarqandni bosib olishlari bilan 
ularning ahvoli og‘irlasha boshlaydi. Shu davrlarda Saljuqiylar urug‘ 
birlashmasida bo‘linish yuz berib, Saljuqning ikki o ‘g ‘li Isroil va Mikoil 
avlodlari Muso Boyg‘u, Dovud, Chag‘ribek hamda Muhammad 
Tug‘urlbek boshchilik qilgan mustaqil guruhlar tashkil topadi. Isroil 
Qoraxoniy Ali-Tegin bilan ittifoqchi bo‘lgani uchun 1025-yilda sulton 
Mahmud G ‘aznaviy tomonidan asir olinib, uzoq Hindistonga qamoqqa 
yuborilgan. Uning guruhidagilarni Mahmud G ‘aznaviy Amudaryoni 
o ‘tkazib yuborib, Saraxs, Obivard, Fervida joylashtiradi. Ular sultonga 
xiroj to‘lashga va harbiy xizmatni o ‘tashga majbur qilinadi. Ammo 
ulaming 1027-yilda sultonga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘oloni shafqatsiz 
bostirilgan. XI asrda Saljuqiylaming birlashmasi yemirilib, 3 ta mustaqil 
guruh: Bolxon tog‘lari, Kaspiy bo‘ylari va Shimoliy Xuroson guruhi, 
Gurgon, Ray, Isfaxon, shimoliy-g‘arbiy Eron guruhi va Muso boyg‘u,
49


Chag'irbek Tug‘rulbek boshchiligidagi Movarounnahr guruhlari vujudga 
keladi.
Bu davlat o ‘zining eng rivojlangan davrida hozirgi Markaziy Osiyoni 
va Eron, Afg‘onistonning bir qismini, Zakavkazye, Old va Kichik Osiyoni 
o ‘z tarkibida birlashtirdi. Ulaming rahbari Sulton Muhammad To‘g ‘rulbek 
(1038-1062) 1055 yilda Eronni bosib olgach, Bag'dodga kiradi.
Sultonlik 
taxti 
uchun 
kurashlaming 
boshlanib 
ketishi 
va 
Qoraxoniylar tomonidan berilgan zarba ulkan imperiya bo‘lgan Saljuqiylar 
davlatini inqirozga olib keldi. Uning g ‘arbiy mulklari Zakavkazye, Eron, 
Iroq Suriya va Kichik Osiyo mustaqil davlatlariga bo‘linib, ilgarigi bitta 
davlat o ‘mida XI asr oxiri XII asrning boshlarida Xuroson, Iroq, Rum, 
Shimoliy Xuroson sultonliklari vujudga keladi.
Markaziy Osiyoning janubiy-g‘arbiy yerlarida sharqiy Saljuqiylar 
sultonligi tashkil topib, XII asr boshlarida Sanjar ibn Malikshoh (1118- 
1157) hokimiyatiga o ‘tadi. Movarounnahr saljuqiylaming vassali b o iib
qoladi. Xorazmda esa ulaming vassali bo‘lgan Anushteginlar sulolasi 
(1097-1221) kuchaya boshlaydi.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin